O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


 Kichik maktab o’quvchilarida trening qonunlari bo’yicha guruh ishlari



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə13/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

1.3. Kichik maktab o’quvchilarida trening qonunlari bo’yicha guruh ishlari 

faoliyati.
Kichik maktab yoshi o’quvchilarida guruhiy o’tkaziladigan trening
mashg’ulotlari
faoliyatini
tashkillashtirishda
barincha
navbatda
trener-

murabbiyning qo’llaydigan usuli ahamiyatlidir.



Birinchi usul: Trening qonunlarini o’qib bering va guruhga ularni qabul
qilishni taklif eting.
Agar guruh avval treningda qatnashmagan bo’lsa bu usul samara beradi.
Avval qatnashchilarga treningning o’z qoida va qonunlari mavjudligi haqida
tushuncha bering. Keyin har bir qoidani o’qib bering va bu qonunlar nima uchun
kerakligini tushuntiring. Qatnashchilarga bu qonunlarni qabul qilishni taklif eting
va bu qoidalarga rioya qilish kerakligi, ular har bir ishtirokchining manfaati uchun
guruh ishining samarasi uchun muhimligini ta’kidlash lozim.


Ikkinchi usul: Guruhga asosiy qoidalarni mustaqil ravishda ishlab chiqishni
taklif eting. Masalan, Mikrofon qonunini yumoristik “So’z erkinligi” deb atash
mumkin.

Uchinchi usul: Bu avval treningda ishtirok etganlar uchun bo’lib, bunda
ishtirokchilarga trening qoidalari va qonunlarini o’zlari ishlab chiqishlari taklif
etiladi.
- Har bir qoida barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi va
ma’qullanishi kerak.
- Qoidalarga amal qilinishi muddati 1 soat, 3 soat yoki trening kuniga
bo’lishi mumkin.
- Trener qoidalar qabul qilinayotganda har bir qatnashchi muhokamada
ishtirok etishiga, o’z fikrini bayon etishiga e’tibor berishi kerak.
- Guruhda trening qoidalarini taqdim etish usullari ko’p bo’lib, o’zingiz
boshqa variantlarni o’ylab topishingiz va ularni qo’llashingiz mumkin.
- Misol tariqasida trening qonunlari bo’yicha guruh ishini faollashtirishning
bir necha usullarini keltiramiz.

21
1. Boshlovchi qatnashchilarga oldindan varaqlarga yozib tayyorlab


qo’yilgan qoidalarni taklif etadi. Har bir ishtirokchi bittadan varaqni tortib, uni
o’qib beradi. Shundan so’ng bu qoida muhokama etiladi va trener bu qoida nima
uchun kerakligi va nimani anglatishini tushuntirib beradi. Agar barcha
ishtirokchilar bu qonunni ma’qullashsa, u holda u trening Qonuni deb qabul
qilinadi.
2. 5-6 yoshli bolalar bilan trening o’tkazilganda bu qoidalarni o’yin
tariqasida taklif etish mumkin. O’yinimiz qiziqarli bo’lishi uchun 5 ta qoidani
yodda saqlashimiz kerak:
1) o’yinni hamma birga boshlashi;
2) navbat bilan javob berish;
3) faol ishtirok etish, vazifalarni bajarish;
4) hammani ismi bilan atash;
5) bir-birini ustidan kulmaslik.
Boshlovchi jumlani boshlaydi, bolalar davom ettiradilar. Bunda kichkina
koptokchadan foydalanish mumkin, ya’ni koptok biror bir ishtirokchiga uzatiladi
va u qoidani aytishi kerak bo’ladi. Lekin koptok bilan o’yin birinchi trening
mashg’ulotida emas, balki keyingilarida qoidalarni takrorlash uchun qo’llaniladi.
Trener birinchi navbatda nima haqda o’ylashi lozim? Eng avvalo mavjud
guruhning motivasiyasi, guruhdagi har bir ishtirokchining motivlari haqida (ongli
holdami yoki ong osti holatidami) bilishga harakat qilishi lozim.
Treningni birinchi kuni ishtirokchilarning joylashuvi bilan boshlanadi.
Trenerning o’zi stullarni doira shaklida qo’yishga boshlaydi, guruh esa unga
yordam beradi. Shu holatning o’zidayoq ishtirokchilar haqida dastlabki ma’lumotni
olish mumkin: kimdir faol yordam beradi - stollarni chetga suradi, bir yo’la bir
nechta stul ko’taradi, tez-tez harakat qiladi, kimdir boshqalarning harakatini
shunchaki kuzatib turaveradi, ba’zilar o’zini go’yoki nimadir bilan banddek
ko’rsatib turaveradi.

22
Mashg’ulot o’tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga


mo’ljallangan, stullar bilan jihozlangan bo’lishi shart. Xonada ishtirokchilarning
orasiga to’siq bo’ladigan ortiqcha jihozlar (ortiqcha stol, stullar) bo’lmasligi kerak.
Guruh a’zolari doira shaklida o’tiradilar. Doira shaklida o’tirishning afzalligi
shundaki, hamma ishtirokchilar bir-birining borligini his qilishi va bir-birini ko’rib
turishiga imkoniyat bo’ladi. Bu esa ishtirokchilarda ishonch, qiziqish, diqqat kabi
xususiyatlarni vujudga keltiradi. Shuningdek, boshlovchi va ishtirokchilar orasida
erkin muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, bolalar guruhi bilan
ishlaganda ular qarshisida o’qituvchining bo’lmasligi o’smirlarda haqiqiy tenglikni
his etishga yordam beradi. Bu orqali guruh a’zolarining haqiqiy ijtimoiy tengligini
ta’minlovchi psixologik muhit (iklim) yaratiladi.
Trening jarayonida guruh a’zolari soni 8-10 kishidan 15-20 gacha bo’lishi
eng ma’qul variant hisoblanadi. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo’lgan
guruhdir. Ishtirokchilarning ko’payib ketishi o’zaro ishonch muhitining tarkib
topishiga halaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo’lgan alohida guruhlarda esa
ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunadilar va ahillashishlari oson kechadi. Agar
ishtirokchilar soni 25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar ishtirokchilarni bir
necha guruhlarga bo’lgan holda o’tkaziladi, ammo bunda ko’p vaqt talab etiladi va
ishtirokchilarning diqqati bo’linadi. Bu esa kutilgan natijaga erishishga halaqit
beradi.
Har qanday trening trenerning qisqacha informasiya berishi bilan
boshlanadi. Bunda u treningning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar
egallashi mumkin bo’lgan omillar haqida gapiradi. Ya’ni ishtirokchilarga trening
haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi, o’tkazilishi va ishtirokchilar
trening oxirida qanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi.
Keyingi bosqichda trener guruh a’zolari bilan mashg’ulot davomiyligini
kelishib olishi kerak. Mashg’ulot davomiyligi quyidagicha bo’lishi maqsadga
muvofiq:
1.

Haftasiga 2-3 kun 2 soatdan (orada 1 soat, 30 minut tanaffus beriladi).


Bu eng samarali natija beradi. Haftasiga 1-2 kun har kuni 1-2 soatdan.

23
2.

Haftasiga 1 kun 1 soatdan. Kamroq samara berishi kutiladi. Trener
guruhning motivasiyasini aniqlash uchun guruhga qabul qilinadigan har bir
ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi lozim. Suhbatda asosan quyidagi
savollar bilan murojaat qilinadi.
Treninglarni tashkil qilishda tanishuv bosqichini amalga oshirish muhim
sanaladi.
Treningni boshlashdan avval guruh a’zolarining bir-biriga murojaat etish
usulini aniqlab olish lozim bo’ladi. Bunda trener 4 xil variantni taklif etadi: «Sen»,
«Siz», «Ism», «Familiya». Odatda, o’zbek mentalitetida ismini aytib murojaat
etilishi kishilar orasida o’zaro yaqinlik hissini vujudga keltirishi sir emas. Garchi,
ba’zi idoralarda ism-sharifi bilan murojaat etish rasman tan olingan bo’lsada, ism
bilangina murojaat etish treningda ko’pchilik tomonidan tasdiqlansa, har qanday
katta mansabda ishlaydigan ishtirokchini ham ismi bilan chaqirish talab etiladi.
Treningdagi «Tanishuv» bosqichini turli xil usulda tashkil etish mumkin,
lekin mohiyat bitta bo’ladi, ya’ni bu bosqichning mohiyati quyidagicha: Har bir
ishtirokchi o’zini bu yerda qanday nom bilan atashlarini istasa, shunday atashi
mumkin. Shu o’rinda ular muloqot jarayonida o’ziga yordam beradigan va halaqit
beradigan sifatlarini ham aytishi lozim. Yoki ular quyidagi savollarga javob tarzida
ham o’zlarini tanishtirishlari mumkin: «Yaqinlaringiz sizni nima deb
chaqirishadi?», «Aynan
qaysi
jihatingiz

o’zingizga


ko’proq

yoqadi?»,


«Boshqalardagi qanday hislatlarni qadrlaysiz?» va h.k. Tanishuv bosqichida har bir
ishtirokchi o’zidan oldingi ishtirokchining aytganlarini takrorlashi lozim.
Bu bosqichni ishtirokchilar shunchaki bir-birlarining ismini bilishi bilan
bog’liq bo’lgan rasmiyatchilik deb qabul qilmaslik kerak. Ishtirokchilarning
tanishuv bosqichi — ularning o’tkazilayotgan mashg’ulotta va ayni paytdagi
muhitga moslashish jarayoni bo’lib, ulardagi hayajon va noqulaylik holatlarini
bartaraf etishning eng yaxshi yo’lidir.
Tanishuvda ishtirokchilar doira yoki boshqa shakllarda o’tirishlari mumkin.
Tanishuv bosqichi quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi: ishtirokchilar bir-
birlarining ismini bilish bilan birga, har bir ishtirokchi o’zidagi hislatlar haqida

24
o’ylab ko’rish va buni ovoz chiqarib aytish imkoniga ega bo’ladi. «Qor uyumi»


o’yini orqali tashkil etilgan tanishuvda esa qo’shnisining aytganini takrorlash
eshitishning, ayniqsa o’zidan oldingi kishini eshitish qiyinligini his qilish imkonini
beradi. Ko’pchilik ishtirokchilar o’zidan oldingi ishtirokchi nima deganligini
eshitmaydi, chunki u eshitishdan ko’ra o’zi nima deyishi kerakligi haqida o’ylaydi.
Muhokamada trener tomonidan ishtirokchi «Diqqat markazida» bo’lganida o’zini
qanday his qilgani so’raladi.
Tanishuv bosqichini turli usullarda tashkil qilish mumkin. Umuman trening
jarayonida ko’proq quyidagi uch xil usuldagi tanishuv bosqichlari farqlanadi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin