O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim ko’proq mavjud bilimlarni o’zlashtirishga qaratilsa, oliy ta’limda esa ko’proq ijodiy izlanuvchanlikka qaratiladi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim ko’proq mavjud bilimlarni o’zlashtirishga qaratilsa, oliy ta’limda esa ko’proq ijodiy izlanuvchanlikka qaratiladi.
Psixoliklarning fikricha, bilimlarni o’zlashtirish, bu yangi qabul etilayotgan axborotni o’quvchi talaba ongida avvalgi mavjud bo’lgan axborotlar tizimiga kiritishdir. Ularda bilim qanchalik keng bo’lsa, yangi axborotni qabul qilishi shunchalik oson kechadi.
O’qituvchi yana shunga e’tibor berishi kerakki, u yangi fanni o’rganishni yoki yangi mavzuni o’tishni boshlar ekan, albatta ularga taalluqli, axborotni qayta tiklashi hamda yangi fanni, mavzuni o’zgartirish uchun asos hosil qilish zarur. Ayniqsa, shu yoshdagi o’quvchi, talabalarni qiziqtiradigan savol, muammoli vaziyat yaratilishi ularni fanni, mavzunu o’rganishiga faolligini kuchaytiradi.
Shuning uchun akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o’qituvchi dars o’tish metodlarini fanni o’rganish, uning asosiy tushunchalarini yodda saqlash zarurligini hisobga olgan holda tanlashi zarur. Asosiy tushunchalarni anglab, puxta o’zlashtirishlari barobarida tafakkurni o’stirishga, rivojlantirishga qaratilgan o’quv metodlarini qo’llashda ahamiyat berish kerak.
Oly o’quv yurti o’zining yuqori ilmiy saviyasi bilan o’rta ta’limdan farqlanadi. Fanni o’rganish fanda erishigan zamonaviy yutuqlarni amaliyot bilan bog’lash, dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimini topishga yo’naltirish bilan ajralib turadi.
Oliy va o’rta maktabdagi ta’limning o’ziga xosligi dars o’tish metodlarini tanlashga ham ta’sir ko’rsatadi. Olim I. T. Ogorodnikov o’z tadqiqotlarida oliy maktabdagi o’qitish metodlarining o’ziga xosligi deganda, uning ilm o’rganish metolari bilan yaqinlishuvidir deb tariflaydi. S. I. Arxangelskiy esa oliy maktabdagi o’qitish metodlari nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtirish, balki bilishning o’quv va ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan tizimi degan fikrni bildiradi.
Shuning uchun talabalarni o’ylashga undaydigan dars o’tish metodlarini qo’llash muhim ahamiyatga ega.
Umuman o’quvchi talaba o’ylashga o’rganmasa olgan bilimlaridan foydalana olmaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotida insonning o’ylashi, tahlil qilishi, taqqoslab, qaror chiqarishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Chunki har qanday sohada muvaffaqiyatli ish yuritish uchun tafakkur rivojlangan boolishi zarur.
O’qitish uslubining provard maqsadi chuqur bilim berishgina bo’lmay, yoshlarda mustaqil bilim olishga intilishni uyg’otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axboroti turli tarzda qabul qilish qo’lidan kelmasa, bu uning uchun katta yo’qotish bo’ladi.
Agar o’qituvchi o’quvchi talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa, uning o’qishdan ko’ngli sovib, fan bilan shug’ullangisi kelmay qolishi mumkin. Shuning uchun turli tuman usullar bilan dars o’tish, har bir o’quvchi, talabaning darsga faol qatnashishiga omil bo’ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko’nikmasi hosil qiladi.
Ta’lim metrodlarini o’qitish metodlari va o’rganish metodlariga ajratish mumkin:
O’qitish metodlariga bilim berish usullari sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi talabalarning bilish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, uning dunyoqarashini shakllantirishiga yordam beradi.
O’rganish metodlari bilim, malaka, ko’nikmalarni ijodiy egallashga yo’naltiradi.
Oliy maktabdagi ta’limning o’ziga xos xususiyatlari o’quv jarayonini tashkil etishda ham ko’rinadi. O’ta ta’limda o’quv jarayoni asosan dars o’tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o’quv yurtlarida esa o’quv jarayoni dars mashg’ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy konferensyalar va boshqalarni ham keng qo’llab tashkil etiladi.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari oliy maktablardan o’rganiladigan bilim hajmi bilan farq qiladi.
Kollej, maktab ta’limi metodlarini shakllantirishda, o’qitishni tashkil etishda tayanch muassasa hisoblanadi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida dars o’tganda o’qituvchilar dars o’tish metodlarini o’quvchilarning yoshiga moslarini tanlashi, murakkablarini esa soddalashtirilgan variantlarini ishlab chiqishlari va qo’llashlari zarur bo’ladi.
Shunday qilib, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurti o’qituvchilari dars o’tishda, allbatta, o’quv yurtining, undagi ta’lim oluvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari, shu bilan birga ularni darsga faol qatnashishlarini ta’minlovchi, tafakkurlarini o’stirishga, rivojlantirishga qaratilgan o’quv metodlarini qo’llashga e’tibor berishlari lozim.
O’qituvchilarning malakalarini oshrishga, ularni dars berish jarayonida turli metodlarni qo’llashlari uchun tajriba almashishga katta e’tibor berilishga qaramay, hali ham barcha ta’lim maskanlarida o’quv jarayonini tashkil qilish va dars o’tishda turli-tuman interaktiv metodlarni qo’llash ko’ngildagidek emas. Buning qator sabablarini ko’rsatish mumkin:
Birinchdan, barcha o’quv yurtlarida moddiy ta’minot bir xil emas.
Ikkinchidan, barch o’qituvchilar interaktiv uslublarni qo’llash bo’yicha tajriba to’plamagan.
Uchinchidan, bunga har bir o’qituvchi uchun belgilangan dars soatining haftasiga qancha bo’lishi ham ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchilarni har bir darsga mavzu bo’yicha tayyorlanish, yangi metodlarni qo’llab, dars o’tish jismonan toliqtiradi. Shuning uchun osonroq yo’l qidirishlari tabiiy. Ular uchun kamroq kuch, tashvish talab qiladigan metodlarga murojaat qilish qulayroq.
To’tinchidan, turli uslublarni qo’llab dars o’tish uchun zarur qo’llanmalar yo’q.
Shuning uchun:

  1. Turli uslublarni qo’llab qiziqarli, dars o’tadigan o’qituvchilarni alohida rag’batlantirish zarur.

  2. Dars jadvalini tuzganda, haftalik dars soatlari taqsimotiga ahamiyat berish, darsda interaktiv uslublarni qo’llab dars o’tish uchun jihozlar, tarqatma materiallar va boshqalarni tayyorlashni yo’lga qo’yish lozim.

  3. Dars o’tishda qo’llaniladigan metodlar bo’yicha uslubiy qo’llanmalar tayyorlash va ularning konkursini o’tkazish erak.

  4. Malaka oshirishda dars otish metodlarini takomillashtirihga qaratilgan darslar ham tashkil etishga e’tibor berish zarur.

<>, deb beriladi, ta’lim samaradorlagini oshirish yo’llariga ba’g’ishlangan simenar trening materiallarida.
<>, kiyingisi bo’yicha esa, <
>.
Ko’rinib turibdiki, mualliflar o’z qarashi nuqtai nazaridan ta’rifini turlich talqin etishga harakat qilishgan. Bir ta’rifda butun texnalogiya uni qo’llashning tizimli metodi sifatida talqin etilsa, ikkinchsida, ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo’llashda(sestemali) majmuali yondashuv usulidan foydalanishdir deyilsa, boshqalarida esa metodlar haqida ochiq fikr bildirilmay, ko’proq tizim sifatidagi tomoniga e’tibor qaratiladi.
Turli qarashlarni hisobga olgan holda pedagogic texnalogiya ta’rifiga yondashsak “ishlab chiqarish” natijada “maxsuloti” - ma’lum malkaga ega bo’lgan mutahasistayyorlash uchun ilmiy asoslangan dedaktik jarayonni amalga oshirih, ya’ni o’qitish jarayonini qo’yilgan maqsadga ko’ra izchil ketma-ketlikda, turli metodlarni qo’llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta’minlovchi pedagogic faoliyat deb tushuntirish mumkin.
Pedagogic texnalogiyada ta’lim va tarbiya umumiy tarzda qaraladi. Lekin hayot ko’rsatadiki, ta’lim sohasidagi texnalogiyani hamma vaqt ham tarbiya sohasida qo’llab bo’lmas ekan. Sababi, ta’lim jarayonida maqsadni tashhislash va rejalashtirish imkoni mavjud. Tarbiya jarayonida esa maqsadni tashhislab bo’lmaydi. Bundan tashqari har qanday pedagogic texnalogiya provard maqsadga erishishni ta’minlashi zarur. Lekin hozirgi vaqtgach pedagogikada insonning tarbiyalanganlik darajasi, insonda shakllangan muayyan shaxsiy sifatlarni, insoniy qadriyatlarni umuman olganda unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish natijalarini aniqlash juda qiyin va bu mezonlar ishlab chiqilmagan.
Ta’lim texnalogiyasini o’quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi zaruriyatdan kelib chiqadi.

  • Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy darturida ko’zlangan maqsad vazifalarni amalga oshirish, ijtimoiy siyosiy hayotda ongli ravishda qatnasha oladigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir eta oladigan, mamlakat taqdiriga javobgar bo’la oladigan, masuliyatni his etadigan, mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirish.

  • Jahon talablari darajasida raqobatbardosh mutahasis kadrlar tayyorlash;

  • Bozor talablariga tezda moslashish zaruriyati.

Ta’lim texnalogiyasi o’z ichiga:

  1. O’quv predmeti har bir o’rganiladiga mavzu bo’yicha maqsad vazifalar va ularning ro’yhatini ishlab chiqish.

  2. O’quv maqsadiga erishish yo’llarini metodlarini tanlash, ishlab chiqish;

  3. Qo’yilgan maqsadni qay darajada amalga oshirilganini nazorat qilish uchun metodlarni tayyolash va nazoratni amalga oshirish;

  4. Erishilgan natijani baholash:

  1. Hususiy o’quv maqsad vazifalarini qayta ko’rib chiqish va tuzatishlar kiritish;

  2. Nazorat natijalarini tahlil qilish, muvofiq ravishda tuzatishlar kiritish kabilarni oladi.

Ko’p hollarda metodikani ta’lim texnalogiyasi, usulli metodlar bilan aralashtirib yuboriladi shu bois bu tushunchalarga aniqlik kiritish zarur. Metodika, ilgarigi bobda aytganimizdek o’quv jarayonini tashkil getish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasi bo’lib, qanday, qay tarzda, nimalar yordamida o’qitishni o’rgatadi.
Ta’lim texnalogiyasi esa qo’yilgan maqsadni amalga oshirish va natijaini ma’lum darajada kafolatlash uchun turli metodlar va vositalar orqali o’qitish jarayonini o’zaro bog’liq qismlarini bir butun qilib birlashtirish va ma’lu tartib, tizim asosida izchil mantiqiy ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Metodika tushunchsi usul, metod tushunchalarini qamrab oladi. Usul va metod tushunchalari o’zaro bog’liq. Metod usulga nisbatan juda keng ma’noga ega. Metodning o’zi bir necha usullarni o’z ichiga qamrab olishi mumkin. Shu bilan birga, metod usul sifatida, usul metod sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin.
Usul bu metodning bir unsuri, uning tarkibiy qismi bir martalik faoliyat, metoddagi alohida tashlangan bir qadam.
O’qitish metodi murakkab bir o’lchovli, serqirra tushuncha, agar biz uni fazoviy modelini chizishni uddlaganimizda, qarshimizda qirrali ko’zni qamashtiradigan va rang-barang tovlanadigan ajoyib billur namoyon bo’lardi.
O’qitish metodlari, bu pedagogic texnalogiyaning nerv tomirlari, chunki qo’yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish aynan qaysi metodni qay tarzda qo’llashga bog’liqdir.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin