O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


I – bob Uzluksiz ta’lim tizimida dars o’tishning hususiyatrlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

I – bob Uzluksiz ta’lim tizimida dars o’tishning hususiyatrlari.
1.1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib , iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmuniga qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etdi.
Ayniqsa , kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayoning moddiy texnika va axborot ba’zasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagok kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv uslubiy va ilmiy adabiyot hamda dedaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integratsiyaning mavjud emasligi va boshqa jiddiy kamchiliklar mavjud edi.
Ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarning tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas edi. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmadi.
Mutaxasislar tayorlash, ta’lim- tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog’lanmagan. Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsiz. Maktabgacha tarbiya ham jiddiy islohotlar ta’lab qiladi. Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida ta’lim jarayoning o’zidagi va uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, o’quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi. Oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarliklar bo’lmadi. Natijada 9- 11- sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o’z o’rinlarini aniqlay olmadi. Chunki ularda o’zlariga ishonch shakllanmagan edi.
Ta’lim tizimida, mavjud umumta’lim va kasb- hunar dasturlari orasida uzviylik va vorisiylikning yo’qligi ham o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga ishtiyoq va mehnat faoliyatiga tayorgarlik darajasiga salbiy ta’sir etdi. Natijada, yigit qizlar o’z qobilyatlariga, istaklariga, ijodiy imkoniyatlar va qobilyatlariga, moyilliklariga monant hayot yo’lini tanlashda qator qiyinchiliklarga duch keldilar.
O’quv jarayoni odatda bilim darajasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallanadi. Shu bois ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlashi kabi meanizmlardan yaxshi foydalanilmadi. Hunar texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga o’tish ko’proq og’izda bo’lib amalda esa ularda ta’lim
eskirib qolgan moddiy texnika va o’quv uslubiy bazada, tegishli qayta tayyorgalikdan o’tmagan o’qituvchi kadrlar bilan amalga oshirildi.
Kasb – hunar ta’limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning ilmiy va ilmiy pedagok kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bordi. O’qituvchilar, pedagoklar va tarbiyachilarning kattagina qismining yaxshi tayyorgarlik ko’rmasligi, bilimi sayozligi va kasb saviyasi pasligi tufayli tayyorlanayotgan kadrlarning malakasi past darajada qoldi. Respublikamizda ilmiy va ilmiy pedagok kadrlarning o’rtacha yoshlari ulg’ayib bordi.
Ko’ngildagidek bilimdon mutaxasis kadrlar tayorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish har jihatdan ustozlarga ularni o’qitish jarayonini tashkil etishlariga bog’liq. Ta’lim tizimi kadrlarning miqdori va malakasi, mutaxasisligi jihatidan bozor talablariga tezda moslasha oladigan bo’lishi zarur. Tizimdagi qator kamchiliklar, zamon talablarini hisobga olgan holda respublikamizda kadrlar tayyorlashning mutloq yangicha tizimi barpo qilishga kirishildi.
Ta’lim tizimini isloh qilish, o’quvchilarni kasbga yo’llash va ta’limning amaliy yo’naltirilganligini yetarli bosqichga ko’tarish yoshlarda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko’nikmalarini yorqinroq shakllanishiga yordam beradi.
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni eski mafkuraviy qarashlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.
Bu maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi qator vazifalarni amalga oshirishni talab qilishi belgilab qo’yildi:
___ ‘’ Ta’lim to’g’risida’’ gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tizimni isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida tizimni yagona o’quv-ilmiy- ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlanishni ta’minlash;
___ ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demikratik huquqiy davlat qurilish jarayoniga moslash;
___ kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogic faoliyatning nufizi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;
___ kadrlar tayyorlash tizimi mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ___ ta’lim oluvchilarni ma’naviy- axloqiy jihatidan tarbiyalash va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy qilish;
___ ta’lim va kadrlar tayyorlash , ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini jariy qilish;
___ yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishning kafolatlarini ustuvorligini ta’minlavchi normative, moddiy texnika va axborot ba’zasini yaratish;
___ ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablari, shuningdek, nodavlat tuzulmalari, korxonalar va tashkilotlar buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
___ uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el invistitsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amalyotga joriy etish;
___ kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish.
‘’ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ o’ziga xos uzluksiz ta’limning o’zbek modeli sifatida vujudga keldi.



Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi
(1997 yil 29 avgustda qabul qilingan)




Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sorqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun hal etilishi lozim bo’lgan vazifalrdan biri yangi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlardann ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini kadrkar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivijlanishning kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratishdir. Shunday ekan, ta’limning talab qilinadigann darajasi va sifatini ta’minlamay turib, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlashi mumkin emas.


Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini uch bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan. Birinchi bosqichda ( 19972001) asosan yangi uzluksiz ta’lim tizimi uchun me’yoriy asoslar yaratish ishlari amalga oshirildi.
Birnchi bosqichda mavjud kadrlar tayyorlash tiziminig ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy ilmiy uslubiy, moliyaviy moddiy shart - sharoitlar yaratish ko’zda tutildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi(20012005) da ta’lim sifatini ta’minlashga etibor qaratildi.
Ikkinchi bosqichda Milliy dasturni to’la ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishini va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hosobga olgan holda unga aniqliklar kiritish mo’ljallandi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keying yillar)- to’plangan tajribararni tahlil etish va umumlashtish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yayada rivojlantirish ko’zda tutilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli markazida o’quvchi, talaba, malakasini oshiruvchi- xullas ‘’ bir so’z bilan aytganda’’ shaxs turadi. U kadrlar tayyolash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti. Ta’lim sohasidagi xizmatlarning istemolchisi shu bilan birga ularni amalga oshiruvchihamdir.
Davlat va jamiyat - esa ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soladi va nazorat qilishni amalga oshiradi. Shu bilan birga kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili sifatida ham asosiy rol o’ynaydilar. Model uzluksiz ta’limni amalga oshirish bilan ajralib turadi.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. Milliy modelda fanga, uning ahamiyatini hisobga olgan holda alohida o’rin beriladi. Fan – yuqori malakali mutahasislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogic va axborot texnalogiyalarini ishlab chiqadi. Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib bo0rishi nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlashning pirovard natijasi bu ishlab chiqarish (Tovar va xizmatlar) uchun zarur malakali mutahassislar tayyorlashdir.
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatidan taminlash jarayonining qatnashchisi sifatida ishtirok etadi.
Bir bosqichli oliy ta’lim mehnat bozori ehtiyojlarini ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlarni va ilg’or xalqaro tajribani to’liq hajmda hisobga ololmadi. Ilg’or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, uni ikki bosqich: bakalavriat va magistratura bosqichlariga bo’lindi. Hozirgi paytda dasturning ikki bosqichi yakunlanib, uchinchi bosqich vazifalari amalga ashirilmoqda. Ta’lim tizimini isloh etish davom etmoqda. Dastlabki muvafaqiyatlarga erishildi. Shunga qaramay umumta’lim maktablaridagi mavjud kamchiliklar jiddiyligi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy bazasi mutlaqo talabga javob bermasligi, kammchiliklarni tezroq bartaraf qilishni bartaraf qilishni talab etishi ularga alohida diqqat qaratishni zarur qilib qo’ydi. Prezidentimiz, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004 yilda iqtisodiy islohotlarni chuyqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maruzasida ham alohida takidlab, maktablarni malakali pedagog kadrkar bilan ta’minlash masalasini jiddiy muammo bo’lib turgani. O’qituvchilarning 30 foizdan ko’prog’I oliy ma’lumotga ega emasligini ko’rsatdi.
<>
Bu yerdagi kiamchiliklarni hisobga olib, umumta’lim maktablari tizimini rivollantirish masalasini alahida ko’rib chiqish va maxsus dastur tayyorlash tapshirildi. 2004 yil 22 may kuni matbuotda <<2004-2009yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida>>gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
Shunday qilib, Milliy dasturni amalga oshoirish ta’lim tizimidagi maxsus dastur bilan yanada to’ldirildi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin