42
"rejissyor" rolidagi boshqaruvchi shaxsining roli katta. U ham o’yinni "sax;naga
kuyuvchi", ham terapevt, ham psixoanalitik rolini o’ynay-di. Butun o’yin
davomida u o’yinning katalizatori, har bir harakatning muvofiklashtiruvchisi,
rollarni aniq personallar shaqlida ishtirokchilarga bo’lib beruvchidir. U o’zining
boshqaruvchilik
rolini ado eta borib, odamlarni ijtimoiy vaziyatni xis qilish va
undan chiqish choralari yo’zasidan terapevtik ko’rsatmalar berib boradi. Har bir
seansda rollarni almashtiruvchi va protogonistni tayinlovchi ham u xisoblanadi.
Amerikalik olim E. Bernning transakt taxlillar metodi ham shunga yaqin,
faqat unda odamlarni har bir ijtimoiy vaziyatlardagi samarasiz (nojuya, bexuda)
harakatlari taxlil qilinadi va o’yin vositasida ishtirokchilar to’g’ri
harakatlarga
urgatiladi.Shunday qilib, o’yin metodlarini qo’llash soxalari nixoyatda ko’p, ular
doimo insonni xayotida to’g’ri mavqega ega bo’lishga, o’zi istagan, orzu qilgan
xayotiy vaziyatlarni o’zi yaratishga urgatadi va undaydi. O’yinning har qanday
shaqlini tashkil qilishda va uni samarali o’tkazishda, tabiiyki,
trenerga ijtimoiy
psixologik bilimdonlik Xayotiy tajriba, muloqot san'ati va sabr-tokat kerak
Shuning -uchun ham o’yinni o’rganish va o’zi bilgan narsalarni birovlarga urgatish
malakasiga ega bo’lgan shaxsgina uni to’g’ri tashkil qilishi va psixokorrektsion
maqsadlarga erihishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: