O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə3/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Muammoning dolzarbligi. Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro
munosabati va yoshlarimizning psixologik xususiyatlarini shakllantirish bevosita
ularga ta’sir jarayonlarida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlarning asosiylaridan
biri, bu ularning ijtimoiy munosabatlarida va shaxslararo munosabatlarida o’z
aksini topadi.
Ushbu mavzuning dolzarbligi yosh avlodning tarbiyasi, barkomol avlodni
shakllantirish bilan uyg’undir. Bakomol yoshlarni tarbiyalash, ularning
mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy yo’nalishda o’tkazilayotgan islohatlardagi faol
ishtirokiga qaratilgandir. Bu strategik masala maktab yoshidagi bolalarning o’qib
o’rganishlarini yanada takomillashtirshni talab qiladi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilish natijasida ta’lim jarayonida
tub o’zgarishlar ro’y berdi. Ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik
texnologiyalar joriy qilindi. Shuningdek ushbu ilmiy muammoning dolzarbligi
ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanilayotgan psixologik treninglarni o’quv
jarayoniga joriy qilish kabi psixologik muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilishni
ham talab qiladi.
Ta’kidlash lozimki, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilish
jarayonlarini rivojlantirish va shu asosda shaxs sifatlarini yuksaltirish eng dolzarb
muammolardan biridir.
Ko’p yillik kuzatishlar va pedagogik tajribalar, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni
ko’rsatadiki, maktab o’quvchilari shaxs sifatlari darajasinining pastligi yoki ularda
ma’lum o’quv malakalarining rivojlanmaganligi, past o’zlashtirishga, uning
kasbga, ilmga qiziqishining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ularning
rivojlanish darajasini, ularda mavjud o’quv malakalarini o’rganish, kamchiliklarni
tuzatish, maxsus o’quv va mehnat malakalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlar
o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi.
Hozirgi vaqtda pedagog va psixolog mutaxassislar oldidagi asosiy
vazifalardan biri ta’lim jarayonining rivojlanishi barobarida o’quvchi-yoshlarni

5
psixologik treninglar asosida shakllantirib borish va ularning bilimlarini oshirish


uchun ulardan samarali foydalanishdir.
Treningning asosiy vazifasi shaxs xulqidagi salbiy xislatlarni bartaraf etib,
ijobiy xislatlarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari
psixologik treninglar o’quvchi bilimini rivojlantirish uchun ham asos bo’lib xizmat
qiladi.
Shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning bir gapini eslab o’tish o’rinlidir
“....shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatni modernizasyalash davrida jamiyat
a’zolarining o’z salohiyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun ularga birinchi
galda teng imkoniyat va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy shart
sharoitlarni yaratib berish zarur”
1
. Prezidentimizning ushbu metodologik

ahamiyatga ega bo’lgan tavsiya ham bitiruv malakaviy ish mavzusining


dolzarbligidan dalolat beradi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin