2.2. Kichik maktab o’quvchilarida o’yin metodlari va ularning ijtimoiy
psixologik xususiyatlari.
Ilmiy va ommabop adabiyotda "o’yin" tushunchasi keng ma'noda ishlatiladi.
Masalan, "aktyorlar o’yini", "bolalar o’yini", "boshqaruv o’yinlari", "shaxmat
o’yini", "strategik o’yinlar", "xayol yoki fantaziya o’yinlari" va xokazo. Ko'pgina
psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o’yinlariga bag’ishlangan.
Rus psixologi D.B.Elkonin "Nima uchun bolalar o’ynaydilar?" degan
savolga to’la qonli javob topish maqsadida o’zining ko’p yillik ilmiy izlanishlarini
1960 yili chop etilgan "O’yin psixologiyasi" ("Psixologiya igre") nomli kitobida
umumlashtirgan. Unda muallif o’yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning moxiyati,
bola tarakkiyoti va shaxs shaqllanishidagi o’rni va ahamiyatini yoritishga harakat
qilgan. "Bolalar, - deb yozilgan kitobda, o’yinda kattalarning ijtimoiy xulq-
atvoriga taqlid qilish usuli bilan ular faoliyatini qaytaradilar" ("Psixologiya igre.",
1978). Yo’qorida ta'kidlanganidek o’yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki
kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar o’yinlarida qator umumiyliklar
mavjud: ya'ni, a) ikkalasida ham rollar improvizatsiya qilinadi, boshqacha qilib
aytganda, xayotda bor bo’lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari
qaytariladi; b) o’yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala xolda ham shartlidir; v) o’yinda
mexnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim tomonlari qayta
tiklanadi;
g) tabiiylik xissiylik - emotsional jixatlarining borligi kattalar va bolalar
o’yinlariga xos bo’lgan jixatlaridir.
O’yinning eng muhim axamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu
narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o’zidagi ko’plab
tabiiy extiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak ma'lum
taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar, undan charchamaydilar va
35
bunda xech qachon ular o’z sherigiga ma'naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar
o’yinning shunday qirrasi bilan bog’liqki, unda xayol, xissiyot jarayonlari yaqqol
tafakkurdan ustun keladi.
Ijtimoiy psixologik ahamiyatga ega bo’lgan kattalar
o’yini esa asosan ikkita vazifani bajaradi:
- ma'lum ijtimoiy bilimlarni egallash;
- zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish. Lekin bunday o’yinlarning
tabiiy bolalar o’yinidan farqli jixatlari ham bor:
a) bolalar o’yinlarida ijtimoiy rol o’zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada
mustaxkamlanadi, takomillashadi; masalan, bolalarning "mexmon-mexmon"
o’yinlarida mexmon va mezbon harakatlariga xos bo’lgan asosiy qirralar
o’zlashtirilib, taqlid asosida ko’nikmalar xosil qilinsa, kattalar shunga o’xshash
"o’yinlarda" muomalaning eng mukammal va chiroyli jixatlarini mustaxkamlab,
davr madaniyatiga xos xulq-atvor shakllariga o’rganadilar;
b) bolalar o’yinlaridagi rollar xayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan xolda,
umumiy tasavvurlar vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq vaziyatlar
va yaqqol rollar vositasida amalga oshiriladi;
v) bolalar o’yinlari ma'lum ma'noda stixiyali jarayon bo’lsa, kattalar
o’yinida xayotiy qoidalar, normalar, me'yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga
maxsus nazoratchilar - murabbiylar rahbarlik qiladilar;
g) bolalar tabiiy ravishda o’zlari kirayotgan rolni xissiy boshdan kechirib,
o’yinga kirishsalar, kattalar ko’prok u yoki bu rolga o’zini identifikatsiya qilib,
sun'iy ravishda kiradi;
Bu -operatsional o’yinlar va roll i o’yinlardan tashkil topgandir.
Operatsional o’yinlar o’z moxiyati jixatidan, ya'ni ushbu faoliyat motivi,
unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va missiy ko’rinishi jixatdan muammoli
vaziyatlarni taxlil qilishga o’xshaydi. Lekin ayni tizimga tushirilmagan, spontan
munozaradan farqli, unda o’yinning umumiy stenariysi bo’lib, oqibatda kabul
qilinadigan qarorlar ijtimoiy normalarga mone kelishi, "to’g’ri" yoki "noto’g’ri"ligi
algoritmik belgilab qo’yiladi. Shuning uchun ham bunday o’yinlarda xayot
sinovlaridan o’tkazilgan, ijtimoiy tajribaga asoslangan vaziyatlar ishlatiladi.
36
Masalan, xozirda keng tarqalgan ishbilarmonlik o’yinlar yoki boshqaruv o’yinlari
shular jumlasiga kiradi. Agarda, boshliqning xodimni qabul qilishi vaziyati
o’ynalayotgan bo’lsa, unda boshqaruv tajribasida ilgari yuz bergan bir nechta
alternativ xulq shakllari oldindan kelishilgan xolda o’ynaladi va shular asosida
o’yinga baxo beriladi. Chunki amaliy o’yinlarda shaxslararo bevosita
munosabatlar nisbatan cheklangan bo’lib, ularda rasmiyatchilik elementlari ko’p
bo’ladi.
Demak amaliy o’yinlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
1. Qaror qabul qilish bilan bogliq bo’lgan tipik xayotiy vaziyatlarni
modellashtiradi.
2. Professional faoliyatda uchraydigan xulq-atvor shakllari va muloqotning
turli qirralarini ochib beradi.
3. Ijtimoiy xulqda mavjud bo’lgan yangi qirralar buyicha bashorat qiladi
va professional faoliyatning yangi xususiyatlarini ochadi.
Ko’pchilik o’yin metodlarini uylab topganlarning vatani Amerika deb
uylaydi. Lekin aslida uni birinchi marta amaliy faoliyatda ruslar - Rossiyada
qo’llashgan. 1936 yilda xozirgi Sankt-Peterburg shaxridagi ishlab chiqarish
Akademiyasi talabalari "Ishlab chiqarish dasturining keskin o’zgarishi munosabati
bilan sanoatni qayta qurish" mavzusidagi o’yinni "Krasnoy tkach" nomli fabrikada
dam olish kunlari o’tkazgan edilar. Uning natijalari keyinchalik ommaviy axborot
vositalarida muhokama qilingan, lekin o’sha paytda fan mutassaddilari bu usulning
moxiyatini to’la tushunib, uni qo’llab-quvvatlamagan edilar. Shuning uchun ham
ilmiy adabiyotlarda Amerikada tashkil etilgan "T-guruxlar" tajribasi ko’proq
yoritilgan.
Yo’qorida qayd etilgan tamoyillarga buyso’ngan xolda o’yinni tashkil etish
mutaxassislarni o’qitish va ular professional sifatlarining takomillashuviga xizmat
qiladi. Har bir ijtimoiy psixologik vaziyat bir necha marta qaytarib o’ynalgani
uchun ham ishtirokchilarda bir vaqtning o’zida ham o’yinchi, ham ko’zatuvchi
bo’lish imkoniyatlari mavjud.
37
Rolli o’yinlar keng tarqalgan o’yin metodlaridan bo’lib, ular moxiyat
jixatdan ma'lum obrazlarga kirish, o’sha obrazga xos bo’lgan xissiyotlarni o’z
boshidan kechirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham nemis olimi va mutaxassisi
Margaret Forverg ulardagi dramatizatsiya elementining borligini, bu - "shaxsga
o’zida mavjud bo’lgan va o’zgalardagi begona obrazlarni tuzatish - korrektsiya
qilish samarasidir", deb yozgan edi. Muallif rolli o’yinlarni uch asosiy jixatlarga
ajratgan:
-
o’yinning emotsional jixatdan mukammalligi;- unda identifikatsiya va
empatiya xodisalarining rivojlanganligi;
-
boshlovchining aloxida, o’ziga xos mavqega ega ekanligi.Rolli
o’yinlarning korrektsion va amaliy ahamiyati shundaki, ularda har bir shaxs o’z
real faoliyatiga yaqin bo’lgan vaziyatlarga tushiriladi va shu orkali uning
ustanovkalari o’zgartiriladi. Bunda o’yin ishtirokchisining o'sha vaziyatni xissiy
o’z boshidan kechira olishi katta ahamiyatga ega. Rolga kirishning esa quyidagi
talablari mavjud:
a) kitob tilida gapirmaslik;
b) muloqotning barcha kodlari va sirlaridan foydalanish;
v) ovoz xususiyatlariga muntazam e'tibor berish, ya'ni intonatsiyalar,
tovushlarning past-balandligi, ovozning emotsionalligi bu o'rinda rolni aniqrok
idrok qilishga imkon beradi;
g) mimika va pantomimika elementlarini keng qo'llash;
d) har bir xislat va turishni jonlantira olish;
e) vaqt va fazoni doimo tushunib, xis qilib turish;
j) boshlovchining rolga kirganlar xolatlarini aniq tushunishi va ularga mos
baxo berib turishi.
Rolli o’yinlarda eng avvalo ishtirokchi shaxs sifatida o’zligini namoyon qila
boshlaydi. Rolli o’yinlarning o’z-o’zini namoyon qilish va shu orqali o’z xulqini
tuzatishga imkon berishi xususiyatiga o’z vaqtida amerikalik olim Jon Moreno
ham e'tibor bergan va o’zining psixodramatik texnikasida unga katta ahamiyat
bergan edi. Texnikaning moxiyati shundan iborat ediki, ishtirokchi ichki
38
ziddiyatlarga boy vaziyatni o’ziga o'xshash shaxslar bilan birgalikda xis qilish va
o’ynash orqali to'laroq hamda aniqroq anglaydi. Rolli o’yinlarning ijtimoiy
psixologik ahamiyati ham aynan shu narsaga bog’liq Shuning uchun ham
san'atkorlar, dramatik aktyorlar o’z maxoratlarini takomillashtirishda shunday
psixotaxlil usulidan keng foydalanadilar, zero, o’zini anglamaguncha, o’zgani
bilolmaydi, va aksincha "o’zga bo’lish san'ati" -o’zlikni anglamoqdir. Ushbu
tamoyillarni xisobga olgan xolda Moreno keyinchalik "guruxiy psixoterapiya"ni
ham rivojlantirdi, unda ham individning gurux xayotiga kirib borishi, gurux
ta'siriga beriluvchanlik o’z ichki holatlarini va o’zga par ruxiy kechinmalarini
bevosita xis qilish orqali ro'y berilishiga aloxida e'tibor qaratgan.Har bir o’yin bir
necha daqiqadan tortib, to 1-2 soat-gacha davom etishi mumkin va unda 2 kishidan
tortib, to 10 kishigacha ishtirok etadi. O’yin jarayoni quyidagicha kechadi
-
avval tipik ijtimoiy psixologik vaziyat modellashtiriladi: masalan, agar
bu maktab xayoti bo’lsa, o’qituvchilar, o’quv ishlarini boshqaruvchi va xokazolar
personaj sifatida har birining mavqei aniqlanadi va ishtirokchilarga muammo
moxiyati tushuntiriladi.
Barcha trening a'zolari vaziyat bilan tanishib chiqadilar va muammoli
vaziyatdan chiqishning mos, maqsadga muvofik yo'llarini kidiradilar. Bunda e'tibor
berilishi lozim bo’lgan asosiy narsa - ishtirokchilarni sog’lom shaxslararo
munosabatlarga o'rgatish. O’yin boshida boshlovchi har bir ishtirokchiga uning
shaxsiy istagi va xususiyatini xisobga olgan xolda aniq personajlarni bo’lib beradi.
Keyinchalik rollar almashinishi mumkin, ya'ni har bir rolni navbat bilan bir necha
kishi o’ynab chiqishi mumkin. Masalan, stipendiyani odilona taqsimlash
muammosini xal qilayotgan dekan roli yoki qarzdor, lekin moddiy yordamga
muxtoj talaba rollari bir necha marta o’ynalishi mumkin va oxirida hamma bir
bo’lib, o'tgan xodisalarni taxlil qiladilar. Bunda ko’prok u yoki bu shaxsning rolni
qanchalik aktyorona o’ynaganligi emas, balki rolga munosabat, vaziyatdan
chikishda emotsiyaning ishtiroki va rolni xis qila olganlik san'ati taxlil
qilinadi.Rolli o’yinlar orkali katta auditoriyalarda tinglovchilar oldida nutq
so’zlash, turli ishlab chiqarish vaziyatlari yoki yigilishlarda nizoli vaziyatning
39
oldini olish malakalarini ham shayqallantirish mumkin. Ma'lum ijtimoiy malakani
hosil qilish uchun trening qatnashchisi bir necha o'yinlarda ishtirok etishi zarur.
Modellashtirilayotgan vaziyat maksimal tarzda real xayotga yakinlashtirilishi,
qatnashchilarning yoshi, professional ko'nikmalari bunda xisobga olinishi kerak
O’yinlarni tashkil etishda boshlovchining roli katta bo’lib, u xar bir ishtirokchining
muammo "tashqarisida" yoki muammoga chetdan turib baxo berishga emas, balki
vaziyatga "ichkaridan" baxo berish, unga xissiy kirishishga yordam berishi lozim.
Buning uchun uning o’zi ushbu vaziyatni to'la bilishi, guruxda yaxshi ma'naviy
muxitning bo’lishi, ishonch, samimiylikka erihishi, o’zidagi barcha qobiliyatlarni
ishga solgan xolda, ishtirokchilarga xissiy yordam berib turishi shart. Uning asosiy
vazifasi -har bir ishtirokchini bolalarga xos xissiyotlar bilan o’yinga berilib
ketishiga imkoniyat yaratishdir. Bu o'rinda ijtimoiy psixologiyada farq qilinadigan
uch asosiy rolning o'rni haqida to'xtab o'tishimiz kerak Ijtimoiy xayotdagi ijtimoiy
psixologik rollar asosan quyidagilardir: "Katta" roli - u doimo yo'l ko'rsatuvchi, aql
soxibi, u adashmaydi, chunki uning xayotdagi maqsadlari aniq va ravshan, uning
taklif va fikrlari odatda boshqalar tomonidan e'tirozsiz qabul qilinadi. Bu rol
xususida shuni yana aytish mumkinki, xayotdagi "katta" yoshga emas, ko’prok
shaxsiy tajribaga, xayotga individual munosabatga bog’liq. Shuning uchun ba'zan
kichik yoshli bola ham o’zini "katta"day xis qilishi mumkin, bundaylarni xayotdagi
laqabi - "yosh qari" yoki "keksa qari" bo’lib, ularda o’z-o’ziga baxo hamisha
yuqori va turmush ikir-chikirlariga befarq bo’lmaydi. "Ota-ona" roli - ham mavqe
va ijtimoiy moxiyat nuqtai nazaridan kattaga o'xshaydi, lekin unda ko’prok
nasixatgo'ylik sifatlari mexribonlik doimiy g’amxo'rlik qilish fazilatlari bilan
uyg’unlashadi. Bu rolni ijro etish uchun nikohga kirish yoki nikoh yoshida bo’lish
shart emas, u odamning dunyoqarashi, shaxs sifati va fazilatlariga ko’prok bog’liq.
Uchinchisi - "kichik" roli. Bu rol xayotda ko’prok uchraydi va uning moxiyati
shundaki, odam doimo o’zgalar pand-nasixati va ko'rsatmalariga muxtoj
bo’ladi, uni doimo boshqarish va etaklash kerak. Bilim saviyasi yoki yoshidan
qat'iy nazar, "kichik" - doimo o’zgalar harakatlariga taqlid qilish, tez, asossiz
xulosalar chiqarish, mantiqsizlikka ham yo'l qo'yish illatlariga ega. Ko’pchilikka
40
kichik rolda bo’lish qulay, chunki u o’z harakatlari va gapirgan gapi uchun
mas'uliyat xis qilmaydi, boshqalardan andoza olishga o’rgangan. Yuqoridagi rollar
moxiyatini nazariy jixatdan bir-biridan farq qilib, anglab olgan trening
qatnashchilari ularni turli variantlarda qo'llashlari mumkin. Masalan, shunday
o’yin vaziyatini olaylik: er va xotin biroz ishlab topgan jamg’armalarini qay
yo'sinda oqilona sarflash ustida bosh qotirmoqda. Yuqoridagi uch rol nuqtai
nazaridan kelib chiqadigan bo’lsak bu rollarning oltita va undan ortiq variantlarini
trening qilish mumkin. Masalan, er navbat bilan yo "katta", yo "ota-ona" yoki
"kichik" bo’lib, pulni ishlatish xususida turlicha fikr-muloxaza yuritadi, xotin ham
turli ijtimoiy roldan kelib chikib, munosabat bildirishi mumkin. Bir vaziyat: xotin
oila lideri, uning roli "katta" : "Aslida, adasi, Sizning aytganingiz ma'qulku, lekin
men bir narsa aytay. Shu pullarning oilaga umuman naf keltiradigan, yaxshi
narsaga sarflasakda, bizdan keyin bolalarga ham qolsa. Men yaxshilab o'yladim -
bu pullarga olgan ma'qul...". Ikkinchi vaziyat: xotin "kichik" rolida - "voy, men
qaerdan bilay, bu pullarni nimaga sarflashni, o’zingiz nima qilsangiz, qilavering,
doim o’zingiz bilib ish qilardingiz-ku..!?". Uchinchi vaziyat: xotin "ota-ona" rolida
- "Men sizga ishonamanki, to'plangan pullarni o’zingiz, farzandlar uchun
ishlatarsiz, faqat bexuda sarf-harajat bo’lmasa bo’lgani. Menga qolsa, albatta, uy-
ro’zgordagi kamchiliklarga ishlatgan bo’lar edim, sizga ham shuni maslaxat
beraman...". Shunga o'xshash erkak kishining mavqei ham yuqoridagi rollar nuqtai
nazaridan har xil bo’lishi mumkin. Boshlovchi har bir ishtirokchining rolni xis
qilishiga qarab, uni ana shunday toifalarga bo’lishi va chiqmagan rolni yaxshiroq
o’ynashga chorlashi ham extimol. Ilovada ana shunday rollardan namunalar
keltirilgan.Rolli o’yinlarni tashkil etishda bir qator qiyinchiliklar mavjud bo’lib,
ulardan eng muhimi o’yin vaziyatining kattalar tomonidan noto’g’ri idrok qilinishi,
unga rasmiy tus berilishi va kattalarning "bolalar" obraz-
lariga kira olmasliklaridir. Ushbu barerni (To’siqlarni) olib tashlashda
etakchining o'rni muhim bo’lib, bir tomondan, rolli o’yinning predmeti bo’lmish
ijtimoiy psixologik vaziyatni tanlay olgani, ikkinchi tomondan, ishtirokchilar
oldiga muammoning qo’yilishi va har birining uni xis qilishga ko'mak berishi katta
41
ahamiyatga'ega. ijtimoiy psixologik vaziyat o’z ichiga quyidagilarni oladi:
o’yinning syujeti, qo’yilgan ijtimoiy psixologik muammo, berilgan shaxslararo
munosabatlarning harakteri. Demak tanlangan vaziyat ikki asosiy talabga javob
berishi kerak: a) uning mazmuni va muammoning harakteri real borlikka,
xayotdagi vaziyatlarga to’g’ri kelishi; b) uning ishtirokchilar uchun ahamiyatli
bo’lishi. Agar shu jixatlarga boshidan e'tibor berilmasa, ishtirokchilar-da trening
haqida noto’g’ri tasavvur shaqllanadi, uning maqsadi teskari talkin etiladi va
samara kutilganday bo’lmaydi. Shuning uchun ishtirokchilarni o’yin vaziyatiga
to’g’ri yunaltirish, ularning har birida to’g’ri motivatsiya va qiziqishni xosil qilish
boshlovchidan ham tajriba, Ham psixologik malaka talab qiladi. Ana shu jixatlar,
o’yin mazmunining qatnashuvchilarning xotirasida o’zok muddatda saqlanishiga
va faol ustanovkalarga aylani-shiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |