Shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarni hal etish usullari.
«Avtobusda». Maqsad: O’quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo
munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o’ynaydi, qolganlar esa
yo’lovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o’rindiqni egallab olib, biriga o’zi o’tiribdi,
biriga esa magnitofonini qo’ygan. U hyech kimga joy bermoqchi emas.
Yo’lovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga o’tirishga harakat
qilib ko’rishi kerak. Shart shuki - maqsadga janjalsiz erishish lozim.
«Orqadagi yozuvlar».
Ishtirokchilarning
orqalariga
varaq
mahkamlab
qo’yiladi.
Hamma
ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qog’ozga
bu odamning nimasi o’ziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish
ham mumkin. Masalan, o’sha odamda nimani o’zgartirishni xohlashini yozishi
mumkin.
Informasiyani (ma’lumotni) so’zsiz uzatish.
Bu o’yinda boshlovchi yo’naltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi
shunday tushuntirish beradi: «Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi,
qolganlar esa unga qanaqa ma’lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi.
Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz
harakatlari bilan unga shu informasiyani uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan
odamning vazifasi - guruh unga aytmoqchi bo’layotgan ma’lumotni anglab
olishdan iborat».
Boshlovchiga eslatma: Odatda, o’smirlar o’yin muhitidan nojo’ya xatti-
harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu
52
o’yinda nojo’ya harakatlar bo’lishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan sho’xlik va hazil-
huzul uchun foydalanmoqchi bo’lsa, uni o’ynayotgan guruhinng o’zi tartibga
keltirib qo’yishi kerak. Bu usulning muhim ta’sir kuchiga egaligini hisobga olib,
uni jamoatchilikdan holi va shovqin kam bo’lgan maxsus xonalarda o’tkazish
maqsadga muvofiqdir.