Dissertatsiyaning maqsadi. Jamiyat taraqqiyotida ilm-fanni,ekologik toza muhitni rolini oshirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maorif,Fan va Madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti bo’lgan YUNESKOning bir qancha dasturlari mavjud bo’lib,ular quyidagilardir:
-“Inson va biosfera”;
-“Fan taraqqiyot xizmatida”;
-Atrof- muhit va hududlar taraqqiyoti”;
-“Xalqaro gidrologiya”;
-“Xalqaro geologiya korrelyatsiya loyihasi” va hokozolar.
YUNESKO dasturlari dunyo madaniyatiga ko’maklashish,barqaror taraqqiyot va inson taraqqiyoti uchun yo’naltirilgan bo’lib,fan va texnika yutuqlarini to’playdi,ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro dasturlar tuzishga ko’maklashadi,milliy madaniyatlarning ruyobga chiqishini qo’llab-quvvatlaydi,dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash, axborotlar oqimi va matbuot erkinligiga yordam beradi.
Respublikada mazkur dasturlar asosida ish olib borayotgan tarmoq tashkilotlar fanning taraqqiyoti,atrof muhitning ozodalagi,umummilliy boyliklardan oqilona foydalanish ,ularni muhofaza qilish masalalariga oid ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar,Milliy O’zbek modelining yaratilishi,uzluksiz ta’lim modernizatsiyasi shular jumlasidandir.
Dissertatsiyaning vazifalari.Tashqi muhitning tozaligi, ekologik muvozanatning barqarorligi, tirik jonzotlarning salomatligi uchun eng muhim omil ekanligi, ekologik muammolar allaqachon hududiy doiradan chiqib,umumbashariy muammoga aylanganligini, sanoat korxonalari,transport vositalari, maishiy chiqindilarni organik dunyoga salbiy ta’sirini o`rganishni inobatga olib, mazkur ma’lumotlarni ta’lim oluvchilarga yetkazishda turlicha o’qitish uslublaridan foydalanishni tavsiya qilish vazifalarini bajarishni maqsad qilib qo`ydik.
Bundan tashqari, to’garak chuvalchanglarni J.B.Goodey (1963), E.Kiryanova, E.Krall (1969- 1971), M.H.Siddiqi (1971-1968), I. Andrassy (1976) va boshqa olimlarning sistematikasi bo`yicha taksonomik o`rnini aniqlash;
Oziqlanish zanjiriga ko`ra ekologo-trofik guruhlarga ajratish;
Nematodalar sonining mavsumiy dinamikasini o`rganish masalalari ham atroflicha yoritildi.