25
Treningning kutishlar bosqichida guruh a’zolarining har biridan treningdan
nimalar kutayotganligini so’raladi. Trener ularning kutishlarini bilib shunga qarab
o’z ishini rejalashtiradi. Bunda guruh a’zolari aylana bo’ylab o’zlarining
treningdan kutishlarini, xavotirlari va e’tirozlarini aytib chiqishlari so’raladi.
Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan,
muhokama
qilmasdan, hayron bo’lmasdan, hayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan
so’nggina guruh, ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg’ulotlarni boshlash
mumkin bo’ladi.