42
Progressiv matritsalar orginal hajmi 7,5x11,5 sm ni tashkil etadi. Topshiriq intelekt
testi yoki maxsus perseptiv qobiliyatlar testi sifatida taklif etiladi. Topshiriqlarni
namoyon qilish vaqti quyidagi standartdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqildi.
Testni to`liq o`tkazish uchun odatda 20-25 minut vaqt sarflanadi. Testning S va D
seriyalari to`liq mos kelmasligi sababli bu vaqt 1-4 topshiriqlar uchun 3-5 sekund,
5-8 topshiriqlar uchun 6-10 sek. 9-12 topshiriqlar uchun 11-15 sek oralig`ida
bo`lishi mumkin. Topshiriqlarni namoyish vaqti taxminiy bo`lib, tadqiqot
maqsadlari eksperimentning borishi, tekshiriluvchilar kontingenti xususiyatlardan
kelib chiqib bu vaqt o`zgartirilishi mumkin: Olingan natijalar matematik jihatdan
qayta ishlanib, o`rtacha arifmetik qiymat hisoblanib grafiklarda
ifodalanadi.
Tadqiqot ishimizda qo`llanilgan metodikalardan uana biri T. Linning shaxslararo
munosabatlarni diagnostika qilish metodikasidir. Ushbu metodika 1954 yilda T.
Liri, G.Leforne, R.Sazek tomonidan tuzilgah bo`lib, u subyektning o`zi haqidagi va
“ideal meni” haqidagi tasavvurlarni hamda kichik guruhlarda o`zaro
munosabatlarni o`rganishga mo`ljallangan. Metodika yordamida o`z o`zini
baholash va o`zaro baholashda odamlarga bo`lgan munosabatlarning ustunlik
qiluvchi tipi aniqlanadi.
Shaxslararo munosabatlarning tadqiq qilishda ko`pincha 2 ta omil ajratib
ko`rsatiladi: ustunlik qilish bo`ysunish hamda do`stlik agressivlik, aynan ana shu
ikki omil shaxslararo idrok jarayonida inson haqidagi umumiy tasavvurlarni
belgilab beradi.
Asosiy ijtimoiy orientatsiya (yo`nalish) larni tasavvur qilish uchun T. Liri aylana
shakldagi shartli shemani ishlab chiqdi. Bu aylana bir necha sektorlarga bo`lingan.
Aylanada gorizontal va vertikal chiziqlar bo`yicha
Dostları ilə paylaş: