O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə20/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Birinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi - sust holatdagi va
o’zi yaxshi tanimaydigan odamdan katta miqdordagi pulni qarz so’rayapti.


Ikkinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi o’ziga ishongan - va
e’tiroz bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.
Ishtirokchilar orasidan ko’ngilli bir kimsa chaqiriladi va unga guruhdan sir
tutilgan holda u o’ynashi lozim bo’lgan rol va shu rolga taalluqli vaziyat aytiladi.
Boshlovchi bu vaziyatda o’ziga ishongan odamning rolini o’ynasa, guruhning
boshqa a’zosi ko’ngilli bo’lib agressiv xulqli kimsaning rolini o’ynaydi.
Shunisi ahamiyatliki, boshlovchi ishtirokchilar orasidan guruh liderlarini va
guruh a’zolari yoqtirmaydigan bolalarni ajrata bilishi, tabiatdan agressiv va sust
xulqli ishtirokchilarni aniqlab olishi zarur. Bu hol ko’ngillilarni aniqlashda juda
muhimdir - agressiv xulqli o’smirlarga sust yoki o’ziga ishongan xulqli rollarni
taqdim etgan ma’qul bo’lsa, sust xulqli o’smirlar o’ziga ishonganlarning rolini
o’ynashsin.
O’smir o’ziga berilgan rolni muvaffaqiyatli ijro etishi yoki ijro eta olmasligi
unchalik muhim emas. Agar bu rolni yaxshi ijro eta olmasa o’zi yoki guruh buning

46
sababini muhokama qilishlari mumkin, agarda rol yaxshi ijro etilsa guruh a’zolari


ushbu xulq ko’rinishi qaysi biriga tegishli ekanligini darrov bilib olishadi.
Ishtirokchilar taqdim etilayotgan xulq ko’rinishlarini aniqlashadi, o’z
taxminlarini izohlashadi.

«Halokatga uchragan kema».
O’yin boshlanishidan oldin boshlovchi «Javobgarlikning o’zi nima? Siz buni
qanday tushunasiz?» degan savolni o’rtaga tashlagani ma’qul.
Boshlovchi o’quvchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan, o’quvchilar
tomonidan «javobgarlik» so’zining ma’nosini tushunishga harakat qilishlarini
odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush
tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab, so’ng javoblarni qo’shimcha yangi misollar
bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim.
Bu o’rinda boshlovchi «O’zbek tilining izohli lug’ati»da javobgarlik so’ziga
qanday tarif berilganligini aytib o’tishi mumkin. Lekin lug’atdagi so’zning ma’nosi
faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi «javobgarlik»
tushunchasining izohidan tashqari o’z zimmasiga olingan «javobgarlik
mas’uliyati», «javobgarlikni o’z zimmasiga olish», o’z bo’ynidan javobgarlikni
soqit qilish, javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir «tushyapti» kabi
javobgarlikka taalluqli umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib
o’tish kerak.
Lug’atda «javobgarlik» so’ziga, biror narsaga javob berish, bo’yin egish,
kafil bo’lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan.
Alohida iqtidorli o’quvchilar uchun «javobgarlik» so’zining ma’nosi, uning
kelib chiqishi (etimologiya) bilan yaqindan tanishtirib, o’zagi «javob»dan iborat
«javobgarlik» so’zi o’zbek tilida qadimdan mavjud ekanligini, ba’zi tillarda shu
jumladan rus tilida «javobgarlik» so’uzi XIX asr oxirida paydo bo’lganligining
qayd etilishi, so’zning ahamiyatini va unga bo’lgan e’tiborini yanada oshiradi.
Suhbat mavzusiga nisbatan o’quvchilarning faolligini yanada oshirish
maqsadida, so’zga tegishli izoh bermasdan avval, o’rtaga «Javobgarlik» so’zi

47
qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo’lgan? Qani kim javob beradi?», - deb


savol tashlash o’rinli.
«Javobgarlik» so’zi tushunchasi hakida to’la-to’kis ma’lumot berilganidan
so’ng, «o’z zimmasiga javobgarlik olish»ning ahamiyati qayd etiladi, keyin
boshlovchi tomonidan o’quvchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini taklif
etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o’qituvchi tomonidan
quyidagi yo’riqnoma beriladi: «O’zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib
ketayotgandek his qiling. Yong’in tufayli yaxtaning va yuklarning ko’p qismi
nobud bo’ldi. Yaxta asta-sekin cho’ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan
chiqqanligi sababli siz turgan joy noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-
g’arbiy yo’nalish bo’yicha 1000 km. masofada turibsiz. Bu holatdan qanday
chiqish mumkin?
Quyida yong’indan so’ng butun qolgan va ziyon ko’rmagan 14 ta jihozning
ro’yxati berilgan. Bunga qo’shimcha ravishda ihtiyoringizda eshkagi bor pufakli
qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarini saqlash imkoniga ega.
Shuningdek, bunday holatlarda juda zarur bo’lgan 4 ta narsa ham omon qolgan.
Bular bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta kog’oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz
o’zingiz uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his etishingiz
kerak. Pastda berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bulgan 4 ta narsani
aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho’kayotganlarni ham qutqarish mumkin
bo’lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muhim hisoblangan jihoz 1-o’ringa, keyingi
muhim jihoz 2-o’ringa undan keyingisi 3-o’ringa va h.k. qo’yiladi.
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o’rni belgilanadi. Oqibatda,
14-o’rinni unchalik ahamiyatiga ega bo’lmagan jihoz egallaydi.
Endi quyidagi 14 ta jihozni o’z o’rniga qo’yishingiz kerak bo’ladi. Bunda
aslo siz o’zingiz va do’stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini olayotganligingizni
unutmasligingiz kerak». Shundan keyin ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro’yxati
havola etiladi.
1.
Kompas.

48
2.

ko’zgu.
3.

5 litrli suv idish.


4.

Baliq tutadigan to’r.


5.

Tinch okeani xaritalari.


6.

Havo to’ldirilgan yostiq.


7.

2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi.


8.

Kichik tranzistrli radio.


9.

Akulalarni qo’rqituvchi jihoz, rapellent.


10.

Yomg’ir suvini yig’ish uchun katta yuzali timqora plastik (kleyenka).


11.

Ikki quti shokolad.


13.

25 metr neylon yo’g’on arqon.


14.

Bir yashik konserva.


O’quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni bajarilgach, bir
qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. O’quvchilar berilgan
vazifani alohida-alohida bajarib bo’lishganidan so’ng, birgalikda hayot uchun
yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo’ladi.
Ularning umumiy bir to’xtamga kelishi osonroq bo’lishi uchun o’quvchilarga
quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
- o’zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo’lish, ya’ni o’zini ustun
qo’ymasdan, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qarorga ko’ra
javobgarlikni olish;
- bu qiyin bo’lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina qisman qabul
qilish;

- qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni ko’rib chiqish.


Butun guruh yuqorida qayd etilganlarning eng muhimlarini tanlaganidan
keyin, shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli jihozlarni
tanlab olgan betaraf gurux fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo’lmaydi.
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan iborat:
1.

ko’zgu: U havo va dengiz qutqaruvchilari uchun signal berish


vazifasini o’taydi;

49
2.

Gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin bo’lgan neft va gaz
qorishmasining ikki litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar e’tiborini tortadigan
vositalardan biridir;
3.

Chanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;


4.

1 yashik konserva.


«Kemaning halokatga uchrashi» mashg’uloti tugaganidan keyin boshlovchi
o’z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og’ir paytlarda yuzaga kelmay, bu
sifat har bir kishining oilaviy hayotida, kundalik turmush tarzining asosiy
xususiyatlaridan biri bo’lishi lozimligini alohida qayd etadi.


Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin