O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


Iqtisodiy fallarni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar va



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə6/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

1.3. Iqtisodiy fallarni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar va
ularni tanlash mezonlar.
Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o’tganimizdek, tayyor bilimni o’zlashtirish asosiy maqsad bo’lmay, eng asosiysi, talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko’p jihatdan dars o’tish metodlarini tanlashga bog’liq.
Har qanday fanni o’rganishda turli metodlar qo’llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars o’tishda turli uslublarni qo’llash uni qiziqarli bo’lishiga talabalarni diqqatini o’tilayotgan darsni o’zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars otilaverishi talabani zeriktiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko’ra har qanday mohir o’qituvchi ham bir xil metodni qo’llab dars berar ekan, aytaylik maruza o’qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, so’ngra darsni tugashidan 20 minut maruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda hayolga berilib ketar ekan.
Ikkinchidan, talabalarning darsni o’zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil bo’lib, turli uslublarni qo’llashgina o’tilayotgan mavzuni talabalar tomonidan nisbatan to’liq o’zlashtirishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bilimni o’zlashtirish jarayonida mavzuni tezroq anglashga bir xil talabalarga bir usluub yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Uchinchidan dars o’tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini shakllantirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham, barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yo’li, dars o’tishga turli metodlarni qo’llash zarur degan fikr tarafdori bo’lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi talabalar uchun qo’llanilishi maqulligi bo’yicha esa yagona qolip yo’q. jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko’rsatadiki, tahliliy fikr fikr yuritadigan talabalardangina muvafaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar siyosiy liderlar(sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.
Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir. Har bir kishining fikr yuritishi individual xarakterga ega bo’lib, boshqalarnikidan ajralib turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang’ich nuqtasidir.
G’arb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy bilim berish uslubiga ta’sir etuvchi predmetlarga ega:

  1. Har bir talabaning individual xususiyatlari;

  2. Axborotni qayta tiklash qobilyati;

  3. Talabalarni bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi, hamkorlik qilish hislatlarini kiritishadi.

  1. Har bir kishining – individual, o’ziga xos xususiyatlari inson tomonidan axborot qabul qilishda ham ifodalanadi. U boshqa omillar bilan birga uning shaxsiy xususiyatlariga ham chambarchas bog’liq.

Psixologlar odamlarni introvert guruhlarga bo’lishdi:
Introvert tipidagi talabalar kjo’proq individual qatnashish ustun dars o’tish uslublarini yoqtirishadi. Masalan, eshitish, kitob o’qish adabiyotlarni konspekt qilish, nazorat ishi,doklad yozish kabilar.
Ekstravert guruhdagi talabalar o’qitishning faol turlari, boshqalar bilan hamkorlikda bajaradigan uslublarni yoqtirishadi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash, modellashtitilgan o’yinlar o’tkazishda qatnashish kabilar.

  1. Insonda olgan axborotni qayta ishlash qobiliyati ham turlicha. Talabalar bilim olish, olgan axborotlarni yodda saqlash tushincha va qo’llashda ham bir-biridan farq qiladilar. Ba’zi talabalar uchun verbal (so’zda ifodalangan) axborot, masalan, maruza eshitish yoki radio orqali tinglash yetarli. Boshqalari uchun esa visual (ko’rish) axboroti muhim. Ular ko’rgazmali qurollar: jadval, sxema, grafik, diagramma kabilar orqali mavzuning mazmuniga tez tushunishadi.

Uchinchi guruh talabalar uchun kinestitik (o’zi qatnashuvchi) axborot foydali. Ular o’qtishning aktiv uslublari, modellashtirilgan o’yinlarda rol o’ynash orqali axborotni yaxshi o’zlashtiradilar.

  1. Talabalar ko’p narsalarni bir-birlaridan o’rganishadi. Shuning uchun talabalarni bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, hamkorlik qilishga asoslangan dars o’tish metodlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, ba’zilar mustaqil, birinchi bo’lishga intilishi bilan ajralib turadi. Ular alohida o’qishni ma’qul ko’radi. Ularga debat, munozara olib boorish, konkurslarga qatnashish yoqadi. Boshqalar yolg’izlikdan ko’ra hamkorlikda o’qishga moyil. Ular uchun kooperatsiyalashgan o’qitish uslublarini qo’llagan maqul. Ba’zi talabalar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Bashqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talabalar ko’rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali , boshqalari munozara qilganda, uchinchilari esa amaliyotda o’zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq o’rganadi.

Umuman olganda, ta’lim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt o’tishi bilan ular o’zgaradi. Talabalarni bilim olish va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o’ylab topib, qo’llash mumkin. Ayniqsa, hozirgi paytda muvafaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko’p sohalarga bilishning turli usullarini qo’llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogic metodlar qo’llash talab etiladi.
O’qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, o’quv topshiriqlarni qo’llab, talabalarda bilim olishga ishtiyoq o’yg’otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Talabalarning qobiliyatini, ularni individualligin hisobga olgan holda turli metodlarni qo’llash, albatta, ozlashtirish natijasini ko’taradi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’quvchi talabalarni barkamol, chuqur bilim egasi, mustaqil fikrlaydigan inson bo’lib shakllanishi faqat individual xususiyatlarga bog’liq emas. Ta’sir ko’rsatadigan yana bir muhim omil, ta’lim berish jarayonini tashkil etishdir.
Ta’lim berish jarayonini tashkil etishda esa o’qitish shakllari va metodlari asosiy rol o’ynaydi. Ayniqsa ta’lim metodlarini tanlash katta ahamiyatga ega. O’quv metodlarini tanlashda esa uning samaradoligini e’tiborga olish zarur.
Pedagog olimlarning tadqiqotlari bo’yicha o’qitish jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo’llanilgan metodlarga ko’ra quyidagicha ko’rinishda aks etar ekan.
Biz maruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 foizini, o’qigan metodlarimizni 10 foizini, vedio, rasm, ko’rgazmalarni ko’rganimizni 20 foizini, tajribani namoyish qilinganda ko’rgan va eshitganlarimizni 30 foizini, munozaraga kirishsak, birga muhokama qilganimizni 40 foizini, mashq yechar ekanmiz, o’qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50 foizini eslab qolar ekanmiz.
Ishbilarmon o’yin ,loyiha metodi mustaqil o’qiganlarimiz tahlil qilganlarimizni muhokama qilish samarali metod ekan. Buning natijasida talabalar ongida ma’lumotning 75 foizi saqlanib qolar ekan. Lekin, o’quv amaliy
Mashg’ulotlar jarayonida talabalarning bir-birlariga o’rgatishlari undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o’zlashtiriladi.
Insonning esda saqlash xotirasi – biokompyuterdek. Odatda, olingan axborotning juda ko’pi qisqa muddat yodimizda saqlanadi.
O’qitish <



  1. Maruza, doklad. Eshiganimizning 5 foizi;

  2. O’qish. O’qiganimizning 10 foizi;

  3. Vedio, rasm, ko’rgazmalarni ko’rish. Ko’rganimizning 20 foiz;

  4. Tajribani namoyish qilish.Ko’rgan va eshitganlarimizning 30 foizi;

  5. Munozara. Birga muhokama qilganimizning 40 foizi;

  6. Mashq. O’qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50 foizi;

  7. Ishbilarmon o’yini, loyiha usuli. Mustaqil o’qiganlarimizning, tahlil qilganlarimizning, muhokama, himoya va yozganlarimizning, namoyish qilganlarimizning 75 foizi;

  8. Boshqalarni o’qitish. Boshqalarni o’qitgan narsalarimizni 90 foizi;

Boshqa yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot xotiradan ko’tarilib ketadi. Axborotlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, inson har kuni o’z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori turlicha bo’lib, xotiradan saqlanish jihatidan ibr-biridan farq qiladi.
Psixologlarning fikricha, axborotni xotirada uzoq saqlanib qolishi uchun,u go’yoki miyangizda filtrdan o’tishi saralanishi, go’yoki xotira qurilmasiga o’tkazilishi kerak ekan. Axborot saralanib, oxir-oqibat u yoki bu tomoni bilan ajralib turadiganlarigina xotiraga o’tar ekan.
Uzoq muddat xotirada qoladigan axborotlarga quyidagilarni kiritish mumkin,

  • Nihoyatda qiziqarliligi, jo’shqinligi va boshqa shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi axborotlar;

  • Tasavvur, his-tuyg’u va shu kabi bir-birini eslatadigan bog’lanishdagi axborotlardir;

  • Inson tomonidan tushunib, mohiyatiga yetilgan axborotlar;

  • Faollik bilan qabul qilingan o’rganilgan, masalan takrorlanib turadigan axborotlar.

Bilimni o’zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhi axamiyatga ega. Olingan bilimdan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa xotiradan ko’tariladi.
Demak, talabalar eng avvalo o’quv materialini o’zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko’rish orqaligina emas, balki o’zi gapirishi, o’z faoliyatida sinab ko’rish orqali yetkazishi katta axamiyatga ega ekan.
Bunga dars o’tishda turli-tuman metodlarni qo’llash qo’llash orqali erishish mumkin.
Umuman olganda, o’qituvchilarning dars jarayonida turli metodlarni, o’quv topshiriqlarini qo’llab o’z talablarida bilim olishga ishtiyoq uyg’otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Pedagoglarning muhim vazifasi, maqsadi aynan turli metodlar orqali talabalarni bilim, axborot olishni turli shakllariga tezda moslashishga, o’z dunyoqarashini kengaytirish uchun harakat qilishga talabalarni qiziqtirish va uni amalga oshirishdir.
Ayniqsa, xozirgi paytda muvoffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko’p sohalarga, bilishning turli metodlarini qo’llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogic usullar qo’llash talab etiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin