O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


•  Shaxsni ma`naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalsh va takomillashtirishning  mohiyatini o`rganish;  •



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix02.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#123258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ospirinlarda oz ozini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillari

• 
Shaxsni ma`naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalsh va takomillashtirishning 
mohiyatini o`rganish; 
• 
Ma`naviy ahloqiy tarbiya hamda ma`rifiy ishlarning, milliy umuminsoniy 
va diniy qadriyatlar hamda boyliklarni samarali qo`llashning usul va yo`llarini 
aniqlash; 
• 
Ma`naviy ahloqiy tarbiya va ma`rifiy ishlarni amalga oshirish jarayonini 
boshqarish hamda yoshlarning ma`naviy ahloqiy extiyojlarini samarali qondirish 
tizimlarini takomillashtirish. 
Shaxsga xos bo`lgan ushbu sifatlarning shakllanishida o`spirinlik davri 
alohida ongni egallaydi. O`spirinlik davrining oxirlariga kelib, yangi turdagi o`quv 
muassalarining bitiruvchilari mustaqil hayotga qadam qo`yadilar. Bunga esa ular 
“psixologik jihatdan tayyor bo`lishlari zarur”. Bunda “psixologik tayyorlik 
tushunchasi yigit va qizlarning o`zini to`liq imkon bo`yicha fuqoro sifatida 
mehnatda hamda bo`lajak oilaviy hayotda realizatsiya qilishga yordam beruvchi 
qobiliyat va extiyojlarning mavjudligi tariqasida idrok qilinadi. 
Bu avvalo muloqatga bo`lgan ehtiyoj hamda uni o`rnatish usullariga ega bo`lishlik; 
ikkinchidan, nazariy ong (ilmiy; badiiy, ahloqiy, huquqiy) ning turli shakllari ya`ni 
ilmiy va fuqoroviy dunyoqarash shuningdek, o`ziga nisbatan ongli va tanqidiy 
munosabatda bolishni taminlovchi yuksak rivojlangan refleksiya qobiliyati; 
uchinchidan, mehnatga bo`lgan extiyoj va mehnat qilish qobiliyati ishlab chiqarish 
faoliyatiga qo`shilish imkonini beruvchi mehnat ko`nikmalariga ega bo`lishlikdir. 
Shaxslangan bu sifalar o`spirinlarni ong o`z o`zini anigashi uchun psixologik asos 
bo`lib xizmat qiladi. Bu esa o`spirinlik davrining eng markaziy yangi tuzilmasi 
hisoblanadi. Psixologlarning ko`p qirraliligini takidlash bilan bir qatorda bu 
holatning muhim belgisi sifatida o`spirinning katta yoshli kishilar ichki 
pozitsiyasini yegallash ehtiyoji, o`zini jamiyat azosi sifatida anglash, hayotda o`z 



o`rnini tushunish bilan birga o`zini va imkoniyatlarini tushunish deb qaraydilar. 
Hozirgi zamon o`spirinlari rivojlanishi uchun xarakterli jihatlaridan biri ular 
taraqqiyotning notekisligi bo`lib u individuallararo darajada hamda ichki 
individual darajada (organizm turli sistemalari turli muddatlarda taraqqiy etadi, 
jismoniy, intelektual ijtimoiy yetuklik vaqti ham mos kelmasligi mumkin) 
namoyon bo`ladi. 
Bunday holat o`spirin xulq atvori psixikasiga ta`sir etadi, ba`zida esa 
emotsional buzilishlar va rivojlanishda qiyinchiliklarning xosil qilishga olib 
keladi. 
O`spirinlik davridagi o`z o`ziga baho berish va uning shaxs rivojlanishiga 
ta`siri, muammolarini o`rganishi hozirgi kun taqozo etadi.Shunday ekan, yuqorida 
aytib o`tilgan fikrlar “O`spirinlarning o`z o`zini namoyon qilishning ijtimoiy 
psixologik omillari” mavzusini tanlashni taqozo etadi. Ontogenezning muayyan 
davrida paydo bo`luvchi shaxsning barcha yangi xususiyatlari nafaqat alohida 
psixik funksiyalarning rivojianishi, balki shaxs tuzilishi va mazmunidagi muhim 
o`zgarishlar bilan ham bog`langan. Ontogenezning muayyan davrida paydo 
bo`luvchi shaxsning barcha yangi xususiyatlari nafaqat alohida psixik 
funksiyalarning rivojianishi balki shaxs tuzilishi va mazmunidagi muhim 
o`zgarishlar bilan ham bog`langan. Ushbu muammo yuzasidan psixologlar 
V.F.Safii, V.A.Alekseev, A.M.Prixojan, tadqiqotlar olib borishgan.
Tadqiqotimizning 
dolzarbligi 
O`spirinlik 
davrida 
o`z 
o`zini 
anglash 
muammosining ahamiyati muhimliligi, shu bilan birga ushbu muammoning 
yetarlicha o`rganilmaganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, ma`lumki o`z o`zini 
anglash hamda uning muhim tarkibiy qismlari o`z o`zini baholash va talabchanlik 
darajasi shaxs xulq atvorining muhim boshqaruvchisi va o`z o`zini aniqlashning 
asosi bo`lib hisoblanadi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin