O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi ta`lim muassasalar boshqaruvi


shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo‘lganda



Yüklə 108,33 Kb.
səhifə9/10
tarix25.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#197091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2- kurs magistrati tursunov navro‘z nasrulloyevich kompetensiyav-fayllar.org

shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo‘lganda. Talabalar o‘quv jarayoni uchun mas’uliyatli bo‘ladalar, chunki ular o‘z ehtiyojlarini yaxshi biladilar.


  • birinchi navbatdagi ehtiyojlarga javob berganda. Ta’lim talabalarning birinchi navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘qishga intilish yuqori darajada bo‘ladi.
  • O‘quvchilarning jalb etilishini ta’minlanganda.


    O‘quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etish.


    4) mustaqil fikrga asoslanganda.
    O‘quv jarayoni mustaqil fikrga asoslanganda, u eng katta samara keltiradi; talabalar bir-birlaridan o„rganadilar.
    5) teskari aloqani ta’minlaganda.
    Samarali bilim berilishi uchun yo‘naltiruvchi va qo‘llab quvvatlovchi teskari aloqa mavjud bo‘lishi talab etiladi.


    1. o‘rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda.

    Murabbiy hamda o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch mavjud bo‘lishi o‘quv jarayoniga yordam beradi.




    1. do‘stona muhit yaratilganda.

    Do‘stona kayfiyatda bo‘lgan talaba cho‘chib o‘tirgan, hayajonlanayotgan, badjahl talabaga nisbatan materialni ancha osonroq o‘zlashtirib oladi.




    1. qulay vaziyat sodir bo‘lganda.

    Demak, o‘quvchida o‘zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo‘lsa, o‘quv materialini tez va oson o‘zlashtiradi.


    Xulosa qilib aytganda, o‘z faoliyatini innovatsiyalar asosida tashkil eta oladigan o‘qituvchilarning ishlari ko‘p qirrali, murakkab masaladir. Ushbu masalani samarali hal qilish uchun o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligining pedagogik asoslarini yaratish lozim.
    Xulosa
    Pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog’liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsisi davomida har qanday jamiyat o’zi mustaqil mavjud bo’lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunaqa odamlarga munosabat jamiyatning g’oyaviy, ijtimoiy iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog’liq ravishda rivojlangan va tuzishga ifodalangan-ularning jismoniy yo’q qilinishidan tortib, jamiyatda to’liq integratsiyalashuvlarigacha.
    O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o’ziga xos yo’lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini beradi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo’yadi.
    Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi ob’ektiv omillarning alohida inobatga olish kerak. Bunaqa omillarga nafaqat moddiy,g’oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro’y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga suveren davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga qayta ta’sir ko’rsatadi. Ularga milliy o’z-o’zini anglash, g’urur kabi turli yo’nalishlarda rivojlanishi mumkin bo’lgan hislatlar kiradi. YAkuniy maqsad shundaki shaxsning axloqiy shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga kechishi kerak.
    O’zbek xalqiga o’ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o’z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalar, ideallarning ta’siriga duchor bo’ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko’nikishadi. O’quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o’rganisha va ona tillarida turli ma’lumotlar olish orqali o’smirlik yoshida o’z mansubligini va etnik umummiylikni anglash ro’y beradi..
    Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan darajasida namoyon bo’ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo’lmaydi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega, shuningdek esa boshqa shunaqa tuzilmalardan o’z-o’zini anglashi bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug’ilishdanoq bo’lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o’zlashtirish darajasiga qarab bo’ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o’z-o’zini anglashning mavjudligidir. Psixologiya nuqtai nazaridan etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlar orasida (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at)ni shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo’yicha aniqlasa bo’ladi.
    Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o’zini his qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo’lmaydi. SHu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo’llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi.
    Etnosning shaxsiy, ijtimoiy, faoliyat darajalaridagi xususiyatlari etnopsixologiya orqali ifodalanadi. Etnopsixologiya o’z ichiga milliy hissiyat va kayfiyat, milliy madaniyat va mo’ljal, milliy an’analarni oladi. So’ngi paytlarda etno psixologiyada “milliy xarakter” tushunchasi kam ishlatilmoqda. Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun esa mentallik va mentalitet tushunchalari qo’llanilmoqda.
    Mentallik insonning olam, o’zining bu olamda tutgan o’rni haqidagi tasavvurlari asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo’lgan o’ziga yarasha dunyoqarashdir.
    “Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa tasavvurlari majmuasi bo’lib, muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy- madaniy sharoitlarda shakllangandir

    Yüklə 108,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin