O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi ta`lim muassasalar boshqaruvi


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari



Yüklə 108,33 Kb.
səhifə5/10
tarix25.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#197091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2- kurs magistrati tursunov navro‘z nasrulloyevich kompetensiyav-fayllar.org

1.3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari.
O’qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash, o’qitish jarayonini yagona
shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Endi shaxsga
yo’naltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda dolzarb bo’lib
borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar ta’limning hozirgi kuni, kelajagi
bo’lib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha to’xtalamiz.
Mazkur o’qitish texnologiyasida pedagogikaning o’quvchiga munosabati
avtoritar xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida n amoyon
bo’ladi, o’quvchilar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib
aytganda avtoritar o’qitish texnologiyasida o’quvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo’qoladi, o’qitish majburiy yo’sinda amalga oshiriladi. Hanuzgacha jah onda eng ko’p tarqalgan o’qitishning sinf-dars tizimida mashg’ulotlari asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag’ishlanadi va o’qituvchi tomonidan boshqariladi.
An’anaviy o’qitish texnologiyasining qusurlari ustida to’xtalib, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust) Birinchi Prezident Islom Karimov bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi? degan savollarni qo’ydilar va ularga quyidagicha 25 javob berdilar: «Aminmanki, o’rgatilmaydi. Mobodo biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hyech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi
tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening
aytganim-aytgan, deganim-degan». Demak, an’anaviy ta’lim texnologiyasida
o’qituvchi va o’quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya’ni zo’ravonlik
pedagogikasi amal qiladi». Ko’rinib turibdiki, birinchi Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek, zo’ravonlikka asoslangan bu pedagogikada pedagog yagona
subyekt, o’quvchilar pedagogik jarayon obyekti, o’qitish tushuntiruv -ko’rgazmali usulda olib boriladi. O’qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o’quvchilarning tashabbusi va mustaqilligi o’zidan -o’zi so’nib boraveradi. Shu bois texnologiya asosan o’quvchilarda bilim, ko’nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko’zda tutmaydi. O’z-o’zidan ko’rinadiki, an’anaviy o’qitish texnologiyasi o’z tabiatiga ko’ra ta’lim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo’yilgan talablarga butunlay javob bermaydi. Bundan farqli o’laroq shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarda o’quvchi ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko’ra pedagogik jarayon markaziga qo’yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. Ta’limning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism – birinchi o’rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan o’qitish o’quvchi shaxsiga yo’nartirilgan bo’lishi lozim.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining kommunikativ asosi –
pedagogik jarayonda o’quvchiga insoniy-shaxsiy yondashishdir. Buni bir-birini to’ldiradigan, shaxsiy-insoniy munosabatlarni rivojlantiradigan 1-2-3 slaydlarda ko’rish mumkin.
O’rnatilayotgan yangicha munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi kunda
natija bermaydigan va noinsoniy hisoblangan zo’ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir, chunki tarbiya jarayonida zo’ravonlik aslo mumkin emas, jazolash insonni kamsitadi, ezadi, uning rivojlanishini susaytiradi.
Isloh qilinayotgan ta’lim muassasalarida o’quvchi yoshlarni erkin,
majburlashsiz o’qitish, ularning shaxsiga indivudual yondashishning mazmunmohiyatini namoyon qilish juda muhimdir.
Ko’rinib turibdiki, kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh
maqsadini, ya’ni mamlakatimizda rivojlangan demokratik davlatlar darajasida
yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, oliy va o’rta maxsus
tayyorlash tizimini, ularda o’ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini
o’stirishni, o’z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash
ko’nikmalarini rivojlantirishni an’anaviy o’qitish texnologiyasi asosida amalga oshirish mumkin emas.

Yüklə 108,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin