O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə8/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Ijodiylik tamoyili.
Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida
ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo’lgan, kashf etib ulgurilgan g’oyalar,
qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o’zlarining shaxsiy
resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar.

Xulq-atvor obyektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili.
Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan obyektivlik
darajasiga o’tadi va trening davomida o’zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-
atvor obyektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi
aks aloqani yuzaga kelishini ta’minlash trenerning mas’uliyatidir.

Sheriklik (Subyekt-subyektlik) muloqoti tamoyili.
Sheriklik, yoki subyekt-subyektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular
hissiyotlari, his-tuyg’ulari, qayg’ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb
tan olinadi. Ushbu ning qo’llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi.
Yuqoridagi tamoyillardan tashqari, treningning samarali bo’lishi ma’lum bir
jihatdan trenerning spesifik prinsiplariga ham bog’liqdir.
Trener har doim trening o’tkazishga kirishishdan avval o’ziga:
Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? kabi savollarini berishi
lozim.

14
Bu savollarga javobni trenerga guruh bilan ishlash davomida diagnostik


tadqiqotlar ochib beradi.
Trener ish rejasining mundarijasi, guruhning rivojlanish va inoqlik darajasi,
munosabatlar xarakteri, guruhdagi har bir ishtirokchining holati, uning o’ziga va
boshqalarga nisbatan munosabati, treningga nisbatan munosabati, trenerning
o’zining munosabati kabilar diagnostika obyekti bo’lib hisoblanadi.


1.2. Ta’lim jarayonida trening psixogimnastikasi va qonunlari.
Shu o’rinda biz «psixogimnastika» so’ziga e’tiborimizni qaratamiz. Bu
tushuncha o’z ichiga ko’plab turdagi mashqlarni: Yozma, og’zaki, verbal, noverbal
mashqlarni oladi. Ular uncha katta bo’lmagan 2-3 kishidan iborat bo’lgan yoki
barcha ishtirokchilar bilan olib boriladi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin