50
qolgan odamga og’zaki topshiriq aytaman. Bu odam iloji boricha hamma
topshiriqni eslab qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida turganlardan biriga)
odamga aytadi. Ikkinchi odam uchinchisiga, uchinchisi to’rtinchisiga va h.k. Biz
esa ma’lumotlar qanday uzatilishini kuzatib turamiz. Keyin esa xuddi shu jarayonni
muhokama qilamiz».
5 ta o’quvchi xonadan chiqqanidan keyin boshlovchi qolgan 1 kishiga
quyidagicha topshiriq aytadi: «Siz maktab direktorining muovinisiz. Direktorimiz
Sobir Komilovich Sizni ancha poyladilar. Lekin kelmaganingizdan so’ng sizga men
orqali topshiriq aytib ketdilar. Aytdilarki,
u kishi hozir bizga Yaponiya
apparaturasini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga ketdilar, u yerdan chiqib
rayonda kengaytirilgan yig’ilishga borar ekanlar. Agar ular soat 12 gacha
kelmasalar o’qituvchilar majlisini o’zingiz o’tkazar ekansiz, bu majlisda 8 «b»
sinfning davomatini ko’rib chiqish kerak. Keyin soat 15.00
da maktabimizga
Polshadan kelayotgan mehmonlarni kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya»
bilan 1 ta «Damas» avtomashinasini chiqarish kerak ekan. Yana aytdilarki, soat
17.00 da XTBning ijtimoiy ta’minot bo’limidan go’sht kelar ekan. Hamma
o’kituvchilarga 2 kilogrammdan go’sht tarqatib direktorning ulushini xolodilnikka
solib qo’ysangiz o’zlari kelib olib ketar ekanlar».
Shundan so’ng ma’lumotlar birin-ketin kirib kelayotgan o’quvchilarga
uzatila boshlaydi.
Mashq so’ngida odatda ma’lumotning buzilishi kuzatiladi. Mashqda ishtirok
etgan o’quvchilar video yordamida ma’lumot mazmunini bilib oladilar. Shundan
so’ng o’quvchilarga har qanday ma’lumotni birinchi
manbadan olish zaruriyati
aytib o’tiladi. Ma’lumotlarning bir kishidan ikkinchi kishiga o’tishi natijasida u
qanchalik o’zgarib ketishi paydo bo’ladigan mish-mish gaplarga asos bo’lishi aytib
o’tiladi.
Ma’lumot uzatishdagi xatolarni bartaraf etish maqsadida faol tinglashni
o’rganish mashqi taklif etiladi. Bu mashq yo’riqnomasiga ko’ra hamma o’quvchilar
uch kishilik guruhlarga bo’linadilar. Bu guruhdagi uch o’quvchi
uch xil rolda
ishtirok etadi: gapiruvchi, tinglovchi va nazoratchi.
51
Gapiruvchi hayotdagi biror bir voqyeani aytib beradi va tinglovchi bu
voqyeani iloji boricha esida olib qolib, qaytadan takrorlab aytib berishi kerak.
Nazoratchining vazifasi yo’l qo’yilgan xatolarni aytishdan iborat.
Guruhdagi har
bir ishtirokchi uchta roldan birortasida ishtirok etishi shart. Ushbu mashqni bajarish
orqali ishtirokchilar verbalizasiya, ya’ni faol tinglash metodini o’zlashtiradilar.
Dostları ilə paylaş: