Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotdan olingan ma`lumotlar psixologiyada shaxs, uning shakllanishi, o`z
o`zini anglash, o`z o`ziga baho berish muammosini yangi ma`lumotlar bilan
to`ldirdi. Shuningdek, tadqiqot natijalari amaliy jihatdan ham axamiyatli
hisoblanadi. Tadqiqot natijasida qo`lga kiritilgan ma`lumotlar, xulosa va tavsiyalar
o`spirinlar ta`lim tarbiya jarayonini tashkil qilishda, ularda muayyan shaxs
hislatlarini shakllantirish, rivojlantirish va korreksiya ishlarida amaliy jihatdan
qo`llanishi mumkin.
Hamda o`spirinlarda o`z o`zini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillarini
o`rganish orqali ilk o`spirinlik yoshidagilami o`zini namoyon qilishi jarayonida
xatoga yo
`
l qo`ymaslikka, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni oldini
olishga qaratilgan ko`nikma va malakalarni xosil qilishiga nazariy hamda amaliy
hissa bo`lib qo`shiladi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. BMI ikki bob, besh paragraf, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalardan iborat.
8
1-BOB.
O`SPIRINLARDA O`Z O`ZINI ANGLASH XUSUSIYATLARI
MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI.
1.1.O`spirinlarning shaxs xususiyatlari tavsifi.
0`spirinlik -bu insonning fuqoro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan
yetilishi o`z taqdirini o`zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi fuqoro va
vatanparvarlik ma`naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir.
Psixologiyada o`spirinlik odatda jinsiy yetilishdan boshlanib, kattalikka qadam
qoyilishi bilan tugallanadigan rivojlanish bosqichi sifatida qaraladi. Biroq shu
qarashning o`zi, ya`ni birinchi chegaraning fiziologik, ikkinchisining ijtimoiy
chegara ekanligi bu holatning ko`p qirrali ekanligi va murakkabligini ko`rsatadi.
O`spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshlardagilar (akademik litsey, kasb-hunar kolleji
o`quvchilari) kiradilar. Bu davrda o`quvchi jismonan baquvvat, o`qishni tugatgach,
mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o`zini sinab ko`radigan imkoniyatga
ega bo`ladi, ma`naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Ilk o`spirin 16 yoshida
mamlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega
bo`ladi. Bularning barchasi ilk o`spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga
yetishi, hayotda o`z o`rnini topishi, o`z taqdirini o`zi hal qilishi va yetuk shaxs
sifatida ma`naviy o`sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi.
Ilk o`spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, akademik litsey, kasb-hunar kolleji
jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqei
ta`sirida, o`qish va turmush sharoitidagi o`zgarishlar ta`sirida tarkib topa
boshlaydi.
Mazkur davrning yana bir xususiyati − mehnat bilan ta`lim faoliyatining bir xil
ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta`siri ostida ilk
o`spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o`sishida o`ziga xos o`zgarishlar, yangi
xislat va fazilatlar namoyon bo`ladi. Akademik litsey, kasb-hunar kolleji
o`quvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta
boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta`lim xarakterining o`zgarishi yigit
va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e`tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy
9
his-tuyg`uning vujudga kelishiga, bilimni o`zlashtirishga ijodiy yondashish
kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi.
Hayotda o`z o`rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash,
istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo`lishni keltirib chiqaradi.
Biroq bu davr kuch-g`ayrat, shijoat, qahramonlik ko`rsatishga urinish, jamoat,
jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo`lish bilan boshqa yosh
davrlaridan keskin farqlanadi.
Ayniqsa, turmush va o`qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf (kurs)
jamoasidagi o`zgacha vaziyat, o`spirinlarning maxsus ta`lim tizimida egallagan
yuqori mavqei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab
hamda mas`uliyatli vazifalar qo`yadi. Bu davrda o`spirin yangicha ta`lim muhitida
tashkilotchilik,
rahbarlik,
tarbiyachilik,
tashviqotchilik
vazifalarini
o`tay
boshlaydilar.
O`spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari,
o`quv jamoasi, ta`lim jarayoni qo`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u
erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-
qarshiliklar, ziddiyatlar o`spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o`sishi
orqali bartaraf qilinadi.
O`spirinlik davrining bir qator nazariyalari mavjud. Bular biologik, psixologik,
psixoanalitik hamda ijtimoiy nazariyalardir. Biologik nazariya tarafdorlari
o`spirinlikni
avvalo
organizm
evolyutsiyasining
ma`lum
bosqichi
deb
hisoblaydilar. Ularning fikricha , barcha tomonlarning rivojlanishini aynan
biologik jarayonlar belgilaydi. Psixologik nazariyalar esa asosiy etiborni psixik
evolyutsiya qonuniyatlari, ichki dunyo va o`z o`zini anglash xususiyatlariga
qaratadilar.
Psixoanalitik
nazariyalar
o`spirinlik
deganda
psixoseksual
rivojlanishning bosqichini tushunadilar.
Yuqorida takidlangan nazariyalarning barchasi o`spirinlikka insonning rivojianish
jarayonini yo individual yoki shaxs sifatida qarash nuqtai nazaridan yondashadilar.
Biroq rivojlanish turli ijtimoiy va ma`daniy muhitda turlicha kechadi. Ijtimoiy
10
nazariyalar o`spirinlikni ijmoiylashuvining ma`lum bosqichi, bolalikdan mustaqil
va mas`uliyatli kattalik faoliyatiga o`tish sifatida qaraydilar. Tadqiqotchilar ning
asosiy etibori inson o`zlashtirishi lozim bo`lgan ijtimoiy rollarga, mehnat
faoliyatiga qo`shilish bilan bog`liq bo`lgan muammolariga qaratiladi. Hozirda
psixologiya o`spirinlik muammosi kompleks ravishda , ya`ni taraqqiyotning ichki
qonuniyatlari va ijtimoiy psixologik omillarni inobatga olgan holda o`rganish
lozim deb hisoblaydi. Biroq bu bosqichning mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy
sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatdagi tutgan o`rni, bilim darajasi
shu sharoitlarga bo`gliq bo`ladi. O`spirinlik davrida mehnat va o`qish faoliyatining
asosiy turlari bo`lib qoladi.
Faol ijtimiy hayot o`qishning yangi harakteri o`spirinlarda dunyoqarashning
shakllanishiga, ularda mustaqillik, tashabbuskorlik va burch hissining tarkib
topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy faoliyatini avj oldirishga katta
ta`sir ko`rsatadi.
O`spirinlik yoshidagi o`quvchilar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega
bo`lar ekanlar, o`zlarining hayot yo`llarini belgilab olishga, bundan buyongi
faoliyatlarining istiqbollarini aniqlab olishga, o`zlarining kelgusi ixtisoslarini
tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb hunarga oid qiziqishlar tarkib
topadi va u an ad a barqaror bo`lib qoladi, yigit qizlar o`z kelajaklari haqida
jiddiyroq o`ylay boshlaydilar. O`spirinlik jo`shqin kuch g`ayrat, shijoat, mardlik,
katta va qahramonona ishlarga intilishlar avj olgan yosh davr.
O`spirinlik davrida shaxsning rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda
o`spirinning ma`naviy kuchlari intensiv rivojlanadi, uning ahloqiy qiyofasi tarkib
topadi, dunyoqarashi shakllanadi.
O`spirinlik ta`lim -tarbiyaning passiv obyekti emas, balki mustaqil faoliyat
subyektidir. Shuning unga shaxs nuqtai nazaridan yondashuv, hamkorlik
pedagogikasi ruhida yondashish talab qilinadi. Taraqqiyotning bu davri o`zining
qaytarilmasligi individualligi boshqalarga o`xshamasligi hissining paydo bo`lishi
bilan birga harakterlanadi. O`spirinlik davri nazariy atama taraqqiyotning turli
11
qirralari jismoniy yetilish, aqliy taraqqiyot, o`z o`zini anglashning shakllanishi,
muloqot tuzilishidagi o`zgarishlar, motivatsion jarayonlarni tavsiflaydi.
E.Shiranger (1924y) o`spirinlarning 3 ta tipi mavjudligi haqida ta`kidlagan,
1- turdagi o`spirin keskin Jo`shqin o`zgarishlar, ichki va tashqi nizolarning
mavjudligi bilan xarakterlanadi.
2-tur o`spirinlarda kattalarjamoasi qadriyat va normalarinr o`zlashtirish bir tekis
asta sekinlik bilan , shaxsdagi sezilarsiz o`zgarishlarsiz amalga oshadi.
3-tur o`spirinlarda huddu 1-turdagiga o`xshash psixologik qayta qurish ancha tez,
lekin bunda ular kuchli harakterga ega bo
`
lganliklari, yoshlar sababli kishi
qiyinchiliklarni yengib bartaraf etadi va o`zlarining kelajaklarini ongli tarzda
shakllantiradilar.
Bu davr uchun xosh bolgan eng muhim psixik jarayon o`z o`zini anglashning
rvojlanishidir. Ma`lumki L.S. Vigotskiy aynan o`z o`zini anglash va bu davrda
uning rivojlanishiga alohida ahamiyat bergan Uning takidlashicha, o`z o`zini
anglashning shakllanishi bilan “ Taraqqiyot drammasi” da yangi, sifat jihatdan
o`ziga xos omil o`spirin shaxsi asosiy rolni o`ynay boshlaydi.
O`spirinlikdagi muhim psixologik yangiliklaridan binri o`zining ichki dunyosini
ochish hisoblanadi. Bu o`spirin uchun quvonchli va hayajonli holatdir. Biroq u
tashvishli, dramatik kechinmalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ichki “men”
tashqi xulq atvori bilan mos kelmaydi va o`z o`zini nazorat qilish muammosi
faollashadi.
O`zining qaytarilmasligi boshqalarga o`zshamasligini anglash bilan bir qatorda
yolg`izlik hissi ham yuzaga keladi. O`spirin “meni” hali noaniq bo`lib, ko`pincha
tashvishlanish va bo`shliqni his qilish sifatida boshdan kechiriladi. Shu tufayli
muloqotda bo`lgan extiyoj o`sadi. Lekin muloqot tanlovchanlik xususiyatga ega
bo`ladi, boshqalardan ajralib qolish extiyoji oshadi.
O`z o`zini anglashni o`rganish uning psixologik jarayon sifatidagi mohiyatini
aniqlashdan, shaxs ontogenetik taraqqiyotida uning yuzaga kelishi va uning
sabablarini tadqiq qilishdan boshlanadi.
12
S.L.Rubinshteynning 1989 y. takidlashicha, shaxsni psixologik jihatdan
o`rganishda o`z o`zini anglash, shaxsning “men “i haqidagi masala muhimdir.
Shaxs subyekti sifatida o`z xulq atvorini anglaydi, bu xulq atvor, hatti - harakat shu
faoliyatning ijodkori va mualifi sifatida javobgarlikni o`z bo`yniga oladi.
Psixologik nuqtai nazardan o`z o`zini anglash “ murakkab psixologik jarayon
bo`lib , uning mohiyatini shaxs tomonidan o`zining “obrazlarini” xulq atvor va
faoliyatining turli vaziyatlarida boshqa odamlar bilan o`zaro ta`sirning barcha
shakllarida idrok qilishi hamda bu obrazlarni bir butun tuzilma tasavvurlarda
birlashtirish so`ngra uni boshqa subyektlardan farq qiluvchi o`zining “ men “ida ,
ya`ni “men”tushuhchasida yaxlit holga keltirish tashkil etadi. O`z “menini ajratib
olgach, bu o`zimizga ob`yekt sifatida, ya`ni o`zimizga nisbatan mustaqil tuzilma
sifatida qaray olamiz.
O`z “men”ini aks ettira olish o`z- o`zini anglashni
ob`ektiv tadqiq qilishning muhim asosi bo`lib xizmat qiladi. Shaxsning o`z
“men”ini qanday tasavvur qilishida o`zini anglashi hamda shaxsning umuman
yetuklik darajasi aks etadi.
O`z o`zini anglashni psixologik jihatdan o`rganish shaxsni real o`z o`zini
anglovchi su`yekt sifatida tarkib topishini o`rganish bilan chanbarchas bog`liq o`z
o`zini anglashni rivojlanish jarayoni shaxs genezisi tarkibiga kiradi. S.L.
Rubinshteyn o`z o`zini anglashni rivojlanishining manbai va harakatlantiruvchi
kuchi individda mustaqillikning o`sib borishida, deb hisoblagan. Uning
ta`kidlashicha, ong o`z o`zini anglashdan kelib chiqmaydi, balki o`z o`zini anglash
shaxs ongining taraqqiyoti davomida yuzaga keladi.
Chet el psixologiyasida o`z o`zini anglashni amaliy jihatdan o`rganishga ko`proq
e`tibor berildi. U.Djems, K.Radjers, M.Rozenberg kabi tadqiqotchilar o`zi
haqidagi tasavvurlarining turli shakllarini ajratib ko`rsatadilar (ijtimoiy "men”,
“oilaviy men”, real men, “ideal men” va.x.k)
O`z o`zini anglash xususiyatlarini o`rganishda shaxs jihatdan yondashuv avvalom
bor “men obrazi va o`z o`zini baholashni o`zgarishining shaxsiy motivatsion
yo`nalishiga qaratilgan. Masalan, A.I.Obozniy va V.N. Katorskiy tomonidan o`rta
13
va yuqori sinf o`quvchilar ida o`tkazilgan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ularning
talabchanlik darajasi vazifasining real bajarilishi va eksperiment baxosiga emas,
balki o`spirinning o`z o`zini baholashiga bog`liqdir.
U.I.Sovonko tadqiqotlariga atrofdagilar baxosi va o`z o`zini baholashga
yo`nalganlik o`rtasidagi munosabat yoshga bog`liq ekanligi aniqlanadi.
Ma`lum bo`lishicha, yoshi katta bo`lgan sari o`z o`zini baholashga yo`nalish ortib
boradi.
Shunday qilib , o`spirinlik davrida shaxsning rivojlanishiga did jarayonlarning
asosiy xususiyatlari avvalo o`z o`zini anglashning sezilarli o`sishi bilan
bog`langan . Biroq bu anglash oddiygina o`sishdan iborat bo`lib qolmasdan u sifat
jihatdan o`ziga xos xarakterga ega bo`ladi, bu hol o`z shaxsining ma`naviy-
psixologik xususiyatlarini, konkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtai
nazaridan anglash va ularga baho berish extiyoji bilan bog`liq, o`spirinlarning o`z
o`zini anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi.
Xuddi ana shu narsa o`quvchida o`zining psixik hayotiga , o`z shaxsining
sifatlariga, oz qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg`otadi, xuddi shuning uchun ham
o`z hatti harakatlariga nazar tashlash, o`z his tuyg`ularini va kechinmalarni bilib
olish extiyoji paydo bo`ladi.
O`z o`zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi
vaziyat, tevarak atrofdagi bo`ladigan yangicha munosabatlar o`quvchini o`z
imkoniyatlarini baholashga, o`zining shaxsiy xususiyatlarini o`ziga nisbatan
qo`yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai
nazardan anglashga majbur qiladi.
Dostları ilə paylaş: |