59
vazifani bajarishga bo’lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi va taalluqli
xulosalar chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi
mumkin: «Biz oldimizga qo’yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi,
yoki uning bajarilishini nima qiyinlashtirdi?», «Siz turishga qaror qilganingizda
nimani nazarda tutdingiz? Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish, qaror
qilish imkoniyati bo’lganda, ishni qanday tashkil etgan bo’lardik?».
Mevali salat.
O’yin ishtirokchilari doira shaklida o’tirib olishadi, ulardan bittasi
(chaqiruvchi) o’rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko’rgan mevasining
nomini aytishini so’raydi va keyin doira bo’ylab yurib, o’zidan boshlab har bir
ishtirokchiga aytilgan uch xil mevaning nomi bilan «ism» qo’yib chiqadi. Masalan,
agar mevalar — olma, anor, uzum bo’lsa, o’ziga «olma» deb nom qo’yadi va
qolganlarga ham shu tarzda nom qo’yib chiqishni davom ettiradi (ishtirokchilarnng
hammasiga ism qo’yilmaguncha). Shundan so’ng boshqalarga nom bergan
o’rtadagi odam mevalardan birortasining (masalan, olma) nomini aytsa, barcha
«olmalar» o’rinlarini almashishlari lozim bo’ladi, o’rtadagi odam esa ulardan
birining o’rniga o’tirib olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam
chaqiruvchi bo’ladi. Agar o’rtadagi odam «mevali salat» desa barcha ishtirokchilar
o’rinlarini almashadilar.
Bu o’yin juda qizikarli va jalb qilish xususiyatiga ega bulib, ishtirokchilar
o’rtasidagi baryerni yo’qotishga va ularni tez o’ylab, tez harakat qilishga undaydi.