15
Shunday mashqlar borki ular mantiqiy yakunga ega. Masalan, «Buzuq
telefon». Ma’lumot eng oxirgi ishtirokchiga yetib kelishi bilanoq yakunlanadi.
Mashqga bo’lgan qiziqish eng yuqori darajaga ko’tarilib pastga tushish vaqtiga
yetib kelishdan avval yakunlanishi lozim.
Muhokamada mashq nimaga yo’naltirilganiga qarab, savollar beriladi va
trener tomonidan yakunlanadi.
Mashq davomida trener o’zi kuzatgan holatni ishtirokchilar duch kelgan
qiyinchiliklar yoki ular erishgan yutuqlar haqida ham so’zlab berishi mumkin.
Muhokama vaqtida ulardan samarali foydalanishi lozim.
Trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) nima uchun qabul
qilinadi?
Trening-emosiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot
usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash,
boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal
etishga yo’naltirilgan.
Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik
tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho
toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslash mumkin.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish
va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening
qatnashchilari uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor
bermasa trening guruhi “bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni “yaralashi”mumkin.
Trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab
yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: