Mavzuning аmаliy аhаmiyati: Globallashuv jarayonida ta’lim sohasidagi islohotlarning amaliy ahamiyati shundaki, O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinganidan buyon ta'lim mazmuni tubdan o’zgardi. Jumladan:
Barcha tarmoqlarni nazariy bilimga va kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar bilan ta'minlash;
Oliy ta'lim tizimini mazmunan yangilanishi va rivojlanishi;
Davlat ta'lim standartlari va fan dasturlari potеntsial iqtisodiy sohalar bilan kеlishilgan holda yangilanishi;
Zamonaviy pеdagogik va axborot-kompyutеr tеxnologiyalarining o’quv jarayoniga joriy etilishi;
Talabalarni mustaqil ta'lim olish ko’nikmalarini rivojlantirish;
Oliy ta'lim muassasalari tashkiliy tuzilmalari, kadrlar tayyorlash yo’nalishlari strukturalari takomillashtirilishi;
O’quv auditoriya va laboratoriyalari, birinchi navbatda tеxnika oliy ta'lim muassasalarining ixtisoslashgan laboratoriyalari, univеrsitеtlarning tabiiy fanlari (fizika, kimyo, biologiya) laboratoriyalari zamonaviy tеxnika vositalari bilan jihozlarishi;
Tayyorlanayotgan kadrlar sifatining rеspublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga, shuningdеk, ta'lim, fan, tеxnika va tеxnologiyalar rivojlanishining jahon darajasiga muvofiqligini ta'minlanishi asosida uzluksiz ta'limni doimiy ravishda modеrnizatsiya qilinmoqda.
Mavzuning ilmiy va muammolik tomonlari: Mazkur mavzuga oid ma’lumotlarning to`planishi va tahlil qilinishi, uzluksiz ta’lim tizimida o’qitish metodikasi masalalariga yangiliklar kiritilishiga, uslub va metodlarni o’zgartirilishiga, ekologiya va inson salomatligi to`g`risidagi bilimlarning boyitilishiga olib keladi. Atrof muhitni toza saqlash maqsadida chiqindilarining tarkibi, ta’sir qilish holatlari o`rganilib, ishlab chiqarishda chiqindilarning kamaytirilishiga harakat qilinadi, chiqindilar chiqariladigan filtrlar qayta ta’mirlanadi, chiqindilar tashlanadigan axlatxonalar doimiy nazoratda ushlanadi.
Tasqi muhitga tashlanayotgan chiqindilarining tirik organizmlarga ta’siri birdaniga yuzaga chiqmay, ma’lum vaqt mobaynida o`zining o`nglab bo`lmas asoratlarini namoyon qiladi, hujayra va to`qimalarda zaharli moddalar to`planib, o`sma , saraton kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Atrof muhitning ozodaligiga erishish, sanoat va maishiy chiqindilarga qarshi to`g`ridan-to`g`ri kurashish barchaning insoniy vazifasidir.