O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə7/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

I. Bolalar orasida:
1. Bog’cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;
2. Maktab o’quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;
3. O’smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;


II. Kattalar orasida:
1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik
holatlari;
2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida)
kuzatiladigan asabiylik holatlari;
3. Keksalar orasida (psixologik o’zgarishlar natijasida) kuzatiladigan
asabiylik holatlari.
Yuqorida sanab o’tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar
mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida
psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo’lib qoladigan bir necha
xil guruhlar vujudga keladiki, bular:
1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi.
2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi.
3. O’z yaqinlarini yo’qotib siqilgan kishilar guruhi.
4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar
guruhi.

5. Begona joyga ko’chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar


guruhi.

6. Rahbarlar tomonidan yoki o’zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga


tegilgan hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.
7. Yangi o’qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan
kishilar guruhi.

13
8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutula olmasdan


siqilayotgan kishilar guruhi.
Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb
ataluvchi o’yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg’ulotlar yordam beradi.

Psixologik treninglarni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi. 

Faollik tamoyili.
Bu tamoyil ko’proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g’oyaga
bo’ysunadi: Inson eshitganlarining 10% ni, ko’rganlarining 50% ni, aytib
berganlarining 70% ni va nihoyat o’zi qilganlarining 90% ni o’zlashtiradi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin