O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

Amaliy mashg`ulot. 
“O`zingni–o`zligingni angla” 
Yuqori sinf o`quvchilari uchun o`tkaziladigan korreksion mashg`ulot
(suhbat, bahs, munozara). 
Maqsad: Xarakteri va shaxsiy sifatlari, xulqida og`ishlar kuzatilayotgan 
yuqori sinf o`quvchilarining xatti-harakatini kuzatish, “o`zini-o`zligini anglash”, 
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish hamda kayfiyat va hulq-atvorini boshqarishga 
o`rgatish. 
Ko`rgazmali qurollar: 2 dona oq karton qog`ozda (qo`l panjalarining 
kattalashtirilgan tasviri) o`ng va chap qo`lning kaftlari va barmoqlarining chizilgan 
tasviri, yoqimli kuy (qushlarning sayrashi, suvlarning shildirab oqishi). 
O`quvchilar soniga qarab ruchka, oq qog`oz beriladi, (o`chirg`ichdan 
foydalanish qat`iyan man etiladi).
Mashg`ulotga tayyorgarlik: Bu korreksion mashg`ulot ko`pdan buyon 
bir sinfda o`qiydigan, bir – birini yaxshi biladigan o`quvchilar bilan yarim doira 
shaklida joylashtirilgan stolda o`tkaziladi. O`quvchilar bir - birini ko`rib turishi 
kerak. 
Mashg`ulotning borishi: 


Psixolog: har bir inson individ holida dunyoga keladi, ya`ni chaqaloq 
holida, tashqi muhit taassurotlarisiz dunyoga keladi. Inson hayoti davomida, oila 
a`zolari, tevarak – atrofdagi insonlar, tengdoshlar ta`siri ostida ulg`ayib, shaxs 
sifatida shakllanib boradi. Inson shaxs bo`lib shakllanish jarayonida, o`zi bilib 
bilmagan holda, xarakter xususiyatida yutuq, kamchilik va nuqsonlari bilan voyaga 
yetadi, hech bir inson mukammal emas.
Shunday ekan, o`zimizda bor bo`lgan, lekin o`zimiz sezmagan, tan 
olmagan xato va kamchiliklarni, oila a`zolari, do`stlar tomonidan baholanishini 
to`g`ri qabul qilib, ularni o`z vaqtida tuzatib borsak, kelajakda yetuk shaxs bo`lib 
shakllanamiz. 
Psixolog: hurmatli o`quvchilar, Sizlar ko`pdan buyon bir sinfda o`qib, 
do`stlashib kelyapsiz. Bir – biringiz xarakteringizdagi yutuq va kamchiliklarni juda 
yaxshi bilasiz. Hozir hammangiz partangiz ustidagi oq qog`ozni pastki qismiga 
ism, familiyangizni yozing. Chap qo`lingizni oq qog`oz ustiga qo`ying, barmoqlar 
orasini katta ochgan holda, kaft va barmoqlar atrofidan bilakgacha kontur chiziqni 
chizing. Endi varag`ingizni teskari tomonida huddi shu holni o`ng qo`lni qo`ygan 
holda takrorlang. 
Diqqat bilan quloq soling, har bir o`quvchi sinfdoshi xarakterida mavjud 
bo`lgan, kuzatgan kamchilikni chizilgan chap qo`l barmoqlari orasiga faqat bitta 
kamchilikni yozib yonidagi partadoshiga uzatadi, varaqda yozilgan so`z qayta 
takrorlanmasligi kerak. 
Varaq soat strelkasi bo`yicha o`ng tomondan boshlanib, birinchi o`tirgan
o`quvchidan, toki oxirgi stolda o`tirgan o`quvchining qo`ligacha galma – galdan 
yetib borishi kerak. Chap qo`l barmoqlari chizilgan varaqqa, o`quvchi 
xarakteridagi kuzatilgan kamchilik yozib boriladi. Endi varog`ning teskari 
tomoniga o`ng qo`l barmoqlar va kaftlar orasiga o`quvchilar xarakterida mavjud 
bo`lgan yutuqlar yozib boriladi, ish xuddi yuqoridagidek bajariladi.


Mashg`ulot davomida o`quvchilar o`zini erkin his qilishlari uchun sharoit 
yaratilishi kerak. O`quvchilar yuz qiyofalari, xatti- harakatlari o`zgarishini kuzatib, 
natijalarini psixolog o`z daftariga qayd qilib boradi.
Yutuq va kamchiliklar yozilgan varaq navbati bilan har bir o`quvchining 
o`z qo`liga yetib boradi. Psixolog o`quvchilarning o`ziga tegishli bo`lgan varag`ni 
olib ko`z yugirtirayotgan vaqtidagi holatlarini kuzatib, kuzatuv natijasini belgilab 
qo`yadi.
Psixolog, sinfdoshlaringiz tomonidan xarakteringizda mavjud bo`lgan, 
lekin o`zingiz sezmagan, yutuq va kamchiliklarni bilib oldingiz. Bu mashg`ulotni 
o`tkazishdan maqsad, o`quvchi shaxsiyatini kamsitish, uni xo`rlash, xarakteridagi 
kamchilikni hammaga oshkor qilish emas, balki o`sha shaxsga tegishli bo`lgan 
kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etib, uni kelajakda mukammal shaxs bo`lib 
yetishishiga ko`maklashishdan iborat. Mashg`ulot davomida aytilgan kamchiliklar, 
tavsiyalar begonalarga oshkor qilinmasdan, faqat shu sinf o`quvchilari orasida 
qat`iy sir saqlanishi shart.
O`quvchining o`quv faoliyatidagi muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy 
psixologik omillar uning aqliy rivojlanishi va o`qishga munosabatidir. Xulqida 
og`ishi bor o`quvchilar o`zi haqida, o`zining hulq – atvori to`g`risida kamdan – 
kam o`ylaydilar. Ko`pincha ular o`zlariga noto`g`ri baho beradilar, bunda ular o`z 
fazilatlari va imkoniyatlarini oshirib, yoki pasaytirib baholaydilar..
Mashg`ulot oxirida psixolog, o`quvchilar bayon qilgan fikr, mulohazalarni 
umumlashtirib xulosalaydi, kamchiliklar kimga tegishli ekanligini aytmasdan 
uning sabablari, undan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar muhokama etiladi
o`quvchilar bahsga tortiladi, bu kamchiliklarni bartaraf etish yo`llari to`g`risida 
fikr almashinadi. 
Psixolog o`quvchilar xarakterida mavjud bo`lgan yutuqlarni rivojlantirish 
va kamchiliklarni tuzatish, o`z xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash


o`zining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, ko`nikma va malakalarni 
rivojlantirish haqida tavsiyalar beradi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin