O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi ta`lim muassasalar boshqaruvi


Ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni qo‘llanilishining ahamiyati



Yüklə 108,33 Kb.
səhifə7/10
tarix25.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#197091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2- kurs magistrati tursunov navro‘z nasrulloyevich kompetensiyav-fayllar.org

2.2 Ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni qo‘llanilishining ahamiyati.
Hamkorlik pedagogikasining tasnifiy belgilari.  o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida mustaqil ravishda yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashi hamda ulardan amaliy foydalana olishi;  mustaqil ta’lim va ijodiy izlanish natijasida o‘qitilayotgan fan hamda kasbiy faoliyat sohasidagi yangi shakl, metod va vositalarni o‘zlashtirish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish; 72  masho‘ulotlarni on-line tizimida video anjumanlar va seminartreninglar asosida tashkil etish;  professor-o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi kommunikatsiyani jadallashtirish;  o‘quvchilar ning o‘quv fanini o‘rganish va o‘zlashtirishga qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan xususiy-metodik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;  professor-o‘qituvchilarni tьyutorlik, fasilitatorlik va ingilatorlik faoliyatiga faol jalb etish va boshqalar. “Hamkorlik texnologiyasi”ning tasnifiy tavsifi: Qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik. Falsafiy asoslariga ko‘ra: insoparvar. Asosiy rivojlanish omillariga ko‘ra: majmuaviy, biogen, sotsiogen va psixogen. Shaxsga yo‘naltirilganligiga ko‘ra: hartomonlama barkamol. Mazmunli xarakteriga ko‘ra: ta’limiy + tarbiyaviy, dunyoviy, insonparvar, umum ta’limiy. Boshqarish turiga ko‘ra: kichik guruhlar tizimi. Tashkiliy shakllariga ko‘ra: individual + guruhli, tabaqalashgan. Bolaga yondashuvga ko‘ra: shaxsiy-insonparvar, sub’ektsub’ektli(hamkorlik). Metodlarni qo‘llanilishiga ko‘ra: muammoli-izlanuvchan, ijodiy, dialogli, o‘yinli. Ta’lim oluvchilar toifasiga ko‘ra: ommaviy.
Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv;
1.Dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;
2.tarbiya kontseptsiyasi;
3.atrof - muhitni ta’lim-tarbiyaga moslash;
4.(pedagogizatsiyalash) Hamkorlikda o‘qishning asosiy o‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir! Kooperativ ravishda (yoki birgalikda) o‘qish – bu umumiy masalani hal qilish uchun birlashgan o‘quvchilarning kichik guruhlarda birgalikda ishlash uslubidir.
Guruh bo‘lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:
 Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;
 Sinfni o‘quv maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;
 Didaktik materialni tarqatish;
 Guruhdagi ishni rejalashtirish;
 Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;
 Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e’tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar);
 Guruh ishining natijalari to‘o‘risida xabar berish;
 Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘o‘risida umumiy xulosa chiqarish.
Shaxsiy-insonparvar yondashuv: SHaxs sub’ektdir, har bir bola qobiliyatli. Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratiyalash:
- bolalarga muhabbat, ularning taqdiriga qiziqish;
- boladagi umidli ishonch;
- hamkorlik, muloqot mahorati;
- to‘o‘ridan-to‘o‘ri majbur qilishni bekor qilish;
- ijobiy rao‘batlantirishning muhimliligi;
- bolalardagi kamchiliklarga sabrli bo‘lish;
- o‘qituvchi va talaba huquqlarini tenglashtirish;
- bolaning erkin tanlash huquqi;
- xato qilish huquqi;
- shaxsiy qarashlarga bo‘lgan huquq;
- bola huquqlari haqidagi konventsiyaga amal qilish;
- o‘qituvchi-talaba munosabatlari usuli: taqiqlash emas, yo‘naltirish; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyruq berish emas, tashkillashtirish; chegaralamaslik, erkin tanlashni yo‘lga qo‘yish.
Zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan tuo‘ridan to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish:
- majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik;
- tuo‘ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‘qitish;
- muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‘ladigan majburiy istakni almashtirish;
- bolalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‘rnatish;
- jamoa orqali bevosita talablarning qo‘llanishi.
Individual yondashuvning yangi talqini:
- o‘rta o‘qiydigan o‘quvchilar ga yo‘naltirishni bekor qilish; - shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;
- shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish (qiziqiщlari, qobiliyati, yo‘nalganlik, Men kontseptsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o‘ziga xosligi) ning qo‘llanilishi;
- o‘quv-tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish;
- shaxs rivojini bashorat qilish (prognozlash);
- rivojlanishni, uni korrektsiyalashning individual dasturlarini loyihalash.
Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua:
- ta’lim mazmuni shaxs rivojlanishining mazmuni sifatida qaraladi;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va umumlashgan fikrlashga o‘rgatish;
- maktab fanlarini integratsiyalash, umumlashtirishga o‘tilishi;
- ta’limning variativligi va tabaqalashganligi;
- o‘rgatishning ijobiy rao‘batlaridan foydalaniladi.
Tarbiya kontseptsiyasi:
- Bilimlar maktabini Tarbiya maktabiga almashtirish;
- barcha tarbiyaviy tizimlar markazida talaba shaxsini qo‘yish;
-tarbiyaga insonparvar yondashuv, umuminsoniy qadriyatlarni shakl-lantirish;
- bolaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini rivojlantirish; -
- milliy va madaniy an’analarni tiklash;
- individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish. O‘quvchilarga mustaqil bilish, fikrlash va ijodiy izlanishga majbur qiladigan, muammoli hayotiy dalillarga asoslanadigan vaziyatli topshiriqlarni berish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi topshiriqlarni ijodiy fikrlash va mustaqil ishlash orqali bajarishlari lozim. O‘qituvchi va o‘quvchi muloqotida kompetentli yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda kompetentli yondashuv – talim va tarbiya rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun asosiy omildir. Umumevropa namunalari asosida tuzilgan Davlat ta’lim standartlarida kompetentsiyaga quyidagicha izox berilgan. Kompetentsiya - kommunikatsiya ishtirokchilarining o‘zlari tomonidan qo‘yilgan aniq sabab va maqsadlarga qaratilgan turli xil xatti-harakatlarni bajarishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va shaxsiy fazilatlar yio‘indisini ifodalaydi. Keng ma’noda kompetentsiya masalaning, shuningdek, muayyan bilim sohasining mohiyatini muvafaqqiyatli hal eishda amaliy tajribaga asoslanib, bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish qobiliyatidir.
Ta’limda kompetentlik bilan yondashuv o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga yo‘naltiradi. Kompetentsiyaning turlari quyidagicha:
• kompetentsiya - zarur (ko‘zlangan) natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat.
• amaliy kompetentlik - bilim mahsuli bo‘lib, amaliyotda qo‘llay bilish qobiliyati. Shuningdek, kompetentsiya, bilimdan farqli, amaliy faoliyatsiz namoyan bo‘lmaydi va uni baholay olish mumkin emas. “Kompetentsiya” tushunchasi (lotincha “competere” - mos kelmoq ma’nosini beradi) quyidagi mohiyatlarni ifodalaydi:
Kompetentsiya so‘zi keng ma’noda - umumiy yoki muayyan keng qamrovli masalalarni yechishda mavjud bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada ko‘llay olish qobiliyatini anglatadi. Kasbiy kompetentlik - kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada samarali qo‘llay olish qobiliyatidir. Kompetentsiya - bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim mahsuli bo‘lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Kompetentsiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni aniklab ham, baxolab ham bo‘lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo‘lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo‘llash natijasida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi paytda oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchisidan talab qilinadigan kompetentlik quyidagi turlarga ajratiladi:
• professor-o‘qituvchi tomonidan o‘z bilimini muntazam ravishda boyitib borish, egallagan malakalarini takomillashtirishga tayyor bo‘lish, zamon yangiliklaridan boxabar bo‘lish;
• ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya, informatsion texnologiyalari va o‘qitish vositalarining barcha turini qo‘llay olish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish;
• anglangan va mustaqil faoliyat (mustakil fikr, maqsad qo‘yish, o‘quv adabiyoti va qo‘shimcha manbalardan to‘o‘ri foydalana olish);
• tashabbuskorlikda o‘z harakatlari uchun javobgarlikni his qila olish;
• tanqidiy fikr yurita olish va dars jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal eta olish;
• hamkorlik, o‘zaro bir-birini tushunish, empatiya bildirish, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan pedagogik muloqotni o‘rnata olish;
• chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo‘lish. Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o‘zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo„lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Ta’lim jarayonida insonning intelektual rivojlanish haqidagi ta’lim falsafasi XXI asr boshida ta’lim falsafasida shunday ustuvor yo‘nalish vujudga keldiki, unda insonni yaxlit intelektual rivojlantirish masalasi vazifa qilib qoyilmoqda. Lekin hozirgacha maktab ta’limida amalada bo‘lgan predmetli o‘qitish shakl i ushbu vazifani amalaga oshirishga imkon bermay keldi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda fanlarni integratsiyalab o‘qitish haqidagi takliflar faqat tashqi birikish harakteriga ega bo‘lib qolmoqda. Aslida integratsiyali ta’limni ichki mant iqiy bog‘lik va chuqurroq metodologik aloqalarga asoslanib amalga oshirish zarur. Shuningdek, hozir vujudga kelayotgan integratsiyali fanlar mazmunida turli falsafiy oqimlarga aloqador g‘oyalarning yagona nuqtaga birlashuv ehtimoli tug‘ilmoqda. Chunki, end ilikda ta’lim falsafasida chegaradosh fanlarning tabiiy moslashuvigina emas, balki kichik kontinental (bir guruhga kiruvchi fanlarning boshqa guruh fanlari bilan) moslasahuvi ham o‘zlashtirilmoqda. Didaktik olimlarning tekshiruvlarida uslubning amaliy faoliyat bilan bo‘lgani genetik tabiati ajratib ko‘rsatiladi.N.N.Skatkin, I.Y.Lerner, Aleksyuk Y.K. Babanskiylarning tekshiruvlarida ta’lim uslublariga taalluqdi ikkilamchi tur belgilarining ta’rifi beriladi. Ular uslub-ifoda, mazmun va ta’lim usuli ekanligi isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida turli hil mantiqiy tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birgalikda o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalaydidar.Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yang o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrofmuhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirnsh masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang’ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta’limning natijasi maktab ta’limiing birinchi bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich iqtisodiy ta’limiing barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.

Yüklə 108,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin