O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


Dars o’tish qiyin bo’lgan guruh talabalarning bilim daralasi bir-biridan keskin farq qiladigan gurundir



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə9/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

Dars o’tish qiyin bo’lgan guruh talabalarning bilim daralasi bir-biridan keskin farq qiladigan gurundir. Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar boshqalarga yordam berishiga erishishga, fanni o’zlashtirishga ko’maklashadigan metodlarni ko’proq tanlashga to’g’ri keladi.
O’qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini oshiruvchi, fanni o’rganishga qiziqish uyg’otuvchi metodlarni qo’llash zarur. Bunda modellashtiruvchi o’yin turli qiziqarli mashqlar, konkurslar o’tkazish, talabalarga individual topshiriqlar berish, aytaylik, biron iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi fikrlashlar bilan kechadi.
Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o’z ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko’proq bilishga undovchi metodlarni qo’llash mumkin.
Dars o’tish metodini tanlashda ta’lim berish muddatini ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun talabalarni doimo vaqtdan unumli foydalanishga o’rgatish zarur. Fanni o’rganishga umumiy qancha vaqt berilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga qarab, dars o;tish zarur.
Shubhasiz, dars o’tish metodlarini tanlashda moddiy- texnik ba’za o’qitishning tashkiliy shart-sharoitlari ham muhim o’rin tutadi. Shuning uchun o’qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, maqsadga erishish uchun o’rganilishi zarur bo’lgan asosiy savollarga ko’proq vaqt ajratishi, shunga muvofiq dars o’tish metodini tanlab va uni o’tkazishni rejalashtirishi zarur.
Dars o’tish metodini tanlashga ta’sir etadigan yana biro mil darsni shakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni amaliy, darsda ham qo’llash kutilgan natijani bermaydi. O’qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o’ynaydi. Kichik guruhlarda muvofoqiyat bilan o’llanilgan metod katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin, yoki umuman qo’llash qiyin bo’ladi.
Dars jarayonida qo’llaniladigan metodni tanlashda o’qituvchi bilan talabalar o’rtasida o’quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o’zaro hamkorlikka diqqat qaratilsin, boshqalarida aftoritallik ustun. Dars o’tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o’qituvchining darsga tayyorgarliga darajasidir. Chunki qaysi metodni qo’llash, qanday qilib dars o’tish, darsning mazmunin talabalar ongiga yetkazish o’qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kaspiy ko’nikmasi, mahoratiga bo’gliq.
Yuzaki qaraganda dars o’tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo’llash uchun o’qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo’ldi deya fikr yuritamiz. Lekin ko’rib o’tkanimizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko’plab omillar ta’sir qiladi.
Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta’sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko;rib, hisobga olib bo’lmaydi. Dars o’tishda samarali metodlarni qo’lash deganda, mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo’yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metodlarni qo’llash tushuniladi. Ular har har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun tuyrli-tuman bo’lishi mumkin.
Dars metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o’rganishi, uni mustahkamlash, mavzuni umulashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta rol o’ynaydi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin