SHAKLLANISHIDAGI ROLI.
1.1. Ta’lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi va psixologik
trening tamoyillari.
Davlat va jamiyat tomonidan yoshlarning, ta’lim muassasalari mutaxassislari
hamda ota-onalarning oldiga qo’yilayotgan vazifalar bevosita psixologiya sohasida
yaratilayotgan turli psixodiagnostik metodlar (trening, diagnostika, psixoterapevtik
suhbatlar, intervyu, anketa usuli, test usuli)yordamida amalga oshiriladi.
Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi.
Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo’nalishlari sifatida trening tarmog’i
ham rivojlandi. Fan sifatida rivojlanayotgan trening o’tkazish metodikasi mazmun
jihatdan aynan treninglarni qanday tartibda tashkil etilishi va o’tkazilishi
borasidagi masalalarni yoritishga bag’ishlanadi.
Psixolog N.Yu.Xrya
щyeva 1982 yil LDU ning ijtimoiy-psixologiya
kafedrasida asistent bo’lib ishlash davrida, guruhlarda ijtimoiy-psixologik
treninglarni o’tkazish bo’yicha Leypsiklik mutaxassislar professor Manfred
Forverga va uning turmush o’rtog’i Traudl Albergga shogird bo’lib o’tgan. Vaqt
o’tgach ijtimoiy-psixologik treninglar o’tkazish bo’yicha Bird o’z tajribasini
psixologlarga o’rgata boshladi. Bu psixologlar treningni o’z psixologik faoliyatlari
davomida muhim deb hisoblashardi. U aytib berayotgan perspektiv-yo’naltiruvchi
treninglar, senzitivlik treninglari L.A.Petrovskaya va Yu.N.Yemelyanovlar
uchrashuvlaridagi tajribalardan farq qilar edi. Ular o’tkazadigan treninglar eng
avvalo ishlab chiqarish, maktab, sog’liqni saqlash, tibbiyot tashkilotlari, davlat
boshqaruvidagi rahbarlar, majburiy boshqaruv uyushmalari, korxona tashkilotlari
xodimlarining kompetentligini oshirish maqsadida yo’naltirilgan treninglardir.
Keyinchalik asta-sekin boshqa ko’plab kasb egalari bilan trening o’tkazish tajribasi
yig’ila boshladi. Trening sohasi mutaxassislarining metodik tayyorgarligi borgan
sari rivojlanib bordi. Ular ko’plab seminarlarga bora boshlashdi va boshqa
9
trenerlarning yondashuvlarini ham o’rganib chiqib, o’zlarining tizimlashgan
trening dasturlarini ishlab chiqishdi.
1990 yilda ular S.I.Makmanov bilan birgalikda kreativlik treninglari
dasturini ishlab chiqishni boshladi. Bu vaktda S.I.Makmanov treningning asosi
bo’lmish nazariy va metodik ishlanmasi bilan shug’ullanayotgan va bu metodlar
barcha soha mutaxassislarida qo’llanilganda muvaffaqiyatga erishishini bilardi
(1998 yil jahonga uning “Trening psixologiyasi” monografiyasi chiqdi). Biroz
o’tgach ular o’ziga ishonch treningini o’tkazish dasturini ishlab chiqishdi.
S.I.Makmanov treningda kam uchraydigan o’zaro ta’sirlar, komanda va
boshqalarning shakllanishi muharriri bo’lib qoldi. Ye.Sidorenko juda noyob
trening dasturi muharriri bo’lib, bu trening shaxsga ta’sir etish va begona fikrlarga
nisbatan, ta’sirlarga nisbatan qarshilik ko’rsatish ta’sirini o’rgatar edi. Bu trening
dasturlari yangi trening dasturlarini yaratishdagi bir yo’nalish bo’lib, ular Trening
instituti trener va konsultantlari bilan birgalikda o’tkazilar edi. Eng asosiysi esa,
Trening instituti 1993 yil mart oyida tashkil topgan bo’lib, uning tashkil etilishi
asosidagi fikrlar bu tashkilot bilan birgalikda rivojlanar va asosiylari uning
tashkilotchilari tomonidan boshidayoq anglab yetilgan va shakllantirilgan edi. Ular
qilib bo’lmaydigan ishni qilishga urinishdan, birovlarga nimanidir o’rgatishdan,
eng asosiysi o’zlari bilmaganni o’rgatishdan yiroqdirlar. Trening instituti trening
sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash yo’nalishidir. Avvalgidek psixologlar
orasida 15 kunlik trening sohasidagi metodik tayyorgarlik taniqli va dolzarbdir.
Trening Institutida o’z malakasini oshirish sohasidagi yangi bilimlarni egallash
maqsadida 3 bosqichdan iborat bo’lgan metodik mashg’ulotlarni o’qib
o’rganishadi. Bolalar o’smirlar bilan ishlovchi psixologlar uchun “Psixodrammaga
kirish” kabi mashg’ulotlar mavjud.
Trening instituti trening sohasida juda ko’plab izlanishlar olib borish
natijasida bu sohaga anchagina yangilik va o’zgarishlar kiritdi. Ularning ishi
asosan trening o’tishning nazariy va metodik asosini mustahkamlashga qaratilgan
bo’lib, shuningdek ularni amaliyotga tatbiq qilish uchun zarur vositalarni topishga
ham harakat qilishmoqda. Shu bilan birgalikda psixogimnastik mashqlarni qo’llash
10
uchun zarur bo’lgan metodik qo’llanmalarni ham yarata boshlashdi. Ular sirasiga
2001 yil Sankt-Peterburgda chop etilgan, 3 bobdan iborat “Treningda
psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham kiradi. Bu kitobda institut xodimlari
tomonidan, ko’p yillar mobaynida to’plangan trening, psixologik mashqlar, turli xil
chet el adabiyotlaridan olingan va o’ylab topilgan trening mashg’ulotlari
jamlangan. Ularning deyarli barchasi ijtimoiy psixologiyaga taalluqli bo’lib, 1983
yildan boshlab Leningrad, Moskva, Toshkent, Olma-Ota, Perm, Rostov-Don,
Karaganda, Barnaul, Ijevsk, Chelyabinsk, Pskov, Kaliningrad va boshqa ko’plab
shaharlarda o’tkazilgan. Barcha mashqlar muharrirlar tomonidan tajribalarda
sinalgan bo’lib, ular yaxshi natijalar bergan.
Bugungi kunda hamma uchun umumiy qabul qilingan “trening” tushunchasi
yo’q, shuning uchun bo’lsa kerak, psixologik amaliyotda uning ma’nosini
anglatuvchi ko’plab metod, shakl va uni anglatib beruvchi manba hamda vositalar
kabi tushunchalar kelib chiqadi.
Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, train, training) ko’plab
ma’nolarga ya’ni: o’qitmok, tarbiyalamok, (trenirovka) mashq qilmoq kabi
ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham
mos keladi.
Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv
modelini qayta dasturlash vositasidir.
Trening shuningdek tashkilotni rejalashtirilgan faolligini oshirish uchun,
kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko’nikmalarini yaxshilashga yo’naltirilgan, yoki
tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi attityudlar modifikasiyasi
va jamoatning ijtimoiy xulq-atvorini tuzatish uchun zarurdir.
Psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli faol
ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga
ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: «Trening - shaxslararo
munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni
rivojlantirishga
qaratilgandir»,
shuningdek
«Muloqotda
kompetentlikni
rivojlantirish vositasi hamdir».
11
G.A.Kovalev
ijtimoiy-psixologik
treningni
ijtimoiy-didaktik
aktiv
yo’nalishdir deb hisoblaydi. B.D.Par
ыgin guruhiy maslahatlar metodlari haqida
shunday deydi: Ulardan guruhiy konsultasiya metodlarini aktiv o’qitish uchun
foydalaniladi. Hayotiy ko’nikmalarni, muloqotchanlik sohasida bilim berishni,
kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy hayotdagi rollarni,
«Men» konsepsiyasini korreksiya qilishni, o’z-o’ziga baho berish tizimini
kuchayishini ta’minlaydi.
K.Levin shogirdlarining omadli faoliyatlari natijasida AQShda treningning
milliy laboratoriyasiga asos soldi. Bu laboratoriyada ko’plab ko’nikmaviy
treninglar yaratildi.
Ijtimoiy-psixologik treninglar jahon amaliyotida keng tarqaldi.
Ilk bu sohada taniqli nazariy, metodologik kitob L.A.Petrovskiy tomonidan
1982 yilda yaratildi. Bu metoddan bolalar, onalar, professional ijtimoiy guruhlar
bilan, tashkilot va korxona boshqaruvchilari bilan ishlashda aktiv foydalanib
kelinmokda.
Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda
tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va
aloqa o’rnata olishdan iborat.
Demak-ki, trening — shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan
muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma malakalarni hosil
qilish maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan
mashg’ulotlar yig’indisidir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish
ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs
psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning
uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.
Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo’riqish hollari avvalgi paytlardagiga
nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina hayotiy
muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni,
shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz
12
emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli darajadagi zo’riqishlar natijasida
vujudga kelmoqda.
Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar
guruhini alohida ta’kidlab o’tish joiz:
Dostları ilə paylaş: |