O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


O`quvchilarni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

2.4. O`quvchilarni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga 
yo`naltirish hamda tavsiyanomalarni berish. 
 
Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish 
bo`limlari o`quvchilarni kasbga yo`naltirish pedagogik-psixologik diagnostikasini 
metodik ta`minlash kichik guruhlari, o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish 
ishlari samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Umumiy o`rta ta`lim muassasalari ta`lim olayotgan 9-sinf bitiruvchilarining 
qiziqishi, qobiliyati va moyilligi o`quv yili davomida kasbiy, psixologik-pedagogik 
tashxis metodikalari natijalari hamda o`quvchida namoyon bo`lgan qiziqish va 
moyilliklarning yo`nalishi ota-onalar, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan 
o`tkazilgan suhbatlar asosida aniqlanadi.
O`quv yilining yakunida o`tkaziladigan yig`ilishda komissiya mazkur 
masalani ko`rib chiqadi, atroflicha muhokama etib, har bir o`quvchiga o`rta 
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasining tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha 
o`qishni davom ettirishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Komissiyaning xulosa va tavsiyalari “Tashxis xaritasi”ga yoziladi va 
“Tashxis xaritasi”ga komissiya raisi va a`zolari imzo va muhr qo`yib 
yakunlaydilar. Komissiyaning tavsiya va xulosalari “Tavsiyanoma”ga ham 
ko`chirib yoziladi.
Komissiya yig`ilish bayonlari, qarorlar rasmiylashtirilib, komissiya 
hujjatlarining yig`ma jildiga tikiladi, maktab amaliyotchi psixologi yoki kasb-
hunarga yo`naltiruvchisi komissiya kotibi etib tayinlanadi va komissiya ishining 


asosiy hujjatlarini yuritadi hamda har bir yig`ilish bayonlarini yozib boradi. (1-
ilova) 
Tavsiyanomalar to`ldirish va taqdim etish muddatlari har yilning
1 iyunidan 20 iyunigacha qilib belgilanadi. Hududiy kamissiyalar ushbu muddatda 
bitiruvchilarga beriladigan tavsiyanomalarni xatosiz va o`ta talabchanlik asosida 
to`ldirishlari va alohida jurnalga qayd etilib, barcha imzolar bilan taqdim etishga 
tayyor holga keltirishlari lozim.
Tavsiyanomalarni qayta to`ldirish va buzilgan tavsiyanoma o`rniga yangi 
nusxasini berish davlat hujjatlarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi. 
9-sinf o`quvchilariga “Tavsiyanoma” lar berish to`g`risidagi komissiya 
qarori, “Tashxis xaritasi”dagi xulosa va tavsiyalar, “Tavsiyanomalar berilishini 
qayd etib borish daftari”dagi yo`nalish va “Tavsiyanoma”da yozilgan yo`nalishlar 
bir xil bo`lishi kerak. (2-ilova) 
Mazkur yo`nalishlarni ham barcha amaliyotchi psixologlar bilmaydi, 
natijada noto`g`ri yo`nalish ya`ni kasb-hunar kollejlari nomi va bu yerdagi 
yo`nalishlarni yozib qo`yishadi. Masalan, amaliyotchi psixologlar 9-sinf 
o`quvchilarining “Tavsiyanoma”siga “Kompyuter”, “Boshlang`ich ta`lim”, 
“Tikuvchilik”, “Agronom”, “Jismoniy tarbiya” kabi noto`g`ri yo`nalishlarni yozish 
hollari uchramoqda.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin