O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


II BOB. KICHIK MAKTAB YOShIDAGI O’QUVCHILARGA TA’LIM-



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə15/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

II BOB. KICHIK MAKTAB YOShIDAGI O’QUVCHILARGA TA’LIM-

TARBIYA BERISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARDAN 

FOYDALANISH


2.1. Boshqaruv faoliyati va ta’limda pedagogik-psixologik muomala jarayoni.
Muomala psixologiyasi umumiy psixologiya fanining katyegoriyalaridan
biri hisoblanib, u o`z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim
myexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muomala katyegoriyasi kyeng
ma'noda tushunilganda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib,
o`zaro ta'sir va o`zaro munosabtni aks ettirib, ijtimoiy protsyessual jabhasini
ifodalaydi. Muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv
qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o`ynaydi.
Muomala-hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kyelib chiquvchi,
shaxslararo muloqot rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muomala ushbu
tarkiblaridan tashkil topgan bo`ladi:
1. Kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish).
2. Intyeraktiv (ikki tomonlama o`zaro ta'sir).
3. Pyertsyeptiv (o`zaro bir-birini idrok qilish).
1.Muomala o`z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o`zaro
axborot almashinuvi qamrab olgan bo`lib, kommunikativ jabha sifatida
tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishish jarayonida
muomalaning muhim vositalaridan biri hisoblanishi tilga va nutq faoliyatiga
byevosita murojaat qiladi.
2. Muomalaning ikkinchi tomoni-muloqot kirishuvchilarning o`zaro ta'siri,
ularning nutq faoliyatida nafaqat so`z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakati
va xulq atvori bilan o`zaro ta'sir o`tkazish, ta'sirlanishidir (masalan, o`qituvchi va
o`quvchi).
3. Muomalaning uchinchi tomoni shundan iboratki, bunda muloqatga
kirishuvchilar (muloqatdoshlar) o`zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon
bo`ladi. Masalan, bu jarayonning eng zarur tomoni shuki, muloqotga kirishuvchi,

27
ya'ni muloqatdosh (shyerik)larning bittasi ikkinchisi ishonchiga loyiq, aqlli,


farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida idrok qilish juda
muhim ekanligini anglash yoki bir-birlarini oldindan hyech narsani tushunmaydi,
uzatilgan axborotni fahmlay olmaydi dyeb taxmin qilishdir.
Muomalaning har uchala tomonini (jabxasini) birlikda, yaxlit olib qarash
natijasida u hamkorlik faoliyatini tashkil qilish usulining va unda ishtirok
etuvchilarining, ya'ni muloqotdoshlarning munosabatlari tariqasida namoyon
bo`ladi.
O`qituvchi faoliyati uchun eng muhim narsa- muomalaning qonuniyatlari,
uning rivojlanishi to`g`risidagi psixologik bilimlar, ko`nikmalar, qobiliyatlar
egallashdir.
Kasbiy muammoni muvaffaqiyatli shu taqdirda yechish mumkinmi,
qachonki o`qituvchi o`quvchilar |talabalar| bilan hamkorlik faoliyatiga samarali
kirisha olsa, shaxsni shakllantirishning maqsadi va vazifalariga javob byeruvchi
o`zaro ta'sir, o`zaro tushunuvni yo`lga qo`ya bilsa, faqat shundagina pedagogik
muomala amalga oshadi xolos.
Pedagogik muomala-bu o`qituvchining o`quvchilarga ta'sir o`tkazish
usullarining muayyan tizimidir:
-hamkorlik ishtirokchilarining o`zaro axborot almashuvi:
-turlicha kommunikativ vositalar yordamida o`qituvchi tomonidan o`quvchi
lar bilan o`zaro ta'sir va o`zaro munosabatni tashkil qilish:
-muayyan maqsadni dasturiy tarzda amalga oshirishni ryejalashtirish va
o`tkazish funktsiyasini bajaradi.
Pedagogik faoliyatda muomala birinchidan, o`quv faoliyatini yakkahol
bajarishning vositasi:, ikkinchidan, tarbiya jarayonini ta'minlashning ijtimoiy-
psixologik tizimi:, uchinchidan, ta'lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi
o`qituvchi bilan o`quvchilarning o`zaro munosabatining muayyan tizimini tashkil
qilishning usuli:, to`rtinchidan, o`qituvchi individualligini takomillashtirish,
istye'dodini qaror toptirish imkonini byeruvchi jarayon ekanligi:, byeshinchidan,
yaqqol faoliyatni sub'yekt-sub'yekt sifatida ro`yobga chiqarish asosdir.

28
Pedagogik muomala dyeganda o`quvchilar va o`qituvchi jamoasining o`zaro


ta'sir malakasi, usuli va tizimi anglashinib uning mohiyati o`zaro axborot
almashish, ta'limiy, tarbiyaviy ta'sir o`tkazish, o`zaro tushunuvga erishish.
Muomala jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshishini ta'minlash
uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonun-qoidalar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy
nazoratning psixologik myexanizmi sifatida uch muhim vositasi ishtirok etadi:
ma'qullamaslik, qoralash va jazolash.
O`quvchining motivatsion, emotsional, irodaviy, kognitiv va ryegulyativ
hatti-harakati muomala ishtirokchisi tomonidan ma'qullansa o`zaro aloqa o`z-
o`zidan barbod bo`ladi, chunki, mazkur jarayon ijtimoiy xukm surib to’rgan qonun
va qoidalarga tubdan ziddir, Xuddi shu boisdan ijtimoiy ta'sir o`tkazishning bir
vositasi sifatida bunday xulq-odob ma'qullanmaydi, muomala ishtirokchi fikr
almashish imkonidan maxrum qilinadi.
Muomala jarayonida o`quvchi yoki talaba xulqi ijtimoiy qonun-qoidalar
maromiga zid kyelsa, u xolda uning ishtirokchilari ijtimoiy nazoratchi vazifasini
bajarib, muloqotdosh hatti-harakati qoralanadi, e'tiroz, tanbyeh, eslatish kabi
vositalar bilan ta'sir o`tkazish bilan chyeklanadi.
Suhbatdoshning fikrlashi, fahm-farosati, odobi va ahloqi ijtimoiy,
etnopsixologik, milliy qadriyatlar, umumbashariy myezonlarga favqulotdagi xolat,
vaziyat, kontrast, ya'ni mutlaqo qarama-qarshi bo`lsa, u taqdirda ijtimoiy nazorat
vazifasini bajaruvchi muomala qatnashchilari muayyan ta'sirchan vosita qo`llab,
uni jazolaydilar. Jazolangan muomala qatnashchisiga shaxsiy hatti-harakati,
muloqot maromi, uslubi ijtimoiy qabul qilingan myezonlarga zid ekanligi, milliy
qadriyat, ma'naviyat va ruhiyat mye'yoriga mos emasligi qattiq ogohlantiriladi,
muayyan odatlarga rioya qilish zarurati qat'iy ravishda uqtiriladi.
Muomala kyezida odob, odoblilik muhim ahamiyatga ega bo`lib uning
muvaffaqiyatli kyechishini ta'minlaydi, uning asosiy vazifalari | axborot almashuv,
o`zaro ta'sir, o`zaro idrok qilish | to`g`ri amalga oshishni idora qilib turadi. Har
qaysi fikr bildirganda muloqotdoshga muloqotdosh qanday qabul qilayotganligi
fahmlab turish, tashqi ko`rinishlari o`zgarishiga e'tibor byerish, uzr so`rash,

29
tavozye bilan murojaat qilish evaziga muomala odobi ushlab turiladi. Muomala


jarayonida ba'zi bir hatti-harakat o`ylanmay bildirilgan fikr, ortiqcha imo-ishora
odobsizlikni kyeltirib chiqaradi. Odobsizlik esa nizoli vaziyat qarama-qarshilik,
ziddiyatli holatni kyeltirib chiqaradi. Buning natijasida muomala fikr almashuv
o`zining vazifasini nizoli, xatto affyektiv vaziyatga bo`shatib byeradi.
Pedagogik muomalada psixologik aloqa o`rnatish alohida ahamiyatga ega,
chunki, o`quvchi bilan shaxslararo munosabat ikkita muhim omil, ya'ni o`zaro
ishonch nyegiziga ko`riladi. Bunda o`qituvchi o`quvchi ning xuquqi, majburiyati |
statusi | , uning maktabda, jamoat joylarda, oilada bajaradigan roli nimadan iborat
ekanligini diqqat markazidan chyetga chiqarmasligi lozim.
O`qituvchi o`quvchi larga ta'sir o`tkazish samarasi uning printsipialligi va
talabchanligida o`z aksini topadi. Bundan tashqari u o`ziga ham o`ta talabchan
bo`lmog`i, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda nufuz, obro`, e'tibor qozonmog`i
joiz.
Muomala jarayonida va hamkorlik faoliyatida o`qituvchining o`quvchi larga

ta'sir o`tkazishi natijasida ular :


-o`z-o`zini va o`zgalarni hurmat qilish,
-o`z-o`zini va boshqalar faoliyati, xulqini baxolash,
-o`z-o`zini va o`zgalarni nazorat qilish,
-o`z-o`zini anglash va boshqalarni tushunish,
-o`z-o`zini boshqarish | ham bilish va faoliyatida, ham xulq-atvorida | .
-o`z-o`zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash,
-voqyelik mahsulini oldindan bashorat qilish shakllanadi.
Do`stona muomala o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida bilimlarini puxta
o`zlashtirishni ta'minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga
xizmat qiladi.
Muomala jarayonida motivatsiyaga, his-tuyg`uga, shaxsga oid,, bilimga
taaluqli, boshqaruv xususiyatli nizolar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatli xolatlar,
vaziyatlar vujudga kyelishi mumkin. Ularning aksariyati yengil yechimga ega
bo`lishi bilan birga oldini olish imkoniyati ham mavjuddir. Shunga qaramasdan,

30
muomala va shaxslararo munosabatda o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasidagi turli


darajadagi ayrim nizoli holatlar uchrab turadi:
-o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida fikriy yaqdillikning yo`qligi,
-foyda, naf to`g`risidagi muammoda shaxsiy fikriy qarama-qarshilik
mavjudligi,
-ayrim ma'naviy to`siqqa ega ekanligi,
-narsa va xodisalarning shaxsiy kasb etishi,
-extiyojlarning nufuzligi,
-faoliyat, muomala, xulq uyg`unligining buzilishi kabilar.
Psixologiya fanidan muomala insonlarning o`zaro tushunishi sifatida talqin
qilinadi. Bu muammo ta'lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi va
shaxslararo idrok qilinishining myexanizmi sifatida quyidagilar namoyon bo`ladi:
-styeryeotipizatsiya | ajdodlar tomonidan qo`llanilgan ma'lumotlar, odatlar,
aqidalar hyech o`zgarishsiz hozirgi zamon odamlarining foydalanishi |.
-idyentifikatsiya | katta yoshdagi odamlar, o`qituvchi maxorati, xulq-atvori
andoza sifatida yoshlar tomonidan qabul qilinib, unga o`xshashlikka intilish, taqlid
qilish holatlarini shakllantirish |.
-ryeflyeksiya | o`z imkoniyati va xulq-atvorini bilish, muloqotdoshning
odobi, fahm-farosatini anglash| kabilar.
Shaxs to`g`risidagi dastlabki axborotlar, ma'lumotlar uning tashqi
ko`rinishini baholashga aloqador jarayon sub'yektiv baholashni kyeltirib chiqaradi.
Lyekin o`zaro fikr almashish, muloqotga kirishish davomida omillar tobora
yetakchilashib, ob'yektivlashib boradi.
Muoamala madaniyati, muloqot maromi, pedagogik odobga o`rganish
tryeningi mavjud bo`lib, ularga hamkorlik faoliyati qatnashchilarini o`rgatish
mumkin. Tryeninglar o`z ichiga odatda quyidagilarni qamrab oladi:
1. yurish-turish, javob byerish, o`zgalarga e'tibor qilish mashqlari.
2. muomala qilish usuli, ko`nikmasi, malakasi va odati yuzasidan mashqlar.
3. muomalaning umumiy qonuniyatlarini o`rganish, ya'ni pedagogik
muomala tizimini o`rganish mashqlari.

31
4. pedagogik kommunikatsiya tyexnologiyasi va instruktsiyasiga oid


tryeninglar.
Muomalaviy boshqaruv- kishilar ustidan rahbarlik qilish maqsadida amalga
oshiriladigan muomala jarayonidir. Muomalaviy boshqaruvning maqsadi:
- buyruq va ko`rsatmalar, tavsiyanomalar, maslahatlar byerish:
- topshiriq bajarilganligi to`g`risidagi axborotni olish:
- bajarilgan topshiriqqa baho byerish.
Muomalaviy boshqaruvning bosqichlari:
1- ko`rsatmalar byeruvchi ma'lumotni uzatish:
2- qayta ma'lumot olish:
3- ma'lumotga baho byerish.
Ko`rsatmalar byeruvchi ma'lumotni uzatish shakllari.
Diryektiva- buyruq, diryektiva, ko`rsatma, talabnoma shaklida:
Dyemokratik- tavsiya, maslahat, iltimos.
Pedagogik muomala- shaxsga ta'lim va tarbiya byerish maqsadida amalga
oshiriladigan muomala jarayoni va o`zaro ta'sir o`tkazish usullari tizimidan
iboratdir.
O`zaro shaxsiy munosabatda hissiy holatning namoyon bo`lish darajasiga
qarab, insonlarda: empatiya, simpatiya, do`stlik yoqtirib qolish, ya'ni ijobiy hissiy
holatlarda: byefarqlik, nafrat, yoqtirmaslik, ya'ni salbiy hissiy holatlarda: ko`rish
mumkin. Shuning uchun ham muamolaviy boshqaruv jarayonidagi eng muhim
qoida: har qanday yo`l va usul bilan ham suhbat jarayonida ijobiy hissiy holatni
vujudga kyeltirishdir. Bu hol qanchalik kuchli namoyon bo`lsa, dyemak
muomalaviy boshqaruv shunchalik oson kyechadi.
Muomalaviy boshqaruv va pedagogik muomala jarayonlariga byeriladigan
tavsiyanomalar.
O`zaro shaxsiy munosabatlarda vujudga kyeladigan ijobiy xissiy holatlar
natijasida namoyon bo`ladigan bir-biriga intilish, bir-birini yoqtirib qolish
attraktsiya dyeb ataladi.
Insonlardagi attraktsiyani shakllantirishning psixologik usullari.

32
- “Munosabatlar oynasi”;


- “Ismi bilan atash”:
- “Oltinga tyeng so`zlar”: (komplimyent) xushomad.
- “Sabr-toqatli tinglovchi”:
- “Savollar byering”:
Ushbu usullar ko`p hollarda suxbatdoshda uning o`zi ham anglamagan holda
attraktsiyani vujudga kyeltiradi.
“Munosabatlar oynasi” usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi:
Shirin jilmayish, yuzning yoqimli ko`rinishi, istarasi issiqlik.
Signal: “Myen - sizning do`stingizman! “Do`st esa insonni kyerakli paytda
himoya qiladi.
Himoyalanishga bo`lgan extiyojning qondirilishi. Ijobiy xissiy holat vujudga
kyeladi. Ijobiy xissiy holatni vujudga kyeltirgan insonga moyillik- attraktsiyaning
shakllanishiga ta'sir ko`rsatadi.
“O`z nomi bilan atash” usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi:
Suxbatdoshiga ismi va sharifi bilan murojaat qilish, uning shaxsiga nisbatan
e'tiborni bildiradi.
Inson o`z ismi orqali o`z shaxsini namoyon qiladi. O`z shaxsini namoyon
qila olish extiyojining qondirilishi insonda ijobiy xissiy kyechinmani vujudga
kyeltiradi. Ijobiy xissiy holatni vujudga kyeltirgan insonga moyillik-attraktsiyaning
shakllanishiga ta'sir ko`rsatadi.
“Oltinga tyeng so`zlar” usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi:
Komplimyent (xushomad)- insondagi ijobiy sifatlarni bir oz bo`rttirib aytilgan
so`zlarning majmuasidir.
“Oltinga tyeng so`zlar “ (komplimyent) samarali ruxiy ta'sir etish va
o`zligining o`zgalar tomonidan tan olinishiga nisbatan extiyojning qondirilishidir.
Ya'ni, ijobiy xissiy holatni vujudga kyelishidir. Ijobiy xissiy holatni vujudga
kyeltirgan insonga moyillik-attraktsiyani barpo qiladi.
Komplimyent vazifalari:

33
-suxbatdoshda moyillikni vujudga kyeltirish va o`z navbatida unda


komplimyent xosil qilishga extiyojni vujudga kyeltirish:
-attraktsiyani mustahkamlash:
-byerilgan ko`rsatmani bajarishga undash:
-muvaffaqiyatga undovchi turtki byerish:
-muvaffaqiyatsizlikdan saqlovchi faol motivlar xosil qilish:
-suxbatdoshning moslashishiga yordam byerish.
O`z mohiyatiga ko`ra komplimyent quyidagi holatlarga qaratilgan bo`lishi
mumkin:

-tashqi ko`rinishining o`ziga xos tomonlariga (yurishiga, kiyimiga,


sochining xolatlariga, qomatiga):
-bilish doirasiga ( intyellyekti, nutqi, xotirasi, diqqati):
-emotsional holatiga:
-irodaviy tomonlariga ( qat'iyligi, maqsadga intiluvchanligi):
-kasbiy sifatlariga ( tajribasi, malakasi):
-insonning g`ururi va muhabbatini byelgilovchi narsalar, bolalar, o`zi
tayyorlagan buyumlar va hokazolar:
-shaxsning umumiy tomonlarini byelgilaydigan so`zlar (xaqiqiy erkak, zo`r
oshpaz):
Komplimyent quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
-to`g`ridan-to`g`ri suhbatdoshga murojaat qilib, undagi ijobiy sifatlarni
aytish:
- “antityez “-to`g`ridan-to`g`ri suhbatdoshga murojaat qilib, o`zidagi
sifatlarga tanqidiy yondoshgan holda suhbatdoshning ijobiy sifatlarini aytish:
- “solishtirish”-adabiyotlardagi ijobiy qahramonlar bilan solishtirish:
- “ikki tomonlama komplimyent “ -suxbatdoshning o`g`li va qizi to`g`risida
iliq fikrlar:
-suhbatdoshning qo`shnisiga murojaat qilib, suhbatdosh haqida iliq fikrlar
bildirish:
- “Sabr-toqatli tinglovchi “ usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi:

34
Suxbatdoshni sabr-toqat va e'tibor bilan tinglash.


Shaxsdagi o`z fikrini to`liq ayta olish extiyojining qondirilishi va shu bilan
bog`liq ravishda ijobiy xissiy holatning vujudga kyelishi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin