58
Mashq guruhni jipslashtiradi, kayfiyatni ko’taradi, qizg’inlikni, tanglikni
yumshatadi. Shuningdek, guruh qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatda kelishib
olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon beradi.
O’yin oxirida guruhga beriladigan savollar: «Guruhning oldiga qo’ygan
vazifani bajarishda nima yordam berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nima xalaqit
berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nimalar yordam berishi mumkin edi?» va h.k.
Ishchanlik muhitini yaratuvchi o’yinlar.
Joy almashish
Ishtirokchilar doira atrofida o’tiradilar, trener esa doira o’rtasida turadi.
Yo’riqnoma: doiraning markazida turgan kishi (boshida bu men bo’laman)
biror umumiy belgiga ega bo’lgan narsani hammaga taklif etadi va kimda shu belgi
bo’lsa u joyini almashadi. Masalan, men shunday deyman: «Singlisi
borlar
joyingizni almashtiring» va hamma singlisi borlar joylarini almashtirishlari kerak.
Bunda doiraning markazida turgan kishi bo’shagan joyni egallashga ulgurishi
kerak. Markazda joysiz qolgan ishtirokchi esa o’yinni davom ettirishi kerak».
Mashq tugaganidan so’ng trener guruhga quyidagi
savollar bilan murojaat
etishi mumkin: «Siz o’zingizni qanday sezayapsiz?», «Hozir sizning kayfiyatingiz
qanday?». Qoidagi muvofiq mashqlar quyidagicha o’tadi. U qizishganlikni
pasaytiradi, kayfiyatini ko’taradi, diqqat va fikrlarni faollashtiradi.
Dostları ilə paylaş: