O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Xalq ta`limi tizimida pisixalogik xizmat



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

1.2. Xalq ta`limi tizimida pisixalogik xizmat 
Inson faoliyati meyorda boshqarilishi maishiy, huquqiy, tibbiy texnik,bank 
va boshqa shu tarzdagi xizmat turlariga zarurat sezadi. Shular singari insonning 
o`zini-o`zi boshqarishi,o`zini-o`zi nazorat etishini taminlashda psixologik xizmat 
katta axamiyatga ega. 
Psixologik xizmat masalalari ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga 
tibbiyotda kriminalistikada,beznisda, reklama va axborotlar tarqatishda, sportda va 
ta`lim tizimiga jadallik bilan kirib bormoqda. 
Respublikamizda ta`lim tizimiga psixologik xizmat keng joriy etilayotgan 
soxa sifatida qarash mumkin.Ta`lim tizimiga psixologik xizmatni joriy etish 
ta`lim-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil etish, o`qituvchi va o`quvchi shaxsini 
shakllanishini 
nazorat 
etish 
xulq-atvoridagi 
og`ishlarni 
oldini 
olish,
o`quvchilarning o`lashtirishi va aqliy saviyasini baxolash, iqtidorli va aqliy 
taraqiyotidan ortda qolayotgan o`quvchilarga psixologik yordam ko`rsatish, 
pedagogik jamoada psixologik muxitni shakllantirish va shu singari bir qator
ishlarni yo`lga qo`yishi bilan haraktirlanadi. 
Shu bois bu soha eng izchil yo`nalish sifatida psixiologik tashxisni yo`lga
qo`yish kerak bo`ladi. 
Psixologik tashxis ta`lim muassasalaridagi mutaxasisning ish
faoliyatida mo`ljal olishga va psixologik xizmatning boshqa turlari bo`yicha
chora tadbirlarni belgilashga yordam beradi.Buning uchun psixologik tashxisni 
to`g`ri tashkil eta olish kerak. 
Psixologik tashxis yoki psixologik testlarni joriy etish bir asrdan ko`proq
tarixiy davrga ega. 
Chunki, ilk psixologik tashxis vositalari ham ta`lim muammolariga
qaratilganligi bois (fransuz psixologlari Beni Simonning “aqliy yoshni aniqlash” 


shkalasi) u insonning tarixiy taraqiyotning keyingi bosqichlarida yangidan 
yangi tashxis vositalariga zarurat sezmoqda. 
Ta`limda psixologik tashxisni joriy etishning murakkab va nozik 
tomonlari bor. Hozirgi kunda ta`lim tizimida psixologik xizmatni yo`lga qo`yishda
amaliyotchi psixologlar tayyorlashga aloxida etibor berilmoqda. 
Ularning mutaxasis sifatida tayyorgarlik darajasi psixologik xizmatni, 
xususan, psixologik tashxisni tashkil etishga yetarlicha tasir ko`rsatadi. 
Talim muassasalarida zexn testlar(entiliktual testlar) dan foydalanish
eng nozik masalalardan biri sanaladi. Bunday testlardan foydalanish mavjud
variantlarni to`g`ridan to`g`ri tadbiq etish emas, ularning qo`yilgan maqsadni
baxolashga yordam berishini tekshirish lozim va so`ngra qo`llash maqsadga
muvofiq. 
Aynan o`quvchining aqliy saloxuyatini yoki o`qituvchini shaxsiy
xususiyatlarini tashxis etish zamirida katta mano bor. Ushbu ma`no o`zining
xaqiqiy timsolini hosil qila olishi psixologik xizmat ko`rsatayotgan
mutaxasisning salohiyatiga bog`liq bo`ladi. 
Qisman xato ham inson taqdiri va qadr-qimmatiga zarba berishi
mumkin. Biz shu bois ta`lim tizimida psixologik tashxisni tashkil etishda bir
qator holatlarni inobatga olish kerak deb hisoblaymiz. 
Shaxsni kuzatish,o`rganish,u bilan Psixologik tuzatish, maslaxat ishlarini 
olib borish, uning u yoki bu kasb koriga yaroqlilik jihatlarini maxsus o`rganis, 
shaxsni har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash vashu kabi tadqiqot 
natijalariga asoslangan holda manfatdor shaxslarga tegishli tavsiyalar berish, 
hozirgi zamon amaliy psixalogiyasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalardan 
hisoblanadi . Bu borada dunyoning rivojlangan mamlakatlari amaliyotchi 
psixologlari faoliyatida o`rganishga, o`zlashtirishga arzigulik tajribalar to`plangan. 


Agar mazkur masala tarixiga nazar solgudek bo`lsak o`tmish ajdodlarimiz 
tomonidan bu kabi ishlar amalga oshirilganligining shoxidi bo`lamiz . Masalan, 
sharqning buyuk mutafakkirlardan biri Nizomulmulk o`zining „Siyosatnoma“ 
(yoki „Siyar ul- muluk“) asarining „Xos va avomni qabul qilish haqida“ deb
nomlangan faslida, shaxsning kasbiy shakllanishi, bu borada Somoniylar davrida 
amalga oshirilgan tadbirlar haqida yozadi. Uning takidlashicha bir shaxsning 
xizmatga qo`yish uchun 7-8 yil davomida uni o`rganish, tayyorlash ishlari olib 
borilgan. Bunday „sinov“lardan muvaffaqiyatli saralanib, „ulug` ishlar qo`lidan 
keladigan bo`lganidan so`ng“ u tegishli raxbarlik yoki boshqa ma`suliyatli 
lavozimlarga qo`yilgan. 
Shuningdek, Hamidjon Homidiyning „Ko`xna sharq darg`alari“ nomli 
kitobiga yozilishicha, „Unsuriy, Sulton Mahmud davrida xatto Abu Rayxon 
Beruniydan –da yuqoriroq mavqega ega olim bo`lgan…Sulton Mahmud saroyidagi 
adabiy va ilmiy doiraga dahil bo`lish orzusida yurgan har bir ijodkorni imtihon 
qilish vazifasi Unsuriyga topshirilgan. Unsuriyning sinovidan o`tib, uning fatvosini 
olgan qalam sohibigina g`azna ma`naviy muhitiga qabul qilingan“. 
Bulardan ko`rinib turibdiki, hozirgi vaqtda psixologik tashxis, psixologik 
xizmat markazlari, amaliyotchi psixologlar, psixodiagnostiklar tomonidan olib 
borilayotgan ishlar o`sha davrlarda ham o`tmish mutafakkirlarimiz tomonidan 
yuqori savyada amalga oshirilib kelingan. Bu ishlarga jiddiy e`tibor berilib, ular 
o`z davrining eng yuqori mavqiyli mutaxassislariga ishonilgan. Buning provard 
natijasida o`laroq tarixda „Sharqning ilk uyg`onish davri“ deb nom olgan, VIII 
asrning XII asrlar, ya`ni Samoniylar davridan to G`aznaviylar davrigacha bo`lgan 
davrda Bag`dodda ”Bayt ul hikmat“ yoki „Mamun akademiyasi“ kabi yirik ilmiy 
markazlar tashkil qilingan. Bu davrda O`rta Osiyo xalqlarining madiniyati, ilm fani 
badiy adabiyoti yuksak darajaga ko`tarildi. 
Eski turkiy (o`zbek) adabiy tili ilm -fan tili, badiiy ijod vostasiga aylandi. 
Al-Xorazmiy, Yazid Tabariy, Abu mahmud Xo`jandiy, Abu Rayxon Beruniy, 
Abulqosim Hasan binni Axmad Unsuriy, Ja`far Narshaxiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu 


Nasr Farobiy, Axmad Yassaviy, Axmad Zamzxshariy, Rudakiy, Umar Xayyom, 
Nosir Xisrov, Abulqosim Firdafsiy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, 
Farididdin Ator kabi mutafakkirlar, Alptegin, Sabuktegin, Sulton Mahmud 
G`aznaviy, Nizomulmulk kabi davlat arboblari xuddi shu davrda yetishib, 
olamshumul obruy va shuhratga ega bo`ldilar. 
Mamlakatning 
ravnaqi, 
ilm-fan, 
siyosatning 
rivojlanishi, 
el-yurt 
farovonligining oshishida bunday olamshumul yutuqlarga erishishning asosiy 
omili bizning nazarimizda o`sha davrlarda inson omiliga alohida e`tibor 
berilganligi, xalq xo`jaligining barcha yo`nalishlarida hodimlar-ni, raxbarlarni 
tanlab olishda, shaxsning individual psixologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi, 
hozirgi zamon tili bilan aytganda Psixologik xizmat, psixodiagnostik tadbirlarning 
amalga oshirilganligiga sababdir. 
Yuqorida keltirib o`tilganlar bizning hududimizda amaliy psixologiyaning 
yuzaga kelishi va rivojlanishi uzoq o`tmishga egaligi, bu borada o`tmish 
mutafakkirlarimiz ulkan ma`naviy meros qoldirganligi, ular tajribalarini o`rganish, 
o`z faoliyatimizda ulkan ma`naviy meros qoldirganligi, ular tajribalarini o`rganish, 
o`z faoliyatimizda ulardan foydalanish bugungi kunda ham katta ahamiyatga 
egaligini ko`rsatadi. 
Bugungi kunda respublikamizda yuqorida keltirib o`tilgani kabi holatlarni 
yana tiklash, respublikamiz xalq xujjatlarining ko`plab soxalarida Psixologik 
xizmat 
Joriy etish, amaliy psixalogiya yutuqlarini xalqimizning kundalik hayotiga 
chuqurroq kirib borishi uchun barcha shart –sharoitlar mavjud. 
Ayniqsa mamlakatimiz xalq xo`jaligiga bo`lajak hodimlarni tayyorlashda 
bosh bo`g`in bo`lmish xalq ta`limi tizimida psixologik amaliyotning yo`lga 
qo`yilganligi, Xalq ta`limi vazirligi tasarrufida „O`quvchilarni kasb- hunarga
yo`naltirish va psixologik - pedagogik Respublika tashhis markazi“ ning tashkil 
etilganligi va barcha viloyatlarda uning viloyat, tuman bo`limlarining ishlashi, 


joylarda „Psixologik xizmat“ markazlarining faoliyat ko`rsatishi, bu 
muassasalarda xizmat qilish uchun respublikamizning yetakchi ilmiy dargoxlarida: 
M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milily universiteti, Nizomiy nomidagi 
Toshkent Davlat pedagogika universiteti va viloyatlardagi bir qator oliy o`quv 
yurtlarida amaliyotchi psixolog mutaxasislarning tayorlanayotganligi bunga yaqqol 
misol. Shuningdek,respublikamizda o`zining ilmiy psixalogik saloxiyatiga ko`ra
chet –el amaliyotchi psixologlar bilan baxslasha oladigan, ilg`or chet-el psixologik 
markazlarida amaliyotlarini o`tagan psixolog mutaxassis, olimlarimizning 
mavjudligi, ular o`z faoliyatlarini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirishlari 
uchun yetarlicha ilmiy uslubiy bazaga egaligi kabilar, pespulikamizda amaliy 
psixalogiyani rivojlantirish istiqbolli ekanligidan dalolat beradi. 
Inson ruxiyati, unga ta`sir kursatishi, boshqarish usullarini bilmay turib, 
ijtimoiy hayotni boshqarib bo`lmaydi. Xozirgi hayotimiz shunday bosqichdagi, 
ijtimoiy hayotni maqsatga muvofiq boshqarishni hayotda katta axamiyat kasb 
etmoqda. Shu munosabat bilan umumpsixalogik savodxonlik kun tartibiga 
qo`yilishi tabiiy. Chunki psixologik savotsizlik-bu avvolo o`zgalar bilan tug`ri 
muloqatga kirisha olmaslik , uz-uzini va ijodiy jarayonlarni boshqara olmaslik, 
doimiy stress (ruxiy tanglik)ni keltirik chiqaradi. Shunoing uchun xam amaliy 
psixologlar, avvalo keng axoli o`rtasida psixologik savodxonlik kabi savodli ishni 
amalga oshirishni zu zimmalariga olishlari zarur.
Ma`lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi asosan maktab yillariga to`gri 
keladi.Xalq ta`limi oldiga qo`yiladigan asosiy vazifalardan biri bolaning
komoloti uchun barcha shart –sharoitlarni yaratish, uning individual va psixologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ta`lim va tarbiyaning eng maqbul shakllarini 
joriy etishdir. 
Bu muammolarni hal etmasdan turib maktab hayotini insonparvarlashtirish, 
demokratiyalash ishini amalga oshirib bo`lmaydi. 


Maktab kelajagimiz taqdirini belgilaydi. Shu o`rinda fransuz mutafakkiri 
M.Dantonning „ Xalq uchun nondan so`ng maktabdir“ degan fikrni eslashimiz 
joizdir. Demak, maktab yosh avlodni shakllantiruvchi makon ekan, uni eng avvalo 
mustahkam qurmog`imiz zarur, shundagina biz kelajakni qo`ldan chiqarmasligimiz 
mumkin.
Psixologik xizmat xalq ta`limi tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Psixologik 
xizmatda 
tadqiqot 
va 
ta`sir 
o`tkazish 
ob`yekti 
maktab 
o`quvchilari,oqituvchilar, ota–onalar bo`lib hisoblanadi. Psixologik xizmat 
mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda, har qaysi shaxs pedogogik, 
o`quvchi, ota –ona manfaati va uning har tamonlama uyg`un kelib chiqishini 
o`rgangan holda yondashadi. Psixologik xizmat mutaxassislari o`z faoliyatini 
tibbiyot xodimlari defektolog xizmati,muxofaza tashkilotlari, muayyan 
komissiyalar, balog`atga yetmagan o`smirlar, ota –onalar, oila a`zolari, mahalla 
qo`mitasi, ishlab chiqarish jamoasi birgalikda amalga oshiradi. 
Amaliyotchi psixolog faoliyati maktabni hozirgi zamon psixologiyasi fani 
yutuqlari bilan ilmiy-uslubiy ta`minlashga , insonning shaxsiy va intellektual 
jihatdan rivojlanishini diagnostika qilishga eng muhimi mavjud kamchilik va 
buzilishlarini oldini olishga qaratilgan yo`nalish bo`lishi kerak. 
Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi shaxsning o`sishini 
ta`minlash psixologik taraqqiyotini ta`minlovchi yuqori darajadagi shart-sharoitlar 
yaratish, o`rta maktabdagi o`quv tarbiya ishlarini yaxshilash, bu sohada pedogogik 
jamoaga ilmiy-uslubiy jihatdan yordam ko`rsatishdan iboratdir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin