O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

 


 
 
 
2.3. Tarbiyasi og`ir bolalar bilan ishlash 
Psixolog o`z faoliyati doirasida tarbiyasi qiyin o`quvchilar” bilan ham 
ishlaydi. Bunda tarbiyasi qiyin bo`lishlikning sabablarini o`rganish, profilaktik, 
psixodiagnostik, psixokorreksion ishlarni tashkil etish, amalga oshirish va uni 
bartaraf etish choralarini ishlab chiqishi hamda o`quvchi, o`qituvchi, ota-onalar 
uchun tavsiyalar ishlab chiqishi lozim.
Bu 
vazifalarni 
hal 
etishda 
o`kuvchilar 
o`rtasidagi 
shaxslararo 
munosabatlarni yaxshilash, o`smirlar o`rtasida, shuningdek, ular bilan kattalar 
o`rtasida to`g`ri insoniy, ishontiruvchi o`zaro munosabatni ta`minlash muhim rol 
o`ynaydi. 
Maktabda tarbiyasi qiyin o`quvchilarni o`rganish bo`yicha buyurtma kelib 
tushgan kundan boshlab, tarbiyasi qiyin o`quvchi bilan individual ishlar tashkil 
etish, psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarning rejalari tuziladi va psixolog 
tomonidan vazifalar belgilanadi. Tarbiyasi qiyin o`quvchilar ro`yxatida turgan har 
bir o`quvchi uchun shaxs kartasi tuziladi va quyidagi tartibda yuritiladi. 
Shaxs karta
Izoh: o`quvchi shaxs kartasi asosan talab va takliflar asosida tuziladi. 
SHaxs kartasida o`quvchini o`rganish davomida borilgan suhbatlar, diagnostik 
hamda korreksion tuzatish ishlarining tahlil natijalari, berilgan maslahat va 
tavsiyalar yozib boriladi. O`rganilgan barcha ma`lumotlar “Tarbiyasi qiyin 
o`quvchilar bilan ishlash” papkasida saqlanadi va u boshqalardan qat`iy sir 
saqlanishi tavsiya etiladi.
O`quvchi shaxs kartasining tuzilishi quyidagicha:


1. O`quvchining ismi, familiyasi, sinfi; 
2. Sinf rahbarining ismi, familiyasi; 
3. Oilaviy sharoiti 
A) Oila a`zolari (ota-onasining ismi, familiyasi, aka-uka, opa-singillarning ismi, 
familiyasi, oilada nechanchi farzand ekanligini ko`rsatish); 
B) Yashash sharoiti (bolaning dars tayyorlashi uchun sharoit yaratib berilganmi); 
V) Oilaviy tarbiyaning o`rni (bola o`z holiga tashlab qo`yilganmi yoki uning 
qiziqishlari e`tiborga olinib, uning xatti-harakati nazoratga olinganmi?). 
4. O`quvchi salomatligi haqida ma`lumotlar (umumiy rivojlanishi, bola 
sog`lommi, biror xil yuqumli kasallikga chalinganmi, kasalliklarini davolanishlari 
haqida ma`lumotlar) 
5. O`quvchining alohida psixologik nazorat ostiga olinishining sabablari 
(buyurtma kim tomonidan berildi va qaysi maqsadda o`rganish uchun tavsiya 
etildi?)
6. Psixodiagnostik test natijalari (vaqtlari ko`rsatiladi). 
7. Kuzatishlar, alohida maslahatlarning natijalari
8. O`quvchining ota – onasiga, o`qituvchisiga tavsiyalar berish. 
O`quvchi shaxs kartasi maktab amaliyotchi psixologi tomonidan tuziladi. 
O`quvchining oilaviy sharoiti, oila a`zolarining bolaga bo`lgan munosabatlari
ya`ni, bolaning oiladagi o`rni, izohli tahlil qilinib, bolaning ota – onasiga, 
o`qituvchiga maslahatlar va tavsiyalar berib boradi. O`quvchining alohida 
psixologik nazorat ostiga olinishining sabablari o`rganib chiqilgandan keyin, test 
tahlillari, natijalar begonalardan qat`iy sir saqlanadi. Kuzatishlar, test natijalari 
faqatgina o`qituvchi va ota – onaga aytiladi.
Tarbiyasi qiyin bo`lgan o`quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni dars va 
darsdan tashqari o`quv tarbiya jarayonida tashkil etish mumkin. O`quvchilardagi 
muayyan kamchiliklarni tuzatish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz: 


1. O`smirdagi yaxshi fazilatlarni, qobiliyatlarni, uni jamoa o`rtasida ijobiy baho 
olishiga xizmat qiluvchi malakalarni aniqlash va ularni har tomonlama 
rivojlantirish. 
2. O`quvchini jamoat ishlariga jalb etib, vaqti-vaqti bilan uning jamoa oldida 
hisob berib turishi hamda jamoa tomonidan uning yutuqlariga baho berilishi. 
3. Maktabda va maktabdan tashqarida do`stona aloqalar o`rnatilishiga yordam 
berish. 
4. O`quv va jamoat topshiriqlarini mazmuni va hajmiga qarab asta-sekin 
murakkablashtirib borish, o`quvchi qo`lga kiritgan muvaffaqiyatlarga baho berish. 
5. Erishilgan muvaffaqiyatlar uchun muntazam ravishda rag`batlantirib borish.
6. Tanqidga turli munosabatda bo`lishga asta-sekin o`rgatib borish. 
7. O`quvchida tashqi tomondan sezilib turgan jismoniy kamchiliklar (masalan, 
semizlik, sepkillik, uzoqni ko`ra olmaslik va shunga o`xshashlar) mavjud bo`lgan 
taqdirda ular ustidan kulish, ularni masxara qilish mumkin emasligi yoki ularni 
izza qiladigan boshqa bir shakldagi harakatlar qilmaslik kerakligi xususida sinf 
jamoasi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borish;
8. O`quvchini jamoaning ijtimoiy hayotiga jalb etish hamda uning ishlari 
to`g`risida muntazam hisob berib turishni tashkil etish. 
9. Estetik tarbiya berish, bunda kiyim kiyish va axloq-odob estetikasiga aloxida 
e`tibor berish. 
10.Shaxsni o`z-o`ziga hamda o`z hatti-harakatlariga to`g`ri baho berishga 
o`rgatish, o`z-o`zini tarbiyalashga yordam ko`rsatish. 
11. O`quvchilarga ulardan chidamlilikpi, o`zini tuta bilishni, boshqalar bilan 
hisoblashishni, ularga bo`ysuna olishni talab qiladigan o`quv vazifalari hamda 
jamoat 
topshiriqlari 
berish, 
shuningdek 
shaxsning insoniy 
fazilatlarini 
shakllantirishga yordam beradigan topshiriqlardan foydalanish. 
12. O`quvchini asta-sekin rahbarlik qilish bilan bog`liq bo`lgan jamoat ishlariga 
jalb eta borish. 


13.O`quvchiga o`z irodasini tarbiyalab borishida yordam ko`rsatish. 
14. O`quvchining o`z xulq-atvori va faoliyati to`g`risida kollektiv oldida 
muntazam ravishda hisob berib borishini tashkil etish. 
15. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shug`ullanish. 
Demak, o`quvchilardagi mavjud kamchiliklarning bartaraf qilinishi ularni 
muayyan faoliyat yo`nalishlari va turlariga jalb etishni talab qiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin