O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi ta`lim muassasalar boshqaruvi


Ta’lim sifatini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning roli



Yüklə 108,33 Kb.
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#197091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2- kurs magistrati tursunov navro‘z nasrulloyevich kompetensiyav-fayllar.org

2.3 Ta’lim sifatini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning roli.
Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.

Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.


Bu ta’lim o‘qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.

Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.

Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Pedagog tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‘llanilishi talabalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga xizmat qiladi. Xususan:
Mashg‘ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining talabalar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.

Ta’lim jarayonida pedagoglar tomonidan:


Eng muhimi pedagoglar o‘quv mashg‘ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega bo‘lishlariga e’tiborni qaratishlari zarur. SHuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, nima bo‘lganda ham ularni o‘ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo‘natirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.

Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yana bir belgisidir:


Ayni vaqtda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi turlari farqlanmoqda (10-rasm):

Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish


sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”1.
Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruktsiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi.
“O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompьyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
Zamonaviy pedagogikada o‘yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo‘llaniladi:
O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini stsenariyda aniq ifodalay olishi zarur.

O‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, o‘zining hayotda o‘rnini belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi.


O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o‘yin jarayonida shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
O‘quv faoliyatining asosiy motivi – bu o‘quv-bilish motivi bo‘lsa, o‘quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada o‘zi tanlangan va asoslarini o‘zlashtirayotgan kasbga bo‘lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o‘quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko‘nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi.
Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari deb nomlanadi.
O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o‘quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi.

O‘quv mashg‘ulotlaridan o‘yinlar va o‘yinli vaziyatlarni qo‘llash quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:


O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdek, o‘yin elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, funktsiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.

Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Pedagog tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‘llanilishi talabalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga xizmat qiladi. Xususan:
Mashg‘ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining talabalar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.

Ta’lim jarayonida pedagoglar tomonidan:


Eng muhimi pedagoglar o‘quv mashg‘ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega bo‘lishlariga e’tiborni qaratishlari zarur. SHuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, nima bo‘lganda ham ularni o‘ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo‘natirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.

A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.

Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.
Innovatsion ta’lim(ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, meyor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, meyor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim innovatsiyalari-ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi.
Asosiy turlari
1.Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra
2.Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra
3.O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra
4.Kelib chiqish manbaiga ko‘ra
5.Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar
6.Ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar
7.Radikal innovatsiyalar
8.Modifikatsiyalangan innovatsiyalar
9.Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
10.Tarmoq (lokal) innovatsiyalari
11.Tizim innovatsiyalari
12.Modul innovatsiyalari
13.Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar
14. O‘zlashtirilgan innovatsiyalar
Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:

  • yangi g‘oyalar;


  • tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;


  • noan'anaviy yondashuvlar;


  • odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;


  • ilg‘or ish uslublari


Ta'lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.


Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi.
Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish)deb ataladi
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud.
O‘zbek xalqining ulug‘ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yo‘llari va vositalari haqida tushunchalar berib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to‘xtalib o‘tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga o‘rgatishni ta’kidlab o‘tgan. “Maqsad gapni cho‘zish emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki, doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi.
O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi.
Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi»2.
Buyuk sarkarda Amir Temur o‘zining o‘gitlarida har bir ishni boshlaganda butun diqqat, zehn va bor kuchni shu ishga qaratish lozimligini ta’kidlagan:
«Azmu jazm bilan ish tutdim. Bironishni qilishga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim».3
Amir Temur o‘z davrida qo‘l ostidagilarni tadbirkor, ishbilarmon, mamlakat obodonchiligi, el-yurt osoyishtaligi uchun hamfikr, hamsuhbat, yelkadosh bo‘lishlarini talab qilgan.45
Ulug‘ mutafakkir va buyuk shoir Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul qulub” asarida maktab o‘qituvchilari mehnatiga baho beradi va uning mehnati ancha mashaqqat talab etishini tushuntiradi.8
Markaziy Osiyo allomalari merosida ilm va uni egallashdagi mahorat masalalari keng miqyosda talqin etiladi. Bunda albatta ilm o‘rgatuvchining muhim o‘rni ta’kidlanadi.
Hozirgi davrda ham o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda o‘qituvchining o‘rni beqiyos. O‘qituvchining muntazam izlanishi, bilimni o‘rgatishning yangi va samarali yo‘llarini kashf etishi o‘quvchilar bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtirishlari, muhim amaliy ko‘nikma va malakalar egallashlarining omili bo‘la oladi.
O‘qituvchi o‘z faoliyatida yangiliklarni muntazam joriy qilishi lozim.
Ta’lim jarayonida yangiliklarni joriy qilinishi quyidagi holatlarda yuqori samara beradi:



  1. Yüklə 108,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin