O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


 Kichik maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan trening mashg’ulotlar



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə18/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

2.3. Kichik maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan trening mashg’ulotlar 

mazmuni
Biz yuqorida ta’kidlab o’tilgan psixologik treninglarning qonun-qoidalari
asosida tashkillashtirish mumkin bo’lgan va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda
o’tkazilishi tavchiya etiladigan trening mashg’ulotlarining mazmuni va
na’munalarini keltirib o’tamiz.
Bu trening mashg’ulotlari bir qancha qismlarga bo’lingan bo’lib, sinf
holatidan kelib chiqib bosqichma-bosqich olib boriladi.

Hulq-atvor me’yorlariga rioya qilish. 

«Ta’qiqlangan meva».

43
Maqsad: Oilada, o’zbek madaniy turmushida ta’qiqlangan xulq-atvor


holatlari motivlarini aniqlash.

Materiallar: Quti, «mumkin emas» deb yozilgan ikkita tablichka.

O’yinning borishi: O’yin 25 minutgacha davom etadi.
1.

Boshlovchi qutini xona o’rtasiga qo’yadi va uning ikki tomoniga


«mumkin emas» degan yozuvlarni qo’yadi, ushbu yozuv hamma qatnashchilarga
ko’rinib turishi kerak.
Quticha kun boshlanishidanoq xona o’rtasiga qo’yilgani ma’qul, natijada
ishtirokchilarning qiziqishi ortadi, o’yinning asosiy qismiga o’tish osonlashadi.
Boshlovchi o’yin boshlanishida ishtirokchilarning qiziqishlarini oshirishi mumkin
(«ha, endi, bir qiziq narsa yashirilgan-da», «Keyin ko’rarsizlar», «Bir narsa bor-da»
kabi so’zlar bilan), lekin qutiga qaramaslik haqidagi ta’qiq o’z kuchida turishi
kerak. Ko’p hollarda ba’zi bolalar o’zlarini tiya olmay quti ichiga qarashga
urinishadi va ta’qiqni buzishadi. So’ngra boshlovchi ushbu mashq bilan bog’liq
bo’lgan asosiy qismga o’tadi va guruhga quyidagicha yo’riqnoma beradi:
«Xona o’rtasida kun boshidanoq chiroyli quti turibdi, uning xususiyati
shundaki uning ichiga qarash mumkin emas. Bu qutiga nisbatan Sizda biron
qiziqish uyg’ongan bo’lsa kerak. Kelinglar kimning ichida nima kechayotganligini
taxlil qilib ko’raylik. O’z kechinmalaringiz haqida aytib beringlar”.
Tahlil.
1. Boshlovchi ishtirokchilardan ular nega o’zini shu xilda tutganligini
so’raydi, ularning harakatlaridagi asosiy sababni aniqlashga harakat qiladi. Ta’qiq
haqidagi qoidani buzish qanchalik qiyin bo’lganligi haqida so’raydi, o’zini tiyib
turish oson yoki qiyin kechganligi haqida bilishga o’rinadi.
2. O’yin yakuni sifatida odamlar nega ta’qiqlangan xatti-harakatlarni sodir
etishlari, oilaviy hayotga zid bo’lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishlarining
sabablari aniqlanadi. Ushbu yakuniy xulosalar kichik guruhlarda ham ishlab
chiqilishi mumkin.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin