O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi ta`lim muassasalar boshqaruvi


Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 108,33 Kb.
səhifə3/10
tarix25.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#197091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2- kurs magistrati tursunov navro‘z nasrulloyevich kompetensiyav-fayllar.org

Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning metodologik asosi:
Kurs ishning tuzilishi va hajmi.
Kurs ishi
Kirish 3 bet
I bob. 4-12 bet
II bob. 13-32bet
Xulosa 33 bet
Adabiyotlar ro’xat 35 bet
I bob. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING ASOSIY JIHATLARI .
1.1. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv.
O‘quvchining kompetensiyasi – o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Kommunikativ axborot tizimining kun sayin kengayib, ma’lumotlarning keskin oshib borayotgani, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, o‘sib kelayotgan avlodni hayotga har tomonlama mukammal tayyorlash talab-ehtiyojlari, ayni paytda, jamiyatni ijtimoiy rivojlantirishning ilmiy asoslangan, istiqbolli rejasini ishlab chiqish, uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish o‘quv tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishni taqozo etadi. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Jahonda o’quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim mazmunini fan yutuqlari bilan uyg’unlashtirish metod ikasini takomillashtirish, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholashning xalqaro dasturlari (PISA, TIMSS) hamda o’quvchi kompetensiyalarining shakllanganligini tashxislash bo’yicha ilmiy tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar uz yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish vazifalari belgilib berilgan. Bu ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, ularni o’zlashtirib borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarni o’zlashtirilgan axborotlarni o’quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida qo’llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi. Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron ta’lim resurslarini takomillashtirish, o’quvchilarning elektron manbalar bilan faol muloqotini ta’minlash, mustaqil ta’limini amalga oshirish va o’z-o’zini baholash, zaruriy ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan ta’lim sifati ko’rsatkichlaridan biri kompetentlilik hisoblanadi. U faqatgina bilim va ko’nikmalar yig’indisi bo’libgina qolmay, o’quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va aniq vaziyatlarda tajribada qo’llay olishi bilan tavsiflanadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati kasbga yo’naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar. O’quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o’quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan[5]. Zamonaviy yondashuvlar o’qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zaro integratsiyalash orqali o’quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo’g’inlaridagi o’zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. O’qituvchilarning kompetentligini oshirishning o’quv-metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg’ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo’naltirilgan fanlarni o’qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog’liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg’ulotlar asosida o’qitish ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida - uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o’qitish metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o’rganishga e’tiborni qaratish, davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan. Bu esa ushbu fanlar misolida o’qitish metodikasini takomillashtirishga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni va o’quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdagi zaruriy tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o’quvchilarning kompetentligini rivojlantirish modeli va metodlarini takomillashtirish zaruratini asoslaydi. Kompetensiya muammosining ta’lim sohasiga kirib kelishi va uning rivojlanish tarixini shartli ravishda to’rtta bosqichga bo’lish mumkin Kompetensiyaning rivojlanish bosqichlari. 2006 yilda yevropa parlamenti va Kengashi tomonidan uzluksiz ta’lim uchun 8 ta tayanch kompetensiyalar tavsiya qilingan: o’z ona tilida muloqot qila olish; chet tilida muloqot qila olish; matematik kompetentlilik hamda fan va texnika sohasidagi asosiy kompetensiyalar; raqamli kompetentlik; o’qishni o’rganish; ijtimoiy va fuqarolik kompetensiyasi; tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg’usi; madaniyatdan xabardor bo’lish va uni ifodalay olish. Evropa tajribasiga tayangan holda O’zbekiston ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi, shakllantiriladigan ta’lim kompetensiyalarini tanlash va ularni ta’lim tizimiga singdirish orqali respublikamizda ta’lim tizimi samaradorligini oshirish mumkin. Kompetentlik haqida gap ketganda «bilim darajasi» sifatida «u yoki bu ob’yektning mohiyatan realligini tafakkur qila olish» masalasining nazariy jihatlarini o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Shaxsning kompetentligi qanday aniilanadi? A.V.Xutorskiyning ishlarida kompetensiya va kompetentlik ta’riflari, xususan «...ma’lum bir sohada faoliyat ko’rsatishga imkon beradigan zaruriy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan shaxs – kompetentli shaxs», degan fikri mos tushadi. V.V.Serikovning ishlarida kompetentlikka «o’qimishli, bilimli, ko’nikmali bo’lish usuli shaxsiy o’zligini namoyon qilishga imkon beradigan tushunchalar jamlanmasidir» deb izoh beriladi. •Kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy va umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish bilan bog‘liq. •Kompetensiya va kompetentlikning ilmiy kategoriya sifatida ta’limga nisbatan qo‘llanilish davri. •Kompetensiya haqida turlicha qarashlarning shakllanishi. • Kompetensiya terminining kiritilishi va qo‘llanila boshlashi. 1-bosqich: 1960-1970 y.y. 2-bosqich: 1970-1990 y.y. 4-bosqich: 2000 y.dan boshlab... 3-bosqich: 1990-2000 y.y Kompetensiya so’ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar mavjud. Xususan, «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»da kompetensiya so’zi quyidagicha izohlanadi: kompetensiya (lot. competo – erishyapman, munosibman, loyiqman) – muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba. “Kompetensiya” atamasi keng ma’noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qo’llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini bildiradi. Lotincha“ campetere”-muvofiq bo’lmoq so’zidan kelib chiqqan. “Tashabbuskorlik” kompetensiyasi. Aniqlash: harakatni boshlab berish va shaxsiy ijobiy jihatlari bilan voqeaga samarali ta’sir ko’rsata olish. Doimo izlanishda bo’lish, yangi vazifalarni, qo’shimcha ishlarni o’z zimmasiga olish. Odatda har bir lavozim uchun 5-10 ta asosiy kasbiy kompetensiya belgilanadi. Ular bayon etiladi. Bunday holatda o’qituvchi tomonidan test savollari shakllantirilsa maqsad muvofiq bo’ladi. Berilayotgan test savollarining har biri ma’lum kompetensiyaga moslashtiriladi. Test o’quvchining ushbu kompetensiyalarni qanchalik egallanganliklarini ko’rsatadi. Uning natijalariga ko’ra, o’quvchining kompetensiyani egallash darajalari aniqlanadi. Keng ma’noda kompetensiya masalaning, shuningdek, muayyan bilim sohasining mohiyatini muvafaqqiyatli hal eishda amaliy tajribaga asoslanib, bilim va ko’nikmalarni qo’llay olish qobiliyatidir. Ta’limda kompetentlik bilan yondashuv o’quvchilarni turli ko’nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga yo’naltiradi. Kompetensiya – bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim mahsuli bo’lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni aniklab ham, baxolab ham bo’lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo’lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo’llash natijasida namoyon bo’ladi. Amaliy kompetentlik - bilim mahsuli bo’lib, amaliyotda qo’llay bilish qobiliyati. SHuningdek, kompetensiya, bilimdan farqli, amaliy faoliyatsiz namoyan bo’lmaydi va uni baholay olish mumkin emas. Kasbiy kompetentlik – kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko’nikmalarni amaliy tajribada samarali qo’llay olish qobiliyatidir. O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiypedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar-bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. SHuning uchun ijtimoiypedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiypedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiypedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi Pedagogik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, integratsion asosda fanlarni o‘rgangan o‘quvchilar predmetli o‘rgatishning chiziqli kurslarini qisqa muddatda o‘zlashtirmoqdalar. Tez o‘qitish maqsad qilib olinmaganiga qaramasdan, undagi tabiat, mehnat, rasm, o‘qish soxasidagi elementlar bu fanlarni tez o‘rganishda umidli asos bo‘lib hizmat qilmoqda.
Pozitiv natijalar deb dunyo haqidagi ilmiy tasavvurlarning zamonaviy darajasiga to‘g‘ri baxo berish;
o‘quvchi oldida olamning ko‘p o‘lchovli dunyo manzarasining dinamikada, turli bog‘lanishlarda yaratish, aylantirish; ko‘rish gorizontlarining kengaytirish, o‘zi uchun dunyo qaytadan kashf etish, o‘quvchi bilan muloqotdagi yangi metodik shakllarni izlash;
turli mutaxassislar faoliyatlarini muammolarni hal etishda birlashtirish,
o‘quv faoliyatida toliqishiing oldini olish, yangi sifatli pedagogik natija olish, ta’limning yangi falsafasi bo‘lishi, pedagogik protsessining integrativ borlig‘ini aks etishga aytiladi.
Integratsiyaga qarshi, fikrlar muammo tug‘ilishi xavfini yaratishi mumkin.
Ayrim olimlar integratsiyani mexanik birikishga havf tug‘diradi deb hisoblamoqdalar. Ta’lim muassasalari rahbarlari ko‘pincha integratsion kursning maqsad va vazifalarini aniqlashda kerakli o’quv dasturini tanlashda, o‘qituvchilar malakasini oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Shunday qilib, integratsiya ta’lim rivojlanishga zamin yaratgan holda, har bir maktabda dolzarb muammo ham bo‘lib kelmoqda. Bu integrativ yondashuv mohiyatini tushunmaslikdan kelib chiqmoqda. Ta’lim tizim tashkilotchilari zimmasiga bu masalani to‘g‘ri yechishda katta mas’uliyat tushmoqda. Ta’lim mazmunining insoniylashtirishda asosiy mexanizm deb integratsiyani anglash qadriyatni, ya’ni zamonaviy maktabning rivojlanishida ilg‘or tendensiyalar ahamiyatini aniqlashga imkon beradi. Integrasiya kursi- o‘quv fanlaridan biri bo‘lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o‘rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari asosida tuzilgan.
Boshlang‘ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam ishlab chiqilgan, qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalarning mohiyati haqida olimlar orasida qarama -qarshiliklar ko‘p Integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligani ko‘rib chiqaylik. “Intergratsiya” so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, ‘integer’ butun so‘zidan kelib chiqqan.
Ikkita tushunchaga egamiz:
1.Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik xolatini bildiruvchi tushuncha va shu xolatga olib boruvchi jarayon.
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Differensiatsiya - fransuzcha (differentiofion lotincha differentia - farq, har hillik, ya’ni butunni bo‘laklarga bo‘lish, ajratish. Ta’lim mazmunini intergratsiyalash - dunyo tendensiyasi (g‘oya, fikr, intilish). Integrativ yondoshishi turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligni aks ettiradi. (tabiat- jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasining oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o‘rganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi.
Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida predmentlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq.
Ta’limdaga integratsiya o‘quv predmetlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi. Kursning maqsadi - bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir.
Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o‘z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o‘z-o‘zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi.
Kursning maqsadlaridan yana biri o‘zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, ahloqiy) haqida tushuncha berish.
Asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko‘rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yadi. Bunda kursning ta’limiy kichik maktab o‘quvchilarining kurs bilan parallel ravishda asosiy fanlarni ham o‘rganishlariga hamda o‘rta maktab ta’limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.


Yüklə 108,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin