1.3. O`spirinlik davridagi o`z o`ziga baho berish shaxsning o`z o`zini anglashi
muhim elementi va natijasi sifatida.
Bir maqsadga qaratilgan protses sifatida tarbiya muayyan jamiyatda qabul qilingan
norma va qoidalarga muofiq keladigan inson xulq atvorini ta`minlash hamda shu
23
bilan birga shaxsning individual xususiyatlari va sifatlarini shakllantirishga yordam
berishi lozim. Tarbiya insonning o`sishi va uning shaxsini shakllantirishga katta
ta`sir ko`rsatadi. Ammo uning ta`sir kuchi bir qator ziddiyatlarga va avvalo
muhitning ta`sir xarakteriga, shuhingdek, irsiyatga bog`liqdir. Tarbiyaning
mikroiqlim ta`siri bilan oila va yaqin atrofdagi muhit bilan o`zaro aloqasi,
insonning o`sib ulg`ayishiga va uning shaxsini shakllantirishda alohiga rol
o`ynaydi. Bu ta`sirlarni o`rganish va hisobga olish har bir o`spirinning xulq
atvorining xususiyatlarini anglash imkonini yaratadi. Noqulay uy joy vaziyati
aniqlansa, bu narsa bolaning o`sishi, o`zlashtirishi va xulq atvoriga ta`sir
ko`rsatayotgan bo`lsa tarbiyachi oiladagi tarbiyaga aralashishi mumkin va lozim, u
ota onalarga ta`sir ko`rsatishi ular ishlaydigan joydagi jamoat tashikilotlariga
murojaat qilishi mumkin va lozim. Ayni vaqtda u bolaga individual yondashishni
kuchaytiradi, mashg`ulotlarda zarur yordam uyushtiradi va hokazo.
Tarbiyachi shuningdek, bolaning maktabdan tashqaridagi yaqin kishilarini ham
bilishi kerak, Chunki ba`zan bu narsa o`spirin bolalarga nomaqbul ta`sir ko`rsatishi
mumkin. Hozirgi vaqtda maktab va jamoatchilik o`quvchilar istiqomat qiladigan
joylarda birgalikda katta ish olib borib, bolalar va o`spirinlarning madaniy dam
olishi tashkil etilmoqda, ular sportga, xilma-xil to`garaklarga, texnika ijodiyoti
mashg`ulotlariga kengroq jalb etilmoqda.
Maktab borgan sari ko`proq mikrorayondagi tarbiyaviy ish hamda ota-onalar va
jamoatchilik orasida pedagogik bilimlami propoganda qilish markaziga
aylanmoqda.
Tarbiya ikki tomonlama protsessdir. Tarbiyalanuvchi tarbiyachining talablarini
tushunsa va qabul qilsa, ularni aktiv bajarishga intilsagina tarbiyachi ko`ngildagi
samaraga erishadi. Bunday munosabat shakllanishning asosi bolaning unga
qo`yilayotgan talablar oqilona ekanligini, adolatli va asosli ekanligini
tushunishidadir. Tarbiyaviy jarayonda shaxsning eng katta aktivligi o`quvchi o`z
o`zini tarbiyalash ustida jiddiy o`ylash boshlagan, o`zini takomillashtirish
programmasini ishlab chiqqan, o`z irodasini safarbar etgan paytda namoyon
24
bo`ladi. Bu programmani bajarish sohasida mahsus kuch g`ayrat sarflab, uning o`zi
o`z shaxsini aktivlik bilan shakllantiradi. Tabiiyki, ahloqiy rivojlanishning
muayyan darajasiga erishilgan va o`z ongi uyg`ona boshlagan paytdagina o`z
o`zini tarbiyalash hamda o`z o`zini takomillashtirishga intilish vujudga keladi. O`z
xulq atvorini, ayniqsa o`z harakteri va shaxsiy hislarini boshqa kishilarning xulq
atvori va xarakter belgilari bilan qiyoslash olishni rivojlantirish ham goyat
muhimdir. Insonda o`z ideali bo`lib unga tenglashishiga intilish ham katta
ahamiyatga ega. Insonning hayotda shaxsiy, ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarni
qo`yishi ularning bajarilishiga erishishga intilishni xosil qilish buning uchun o`zida
zarur hislatlarni rivojlantirish muhimdir. Bunday yetuklik va ong darajasi odatda
o`spirinlik davri bilan bog`la-nadi, lekin o`smirlik chog`ida ham vujudga kelishi
mumkin.Tarbiya natijalarini xarakterlaydigan eng muhim narsa insonni umumiy
o`sib ulg`ayishni ta`minlash, uning shaxsi yo`nalishni shakllantirish, unda
ma`naviy talab va intilishlarni rivojlantirishdir. Jamiyatdagi tarbiya qulay ijtimoiy
muhit tasirini kuchaytirish hamda inson shaxsini shakllantirishni bir maqsadga
qaratish, davlat qurish vazifalariga bo`ysunadigan qilish kerak. Bir maqsadga
qaratilgan protses sifatida tarbiya muayyan jamiyatda qabul qilingan norma va
qoidalarga muofiq keladigan inson xulq atvorini ta`minlash hamda shu bilan birga
shaxsning individual xususiyatlari va sifatlarini shakllantirishga yordam berish
lozim.
Ming yillar ichida tarbiya muhim va yetakchi rol o`ynar ekan. Savol tug`iladi.
Tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim yoki nima belgilab beradi?
Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to`g`ri javob topishga
bog`liq, ya`ni birinchi navbatda tarbiya bilan shugullanadigan har bir tarbiyachi
avvalo o`z faoliyatini va unda ko`zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur qilish,
maqsadni muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish
darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo`lishi kerak degan savollarni avvaldan
tasavvur etish zarur ekan. Bu maqsad jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek
maqsadiga mos kelishi kerak. Tarbiya yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan
25
axloq odob qoidalariga mos keladigan etiqodini, ahloqiy malakalarini, extiyoji va
intilishlarini tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy
o`zining “Turkiy Guliston yohud ahloq“ asarida inson kamolotiga tarbiyaning
ro`lini alohida ta`kidlab, shunday degan edi,” Janobi haq insonlarning asl
xilqatlarga istedodli, qobiliyatli, yaxshi-yomonni, foyda-zararni, oq-qorani
ajratadigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq
uchun tarbiya vositasida bo`ladi. Agar o`spirin yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan
saqlanib, go`zal xulqlarga odatlanib katta bo`lsa, baxtiyor inson bo`lib chiqadi.
Agar tarbiyasiz axloqi buzilib nasihatni qulog`iga olmaydigan, har bir buzuq
ishlarni qiladigan nodon, jaxil bir rasvoi odam bo`lib chiqadi”.
Axloqimiz binosining go`zal va chiroyli bo`lishiga tarbiyaning ta`siri kattadir.
Yuqorida biz tarbiyadan maqsad barkamol insonni tarbiyalash degan edik. Xo`sh
barkamol inson deganda kimlarni, nimalarni tushunmoq kerak.
Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy ahloq qoidalari asosida tarkib
topib borgani tarixdan ma`lum. Qur`oni Karim oyatlari, Payg`ambar Alayhissalom
Hadislari, ulamo va allomolarimizning kitoblari, tariximizmiz manbai bo`lib,
xizmat qilgan, Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab
olgan. Islomiy tarbiya o`smirning yetti jihatda tarbiyalashni maslahat beradi.
Bular: sog`liq va badan -tarbiyasi, aqliy tarbiya, nafosat tarbiyasi, axloqiy tarbiya
vijdoniy nafsoniy tarbiya, diniy- ruhiy tarbiyadir.
Janobi Rasululoh: “ Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini,
odobini ham yaxshilanglar!” deganlar. Shu bilan birga “ Xech bir ota o`z
farzandiga xulq- odobdan bo`lakroq meros berolmaydi” deb tarbiyada ota onaning
ro`lini belgilab o`tganlar. Islomiy tarbiya barcha mo`minu musulomlarni nihoyatda
hush xulqli shirin so`zli, oliyjanob bo`lishga da`vat etadi.
Sharq rivoyatlarida yaxshi tarbiya ko`rganini 10 ta nishonasi ifoda qilingandir;
1.Xalq to`g`ri deb topgan narsaga noto`g`ri deb qaramaslik;
2.O`z nafsiga insof berish;
3.Ayb qidirmaslik;
26
4.Birovda yomonlik sodir bo`lsa uni yaxshilikka yo`yish.
5.Agar gunoxkor uzur so`rasa uni uzrini qabul qilish;
6.Muhojirlar xojatini chiqarish;
7.El g`amini yeyish;
8.O`z aybini tan olish;
9.El bilan ochiq yuzli bo`lish;
10.Odamlar bilan shirin muomalada bo`lish;
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham , xususiyati ham o`zgarib boradi.
Buni ibtidoiy jamiyatda, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida
ko`rish mumkin. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya maqsadi oddiy bo`lib, shunchaki
insonni hayot kechirishini taminlashga xizmat qilgan. Quldorlik tuzumida
quldorlar va qullarni paydo bo`lishi, tarbiya xususiyati va uning maqsadini bam
o`zgartirdi. Quldorlarning bolalari hukmron bo`lishga intiladilar, bosqinchilik
urushlari olib borish uchun harbiy san`atni o`rganib bordilar.
Feodalizm tuzumiga tarbiya keskin tabaqalana boshladi. Ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi, ta`lim mazmunini o`zgartirib yubordi, ta`lim sekin asta
ilmiy xarakter kasb eta boshladi. Bu o`z navbatida umumiy ta`lim kurtaklarini
paydo bo`lishiga olib keldi. Endi feodal o`smirlarga ilmiy bilimlar berish ularni
maxsus maktablarda tarbiyalash zaruriyati tug`dirdi.
Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyat yana kuchliroq sezila
boshladi. Ishlab chiqarish ko`chma munosabatlarning rivojianishi, ishlab chiqarish
korxonalarida ishlash, dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish,
ishchilardan savodxonlikni ilmli bo`lishni talab etti. Bu davrga kelib ishchilar
bolalariga ancha yuqori bilim berish, o`qish davrida ularga shaxsiy mulkni
muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning asosiy maqsadi bo`lib qoldi
O`spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning
psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. O`spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini
ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g`oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va
xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asarni o`qishgan, biroq hech
27
qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yondashmasdan
o`qituvchining har bir so`zini esda saqlab olib, hech o`zgarishsiz qaytadan aytib
berishga harakat qilishgan, uchinchidan, o`zlari maktabdan va sinfdan tashqari
faoliyatlarida eshitganlari, o`qiganlari bilan o`qituvchining axboroti, ma`lumoti
xabarni umumlashtirib javob berishgan, to`rtinchidan, o`z fikrlarini bayon etishga
qiynalganlarida asardan ko`chirmalar keltirishgan.
O`quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda to`garak va fakultativ
mashg`ulotlar, kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ilk o`spirin
o`quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda o`qituvchilar, sinf rahbarlarining
siymolari muhim rol o`ynaydi. O`qituvchilar ilk o`spirinlarda o`rganilayotgan
narsa va hodisalarning ob`ektivligi, haqqoniyligi, to`g`riligiga ishonch hosil
qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ularni isbotlashga o`rgatib borishlari zarur,
fan o`qituvchilari ularni narsa va hodisalar to`g`risida original fikr yuritishga
yo`llashlari kerak, o`quvchilarning mashg`ulotlarda qo`llanaverib, ma`naviy
eskirgan bir qolipdagi so`zlardan, iboralardan foydalanishlariga yo`l qo`ymasliklari
kerak, fan o`qituvchilari o`spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tatbiq
qilishni
o`rgatishlari
shart,
buning
uchun
ularda
amaliy
malakalarni
shakllantirishga harakat qilishlari lozim.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo mumkin
emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o`quvchining nutq faoliyati
ham o`sadi. Bu esa o`quvchida o`z fikrini to`g`ri, aniq ifodalash malakasini tarkib
toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug`at boyligini yanada
oshiradi.
O`spirin adabiy asarlarni o`qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza
yuritish va munozaraga o`rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat o`zining
nuqtai nazari, e`tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma`lumki shaxsning ana shu fazilatlari
fikrlashi, mustaqil o`ylashi, to`g`ri hukm va xulosa chiqarishi, qat`iy qarorga
kelishining natijasidir.
Yigit va qizlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini bildirishi,
28
muammoli tomonlari yuzasidan bahslashuvi va hokazolarda insoniy xislatlarning
muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidiyligining aynan o`zginasidir.
Turmushda uchraydigan noo`rin tanqidiylik esa ilk o`spirinning badiiy didi va
hayotiy tajribasi zaifligidir. O`qituvchi ayni shu paytdagi asosiy vazifasi −
o`quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko`tarishdan, ularga
voqelikka odilona, oqilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashni o`rgatishdan
iboratdir.
Mazkur yoshdagi o`quvchi aqlining tanqidiyligida og`machilikka moyillik kuchli
bo`ladi. Og`machilikning eng asosiy sabablaridan biri − voqelikning mohiyatini
ilmiy jihatdan to`g`ri tushunmaslikdir. Shuningdek, uning “o`z pozitsiyasi”da
bo`sh kelmasligi, narsa va hodisalarning asl mohiyatini anglab turib, jo`rttaga
“o`jarlik” qilishi ham ana shu og`machilikning bir ko`rinishidir.
Ularda moddiy dunyo to`g`risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash
tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana
boshlaydi. Aqlning yoki tafakkurnnng tanqidiyligini tarbiyalashda o`qituvchi
o`quvchining o`ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari
saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai
nazariga, o`qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyat va darajasiga,
aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bilishiga, mavjud o`qish ko`nikmasi va
malakalariga alohida e`tibor berishi lozim.
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yangicha ta`lim muassasa o`quvchilarini moddiy
dunyoni, atrof muhitni o`rganishga, o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishga,
ta`lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollikka da`vat etadi va bundan tashqari,
voqelikni isbotlash va asoslash ko`nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi.
O`rganilayotgan hodisa to`g`risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor
qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
O`spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi,
mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi
deganda, ilk o`spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo`yicha mulohazalar,
29
muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy
qonunlari, xossalari, sifatlari, o`zaro bog`lanishi va munosabatlari ilk o`spirinning
fikrlashida to`liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o`zining
mazmundorligi va chuqurligi bilan bog`liq bo`ladi. O`quvchi narsa va
hodisalarning eng muhim alomat va xususiyatlarini mujassamlantirsa, o`tmish,
hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, buni keng tafakkur
deyiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, ilk o`spirin tashabbuskorlik bilan o`z
oldiga yangi vazifalar qo`ya bilishi va ularni hech kimning yordamisiz oqilona
usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi deganda, ilk
o`spirinning o`z oldiga yangi g`oya, muammo va vazifalar qo`yishini, ularni
amalga oshirishda samarador vositalarni ham o`zi topishga intilishini anglaymiz.
Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo`llay
olishda, eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo`ladi. Agar o`quvchi
muayyan vaqt ichida ma`lum soha uchun qimmatli yangi fikrlarni aytgan bo`lsa,
nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur
deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga to`liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.
O`spirin tafakkurining tezligi qator omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur
materialning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishga,
muvaqqat bog`lanishning tezligiga, turli his-tuyg`ularning mavjudligiga,
o`quvchining diqqati va qiziqishiga; ikkinchidan, uning bilim saviyasiga,
qobiliyatiga, egallagan ko`nikma va malakalarga bog`liqdir.
O`spirin qobiliyati, layoqati va iste`dodi ta`lim jarayonida mehnat faoliyatida
rivojlanadi. Uning qanchalik iste`dodli ekanini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy
sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantiqiy
fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e`tibor berish kerak. Qobiliyatning
o`sishi bilimlar, ko`nikmalar, malakalarning sifatiga bog`liq bo`lib, shaxsning
kamol topish jarayoniga qo`shilib ketadi.
Kasb tanlashda ilk o`spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi mumkin.
30
Dastlabki maqsad − bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga o`z
ulushini qo`sha olamanmi, qanday inson bo`lib yetishaman, hayot va faoliyat
ideallarim nimalar bo`lishi lozim, degan fikrlardan iborat bo`ladi. YAqin va yaqqol
maqsad − dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qayerda egallash,
o`qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan boshlanishi,
mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan tashkil topadi.
Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari
mavjud.
Tashqi
sharoitlarga
maqsad
yo`lidagi
har
xil
qiyinchiliklar,
qaramaqarshiliklar, ziddiyatlar mazkur muassasa yoki tashkilotning imkoniyatlari,
muayyan sub`ektga − yosh kasb egasiga ko`rsatishi mumkin bo`lgan qarshiligi va
hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning
imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati, tirishqoqligi, irodaviy sifatlari
(chidamliligi, sabr-toqati) tanlagan kasbi bo`yicha ishlashi uchun zarur fazilatlari
va hokazolar kiradi.
O`zgarishlarning miqdoriy jihatdan ko`rinishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Yaqqol (konkret) va mavhum (abstrakt) ilmiy tushunchalar o`rtasidagi
munosabatlar.
2.Kognitiv faoliyatning jarayonlari, operatsiyalari rivojlanganligi: taqqoslash,
qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash va hokazo.
3.Esda olib qolishning ratsional usullarining mavjudligi (so`z-mantiq xotirasiga
asoslangan holda).
4.Muammoli vaziyatlar va ularning yechimini topish imkoniyatlari.
5.Ijodiylik (kreatsiya) usullari vujudga kelayotganligi.
6.O`zini o`zi baholash va nazorat qilish uquvi shakllanayotganligi.
Odatda sifat o`zgarishlarining tarkibiga o`quv faoliyatining motivatsion va mohiyat
jihatidan o`zgarishning variantlari kiradi. Motivatsion o`zgarish to`g`risida shuni
ta`kidlash joizki, o`quv faoliyati ilk o`spirin uchun shaxslararo munosabatlarda o`z
o`rnini topish, jamoa (sinf, kurs) ichida o`zini tasdiqlash, tan oldirish, mustaqil
turmushga, hayotga kirishga tayyorgarlik ko`rishning motivlari alohida ahamiyat
31
kasb etadi. Ushbu motivlarning barchasi ilk o`spirin uchun shaxsiy ma`no kasb
etadi. SHaxsning motivatsiya tuzilishida yuksak ijtimoiy motivlardan jamiyatning
to`laqonli, tenghuquqli a`zosi bo`lish, xalqqa va Vatanga xizmat qilish, foyda yoki
naf keltirish katta o`rin egallaydi. Bilishda, kognitiv faoliyatda o`quv jarayoniga va
bevosita unda berilayotgan materiallarning (aksariyat fan asoslari) mohiyatiga
nisbatan qiziqish ilk o`spirinlarda o`ziga xos xususiyatga ega (rasmiy yoki
norasmiy nuqtai nazaridan
yondashish). Yuqorida fikr, mulohaza va
mushohadalardan kelib chiqqan holda shuni ta`kidlash lozimki, bu davrga kelib
o`quv faoliyatining barcha motivlari (hatto ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchilari ham)
jipslashib, barqaror tus egallaydi. Ushbu motivlarning eng ahamiyatli, o`ziga xos
tomonlari – bu ularning ixtiyoriyligidir. Boshqacha so`z bilan aytganda, ilk
o`spirin butun faoliyatini o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga erishishga
qaratishidir. O`quv faoliyatining bu motivatsiya sohasida differensial (individual)
o`zini o`zi baholash hamda nazorat qilish alohida o`rin tutadi. O`zini o`zi bunday
yo`sinda baholash (orttirib, pasaytirib, xolisona, haqqoniy) ilk o`spirinning qaysi
soha kuchli va qaysida kuchsiz ekanligini to`g`ri (adekvat) baholashga yordam
beradi, bu esa o`z navbatida o`zini o`zi rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini
ro`yobga chiqarish, o`zini o`zi namoyon etish, o`ziga o`zi buyruq berish kabilarni
takomillashtiradi. Buning natijasida “Men”ligini egallashga intilish tuyg`usi
shakllani boshlaydi.
Akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o`quv faoliyati mohiyatining ikkinchi
tomonini uning mazmunidagi o`zgarishlar tashkil etadi. agarda o`smirlar ma`lum
voqea va hodisaning shunchaki mazmunigagina qiziqsalar (ehtiyoj sezsalar), ilk
o`spirinlar esa mazkur hodisa yoki voqelikka nisbatan turlicha munosabatlarni
izchil o`rganib, tahlil qilib, shaxsiy nuqtai nazarini bildirishni, talqin etishni
(interpretatsiyani) xohlaydilar. Chunki ilk o`spirinlarni bor haqiqat qiziqtiradi,
qolaversa bu davrda ishonch-e`tiqod, dunyoqarash jadal sur`atlar bilan shakllanadi.
Ular har bir hodisani ko`pyoqlama, atroflicha, butun yaxlitligi va chuqurligi,
mohiyati bilan bilishni istaydilar. Lekin shunday omil yoki sabab mavjudkim,
32
buning ta`sirida ular uchun qiziqarli bo`lmagan masalalarga diqqatini jalb
qilolmaydi, natijada o`spirinlar faoliyati susayadi. Ko`pincha ilk o`spirinlarni
bevosita ana shu jarayonning kechishi, uning isbotlari, keltirilgan ham nazariy,
ham empirik barcha dalillar qiziqtiradi, ularni bilish faoliyatining predmetiga
joylashtirishni istaydi. Ular juda tez munozaraga kirishib ketadilar, chin haqiqat
yechimini topishga intiladilar, bu esa mustaqil fikr yuritishga, ta`lim
samaradorligidan foydalanishga harakat qiladilar. Binobarin, baholash va
baholanish istagi, bahs-munozaraga intilish mazkur yosh davrining eng asosiy
xususiyatidir. Ular fikrlashining faolligi va tafakkurining mahsuldorligi bilan
boshqa yosh davrlaridan keskin ajralib turadi. Bu narsa (voqelik)larning barchasi
turmushda fantastikada o`z aksini topadi. O`smirlardan farqli o`laroq ular o`z
faoliyatini boshqara boradilar, hatto nazorat qila biladilar. Ushbu davrga kelib
tafakkurning ijodiyligi jadallashadi. SHuni uqtirib o`tish lozimki, ilk o`spirinlarni
faqat ilmiy emas, hatto ularni etik (axloqiy) muammolar ham qiziqtiradi. Ularda
axloqiy masalalar yuzasidan kuchli baholash tizimi vujudga kela boshlaydi. Bu
jarayonda tushunarsiz hisoblangan, tasavvur qilingan dalil va isbotlar ular
tomonidan qabul qilinmaydi. Ilk o`spirinlar o`z faoliyatlarida hissiyot va irodaning
kuchli xatti-harakatlari hamda tafakkurning faolligi bilangina tavsiflanib
qolmasdan, balki mustaqillikka (shaxs sifati tariqasida) intiladilar. Ular uchun
munozarali, bahsli kechalar, eksperimental laboratoriya mashg`ulotlari, erkin
seminar mavzulari katta qiziqish, motiv, moyillik uyg`otuvchi stimul hisoblanadi.
Bularning barchasidan unumli foydalanish orqaligina har bir o`qituvchi o`z
o`quvchilaridan mustaqil ravishda o`z ma`lumotini uzluksiz oshirib borish
qobiliyatini yanada takomillashtirish mumkin.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, ilk
o`spirinlik davriga kelib o`quvchilarning bilish (kreativ-ijodiy) faoliyatidagi ijobiy
o`zgarishlar, kasb-hunar motivlari, intilish, moyillik, tabiat va jamiyatga nisbatan
ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik munosabat ular shaxsining tarkib topishida
(ijtimoiylashuvida) muhim rol o`ynaydi.
33
Odatda har bir yosh davrining psixologik xususiyatlari tadqiq etilganda undagi
alohida (individual) shaxsning o`z tengdoshlari davrasidagi (mikromuhitdagi) o`rni
va ular bilan o`zaro hamda shaxslararo munosabatlari alohida izlanish predmeti
sifatida ko`rib chiqiladi. Xuddi shu bois, ilk o`spirinlik davrining asosiy
xususiyatlaridan yana biri sifatida shuni ta`kidlash joizki, bu davrga kelib ularda
shaxslararo munosabatlarda ota-ona, o`qituvchi, tengdoshlari, norasmiy guruh
a`zolariga nisbatan qayta oriyentatsiya (reoriyentatsiya) qilish jarayoni tugallanadi.
Ma`lumki, o`z tengdoshlari bilan muomalaga (muloqotga) kirishish ehtiyoji
insonda 4-5 yoshidayoq vujudga kelsa-da, ushbu ehtiyoj borgan sari kuchayadi,
jadallashadi, ko`lami ortadi, buning natijasida reoriyentatsiya jarayoni namoyon
bo`ladi, tobora barqarorlashib boradi.
Materiallarning psixologik tahliliga qaraganda, ilk o`spirinlik davrida tengdoshlar
o`rtasidagi muomala, muloqot uch xil ko`rinishdagi funksiyani bajaradi:
1.Axborot (informatsiya) kanali.
2.SHaxslararo munosabatlarni shakllanish jarayoni.
3.Emotsional-hissiy aloqa (kontakt) o`rnatish vositasi (o`zaro ta`sir yoki
interaksiya).
4.Axborot (informatsiya) kanali yuzasidan shuni aytib o`tish lozimki, ilk
o`spirinlar o`z tengdoshlaridan muayyan darajada tabiat, jamiyat, fan va texnika
to`g`risidagi
ma`lumot
(xabar)larni
oladilar.
Jinslar
(genderlik)haqidagi
ma`lumotlarning deyarli aksariyati tengdoshlar bilan bo`lgan muloqotda, muomala
jarayonida o`zlashtiriladi, qolaversa ularga nisbatan shaxsiy munosabati
shakllanadi. Shuning uchun tengdoshlari bilan munosabatga kirishmaslikning o`zi
ijtimoiy-psixologik voqelikka daxldor salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin,
buning natijasida ularning psixikasida rivojlanishdan orqada qolish hodisasi
vujudga keladi. Axborot taqchilligi shaxsni sust harakat qilishga, loqaydlikka olib
boruvchi illatni namoyon etadi.
1.
SHaxslararo munosabatni shakllanish jarayoni – ilk o`spirinning o`z
tengdoshlari orasida axloqiy va nafosatga oid bilim, ko`nikma, madaniyatni
34
egallaydilar. Jamoada, guruhda, jamoatchilik o`rtasida o`zini tuta bilishlik, o`zini
o`zi ham jismonan, ham aqlan idora qilishlik bolalik davridayoq tengdoshlar
davrasida shakllana boradi. Mazkur davrda munosabatlarning me`yori, mezoni,
paralingvistik, ekstralingvistik, prosemik, operativ-kinestetik fenomenlari bilan
qurollanish vaziyati yuzaga keladi.
2.
Emotsional-hissiy aloqa (kontakt) o`rnatish vositasi (interaksiya funksiyasi)
– guruhning tenghuquqli a`zosi (ishtirokchisi, hamkorlik faoliyati sub`ekti)
ekanligini anglash (tushunish, o`zini o`zi tan oldirish, o`z “Men”ligini tasdiqlash),
undagi o`rtoqlarcha, do`stona (xolisona) o`zaro yordam ilk o`spirinning mustaqil
shaxs sifatida shakllanishida ko`mak beribgina qolmasdan, balki unga emotsional-
hissiy kechinmalar, tuyg`ular, yuksak hislar (aqliy, axloqiy, lazzatlanish, ehtiros,
eyforiya, kayfiyat, affekt, stress, depressiya kabilar) to`g`risida ma`lumotlar hamda
ulardan ijtimoiy turmushda foydalanish yo`l-yo`riqlari bilan tanishtiriladi.
Bularning barchasi mazkur yoshdagi o`g`il-qizlarni barkamol shaxs sifatida
shakllanishga puxta, barqaror, mustahkam psixologik negiz yaratadi.
Ilk o`spirinlarning tengdoshlari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, ular ishtirok
etgan jamoasi (guruhi) tushunchasini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan izohlab
berishga, tavsiflashga harakat qilamiz. Bizningcha (E.G`.), bu tushuncha ikki xil
ma`no, mohiyat kasb etishi, shuning uchun ikki toifaga mansub sifatida talqin
qilinishi mumkin.
1.
Tor ma`nodagi, ya`ni ko`lami ixcham bo`lgan ijtimoiy-psixologik
xususiyatli guruh birlashmasi (rasmiy yoki norasmiy bo`lishidan qat`i nazar)
ko`rinishi, shakli sifatida.
2.
Keng ma`nodagi, ya`ni ko`lami keng, umuman olganda keng miqyosdagi
tanish va notanish tengdoshlarni birlashtirish tariqasida. Lekin ta`bir joiz
bo`lganligi tufayli shuni aytish kerakki, tor ma`nodagi ijtimoiy-psixologik guruhlar
sifatidagi tengdoshlar jamoasi bir tomondan turli yoshdagi, kasbdagi yoshlarni,
masalan, sport komandasi a`zolarini o`z ichiga qamrab olishi nazarda tutilsa,
ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy kelib chiqisha jihatdan turli kasb-hunar egalaridan
35
tashkil topgan bo`lishi mumkin, chunonchi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey
o`quvchilari, xizmatchilar, ishchilar, qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanuvchilar va
boshqalar.
Ilk o`spirinlar psixikasi tadqiqot qilinar ekan, ular ko`pincha referent guruhlarga
taalluqli ekanligi uqtirib o`tiladi, ya`ni ularga o`z ta`sirini o`tkaza oladigan hamda
alohida o`g`il yoki qiz uchun muayyan qiymatga ega bo`lgan guruh gavdalanadi.
Psixologiya fanida ilk o`spirinlik davri ikki xil guruhga ajratiladi:
1)
rasmiy guruhlar, ya`ni muayyan muhitga daxldorligi, yaqqol vaqt hamda
fazoda hamkorlik tizimiga aloqadorligi;
2)
ixtiyorsiz, g`ayritabiiy, spontan tarzda vujudga keluvchi guruhlar.
Odatda rasmiy guruhlar katta yoshdagi insonlar tomonidan tashkil toptirilgan,
shakllantirilgan, ham ijtimoiy, ham psixologik mexanizm bilan boshqariladigan
hamda jamiyat tashkilotlari tomonidan nazorat qilib turiladigan odamlar
jamlanmasi (birlashmasi)dir. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan ular ham o`z
navbatida ikkitaga bo`linadi: a) o`rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji
o`quvchilari, “Kamolot” tashkilotlari; b) sport komandalari va seksiyalari,
madaniyat uyi va o`quvchilar saroyidagi turli to`garak a`zolari.
Ilk o`spirinlarning ixtiyorsiz, g`ayritabiiy, spontan guruhlari esa mazkur yosh
davridagi o`g`il-qizlarning o`zlari tomonidan o`rtoqchilik, do`stlik, tengdoshlik
asosida tashkil topadi. Psixologik ma`lumotlar qiyosiy tahlilining ko`rsatishicha,
g`ayritabiiy guruhlar ham o`z navbatida uch xil xususiyatga, ko`rinishga,
morfologik tuzilishga ega bo`lishi mumkin:
1)
prosotsial guruhlar – rasmiy jihatdan hech qaysi jamoaga, guruhga qarashli
bo`lmasalar-da, biroq ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi, faoliyat
mahsuliga ega bo`lgan, jamoa yoki kengroq ma`noda jamiyat a`zolari bilan bir
tekis qadam tashlovchi, ruhan sog`lom, zamon nafasiga hamohang hissiyotni
gavdalantiruvchi ilk o`spirinlardan tashkil topgandir;
2)
asotsial guruhlar – ularni muayyan muhitga ijtimoiy foydali mehnat
birlashtirmaydi. Bu guruhlar deyarli biror narsa bilan umumiy tarzda
36
qiziqmaydilar, boshqacha so`z bilan aytganda, ularda ijtimoiy motivatsiya qariyb
latent holatida, biroq ularning a`zolari bo`sh vaqtini birga o`tkazish uchun
uchrashadilar, xolos. Ilk o`spirinlarning bunday guruhlari jamiyatda, uning
infratuzilmalarida uchrab turadi. Aksariyat hollarda ular xarakteridagi beqarorlik
mavjud bo`lganligi sababli antisotsial (aksilijtimoiy) guruhlarga aylanib qolish
xavfi bor. Ma`lumki, bir stakan maydan mayxo`rlikka, qoidabuzarlikdan
jinoyatchilikka o`sib o`tish o`rtasida masofa unchali katta emas.
3)
antisotsial (aksilijtimoiy) guruhlar – bu ilk o`spirinlar jamiyatning axloqiy
normalariga
(me`yorlariga),
milliy
qadriyatlarga,
ma`naviy
mezonlarga,
belgilangan qonunlarga qarshi, zid mashg`ulotlar bilan anglagan, goho anglamagan
holda shug`ullanadilar. O`z sinfida, kursida yoki tengdoshlari, o`rtoqlari o`rtasida
o`z o`rnini topa olmagan ilk o`spirinlar bunday guruhni tashkil qiladi. Aksariyat
hollarda bunday guruhlarning liderlari jinoyatchilar, retsedivistlar hisoblanadilar,
ularning xatti-harakatlarini ashaddiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqaradilar.
Bunday guruhlarning a`zolari oddiy bezorilikdan tortib, to murakkab
jinoyatchilikka qadar sa`y-harakatlarini amalga oshiradilar. Bunday guruhlarga
daxldor ilk o`spirinlar vujudga kelishini oldini olish uchun oila, mahalla, maktab,
kollejlar, akademik litseylar, “Kamolot” ijtimoiy harakati hamkorlikda ular
ruhiyatidagi og`ishni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etish zarur. Bu yo`nalishda olib borilgan psixologik tadqiqotlar
natijasining ko`rsatishicha, o`qituvchilar tomonidan aql-idroki, qobiliyati,
ma`naviy olami, qiziqish motivatsiyasi oqilona baholanmagan, tengdoshlari
davrasida hurmat, e`tibor qozona olmagan, oilada shaxslararo munosabatlarda
muayyan maromga erisha bilmagan ilk o`spirin yoshidagi o`g`il-qizlar
qonunbuzarchilik yo`lini tanlaydilar. Ular uchun jinoyat, jinoyatchilik tengdoshlar,
voyaga yetganlar davrasida o`zini ko`rsatish va tan oldirish, o`zgalar diqqat-
e`tiborini o`ziga jalb etish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bunday toifaga aloqador
ilk o`spirinlar o`zlari amalga oshirayotgan jinoyatlaridan asosiy maqsad nima
ekanligini anglab yetmaydilar. Ular bilan psixologik mashg`ulotlar o`tkazish,
37
psixotreninglar tashkil etish, psixoterapiya vositalaridan foydalanish, proyektiv
metodlarni tatbiq qilish orqali psixologik og`ishni kamaytirish mumkin. Ilk
o`spirinlarni o`zini o`zi baholashga, nazorat qilishga o`rgatish, irodasini
takomillashtirish mashg`ulotlarini o`tkazish ijobiy natijalarni keltiradi. Eng
samarali vositalardan biri – bu ularda qiziqish ko`lamini kengaytirish, motivlarni
motivatsiyaga o`sib o`tkazish, ichki imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga
yo`naltirish.
Ilk o`spirinlik davrida biror ijtimoiy guruhda o`z o`rnini topish uning uchun
qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, shunga qaramasdan bu ontogenez
bosqichida eng rivojlangan his bu do`stlik bo`lib hisoblanadi. Ilk o`spirinlar
o`zlarini qanchalik ko`rsatishga (namoyon etishga, ro`yobga chiqarishga)
intilmasinlar, ko`pincha o`zlarini tushuna va anglay oladiganlarni juda
qadrlaydilar. Ular o`z do`stlarining oldiga o`smirga o`xshab umuman bajarib
bo`lmaydigan, noreal talablarni qo`ymaydilar, bunday do`stlik nafaqat mustahkam,
barqaror bo`libgina qolmay, balki u chuqur negizga ega bo`la boradi. Ilmiy
tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko`rsatdiki, barcha ilk o`spirinlarda
do`stlikning mustahkamligi bir xil emas ekan, Chunki bu turli ko`rinish ijtimoiy-
madaniy, aqliy-ijodiy shart-sharoitlar bilan uzviy bog`liqdir. Qizlar bilan yigitlar
o`rtasidagi do`stlik tuyg`usiga nisbatan munosabat ham turlicha ma`no-mohiyatga
ega ekan. Masalan, shaharda yashaydigan yigit va qizlarda bu do`stlikning
mustahkamligiga ishonch kuchliroqdir. SHunga qaramasdan, yigitlarga nisbatan
bokira qizlarda bu munosabat jiddiyroqdir. Ilk o`spirinlik davrida bu tuyg`u juda
katta ahamiyat kasb etadi, hatto ijtimoiylashuvning muhim fenomeni sifatida
gavdalanadi. Bir tomondan u ilk o`spirin uchun uning ichki dunyosini ochishga
xizmat qilsa, o`zini o`zi anglashga yordam bersa, ikkinchi tomondan bu yuksak
tuyg`u do`stlik o`zgalarni tushunishga harakat qilishning ijtimoiy turmush maktabi
vazifasini bajaradi. SHuning uchun shaxsning ilk o`spirinlik davridagi do`stlikka
(ilk muhabbatga aylanish ehtimoli mavjudligi tufayli) o`qituvchilar jiddiy
munosabatda bo`lishlari ayni muddaodir. Unga o`tkinchi mayl sifatida to`sqinlik
38
qilmay, balki uni yigit-qizlarga avaylashga, qadrlashga, ulug`lashga o`rgatish
kerak, toki u ilk o`spirinlar emotsional-hissiy kechinmalarining regulyatoriga
aylansin. Ilk o`spirinlarni do`stlashish vaqtida shaxsning yoshiga ham e`tibor
berish ijtimoiy turmushda foydadan holi emas, Chunki u kishining ruhiy holatiga
kuchli ta`sir etadi, hatto larzaga keltiradi (shirin tuyg`u, murakkab kechinma,
eyforiya, ruhiy madad, stress, depressiya va boshqalar).
Jahon psixologlarining tadqiqot natijalari quyidagi ma`lumotlarni tavsifga imkon
beradi. Ularni umumlashtirish: ilk o`spirini yigitlar do`stlashishida: 75-85%
tengdoshini, 15-18% katta yoshdagilarni, 1-7% kichik yoshda bo`lishini ma`qul
ko`radilar. Ilk o`spirin yoshidagi qizlarda esa olingan ma`lumotlar o`zgacha
xususiyatga ega. Ular: 50-60% tengdoshlari bilan, 40-50% katta yoshdagilar bilan,
kichik yoshdagilar bilan do`stlashmaslikni afzal ko`radilar. Psixologlarning
talqiniga qaraganda, buning barchasi ulardagi ideal do`stlik haqidagi
tushunchalarning turli-tumanligi bilan bog`liq ekanligi ta`kidlanadi. Biroq ilk
o`spirinlik davridagi do`stlikning eng muhim xususiyatlaridan biri shuki, ular o`z
do`stining ijtimoiy o`rniga, psixologik xususiyatlariga, hayotiy ustanovkalariga
asoslangan holda tanlab olmaydilar.
Fransuz psixologi Zazzo ilk o`spirinlardagi, shu jumladan, o`smirlikda kechadigan
do`stlikka ta`rif berar ekan: “Bu davr eng sidqidil va olijanob davrdir” degan edi.
Keltirilgan olim fikrining asl ma`nosi shuki, ilk o`spirinlar eng pok do`stlikka,
ya`ni sevgiga ega bo`lib, goho undan norozi bo`ladilar, iztirob chekadilar, Chunki
bu do`stlik juda ko`p ziddiyatlar makonidir. Ilk o`spirinlar do`stlikka intilmasinlar,
bunga bo`lgan ehtiyoj prinsipial jihatdan qondirilmay qolaverishi ham mumkin. Ilk
o`spirinlarning do`stligi to`g`risida beto`xtov, uzluksiz mulohaza yuritish mumkin,
shuning uchun bu ma`ruzada yoritilmasdan qolib ketgan masalalar yuzasidan
materiallarni mustaqil ta`lim soatlarida o`rganib, o`zlashtirib olasizlar, deb ularga
ishonch bildirish maqsadga muvofiq.
Ilk o`spirinlarda dunyoqarash muammosining tahlili shaxs shakllanishining muhim
bo`g`imi bo`lib hisoblanadi. Dunyoqarash – jamiki olamga (o`n sakkiz ming va
39
undan ortiq) nisbatan shaxsning munosabati borliqning asosi va prinsiplari
haqidagi tasavvurlar tizimi, odamning turmush falsafasi, uning barcha
bilimlarining yig`indisi va natijasi. Dunyoqarash bilimlar tizimidan tashqari
e`tiqodlar, qadriyatlar, ma`naviyat tizimini ham o`z ichiga qamrab oladi. Ular
dunyoqarashiga xos bo`lgan izlanishlardan biri o`z hayotining (turmushining)
ma`nosini qidirishdir. Ilk o`spirin yigit va qiz hayotining shunday bir formulasini
topishni istaydiki, bu formula turmushning barcha qonunlari, qoidalari,
mexanizmlari, prinsiplari, holatlari, xususiyatlari, hodisalari va jarayonlarini o`z
ichiga qamrab olishdan iboratdir.
Dunyoqarash ikkiyoqlama tavsifdan tashkil topadi va o`ziga xosligini namoyon
etadi. Kognitiv – kognitiv nuqtai nazardan dunyoqarash ob`ektiv borliqni
qanchalik to`g`ri aks ettirish bilan tavsiflanadi. Akseologik – akseologik nuqtai
nazardan esa –dunyoqarash shaxs faoliyatini qanday boshqarilishi bilan
tavsiflanadi. SHuni ta`kidlab o`tish joizki, dunyoqarash inson faoliyatini boshqarar
ekan, u progressiv yoki reaksion optimistik yoki neosimistik faol ijodiy yoki sust-
kuzatuvchan bo`lishi mumkin. Biz yuqorida ilk o`spirinlarning rivojlanishidagi eng
asosiy xususiyatlarini ko`rib chiqdik, xolos.
|