18
munosabatlarini trening doirasida ko’rib chiqish va ularni kelajak yoki o’tmish
bilan bog’lamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur
trening vaqtidagi kechinmalarni anglab yetish imkonini beradi.
9. “Konfidensiallik” qonuni. “Trening vaqtida sodir bo’ladigan barcha
holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama
qilinadi va tashqariga chiqmaydi”.
Bu qonun trening qatnashchilariga o’z fikrlarini erkin bayon etish imkonini
beradi.
10. “Ishtirokchi sifatida faqat o’zini taklif etish” qonuni. Ko’p hollarda
ba’zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni hohlamasdan boshqa
ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta’sir ko’rsatib, treningning
muvaffaqiyatli o’tishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bu qonunni trening
boshlanishidan avval tanishtirish kerak bo’ladi.
11. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu
ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir.
12. “Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda o’z mulohazalarini bayon qilish,
munozaralarda, o’yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi
mumkin.
13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni. Guruh ishtirokchilari trening
mashg’uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo’nda ifodalashi, mavzu
doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.
14. “Shaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi o’z fikr
mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va
qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va
so’zlovchining o’sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari
kerak. M: “o’sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz
kerak edi” va hok... Buning o’rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki
deyardim kabi variantlarda so’zlashish yoki fikrini bildirish so’raladi.
19
- Ishtirokchilar bir-birlariga do’stona munosabatda bo’lishi, bir-birlarining
hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak bo’lib qolsa albatta
boshlovchini ogohlantirishi va aksincha).
Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o’tilishi
shart.
- Birovning fikrini umuman noto’g’ri deb hisoblagan yoki unga
qo’shilmagan taqdirda ham uni to’xtatib qo’yish yoki ustidan kulishga hyech
kimning haqqi yo’q.
- Ishtirokchilar bir-birini mas’haralashi yoki g’ururiga tegadigan gaplar
aytishi mumkin emas.
- Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga
tegishli bo’lsa, javob bermaslik huquqiga ega.
- Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati
yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi,
ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo’l qo’yilmasligi ta’minlanishi
kerak.
Me’yorlarni mashg’ulot o’tkazishdan avvalroq katta qog’ozga yozib, xonaga
osib qo’yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali
aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.
Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir
kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki
noroziligini izohlashini so’rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo’yish
kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi bo’ladigan bo’lsa, uni
ko’ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo’ladi.
Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy ta’sir
etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo
bo’ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, o’z-o’zini
baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo’lish ehtimolini tug’diradi.