16
Trening jarayonida albatta o’tkazilishi kerak bo’lgan birinchi bosqich -
guruhiy me’yorlarni, ya’ni trening qonun qoidalarini ishlab chiqish bosqichidir.
Bunda ishtirokchilar bilan bu me’yorlarga albatta rioya qilish kerakligi to’g’risida
kelishish va har bir a’zoning roziligini olish kerak. Bu qoidalarga rioya etish
treningning maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta
ahamiyatga ega hisoblanadi.
Treningninglarnig qabul qilingan asosiy qonunlari mavjud
Bular:
1. «00»Qonuni.
2. Mikrofon qonuni.
3. Faollik qonuni.
4. Faqat o’z fikrini bayon etish qonuni.
5. Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala
bo’lish qonuni.
6. O’z ismini aytish qonuni.
7. Muloyimlik qonuni.
8. Shu yerda va hozir qonuni.
9. Konfidensiallik qonuni.
10. Faqat o’zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.
11. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish.
12. Ixtiyoriylik qonuni.
13. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.
14. Shaxsni baholamaslik qonuni.
Har bir qonunning mohiyati, vazifalari va ahamiyatini batafsil ko’rib
chiqamiz.
Trening jarayonida guruhda ishlarni tashkil qilishga doir me’yorlar
(tamoyillar) quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin.
1. “00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg’ulot boshlanishiga va
tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo’lishi
kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan
17
birgalikda tahlil qiladi va o’zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: