O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


KELISHI  1.1.Chet-el va O`zbekiston ta`lim tizimiga psixolgik



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

KELISHI 
1.1.Chet-el va O`zbekiston ta`lim tizimiga psixolgik 
xizmatning tadbiq etlishi . 
Ta`lim sohasini islox qilishning asosiy omillaridan biri insoniyat manfaati 
va ta`limning ustivorligiddir. Ta`limga psixologik xizmatning kirib kelishi uning 
paydo bo`lishi bilan bog`liqdir.
Xorij mamalakatlarida psixologik xizmat xususan, AQSh da 1800 yildan 
boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini 


tarbiyalsh muammosini o`rgangan eksperemental psixologlar edi. Amerika 
maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik 
Gaydens xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bunne bo`lib, bu sohada 
1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik 
xizmati tashkil etildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam 
guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar esa 
maktab psixologiyasi bo`yicha bir mutaxasisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 
800 –1000 ta o`quvchiga xizmat qiladi. Bular bir maktabda joylashib, bir nechta 
maktabga xizmat qilishi mumkin.
Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmati 
tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil 
etilgan. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini 
ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb 
tanlash muammosidir.
Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi. Uning 
rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun ish olib 
bordilar. 
Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta 
hissa qo`shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha 
psixologik xizmat asarlari muallifidir. 
Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o`sha davlat hududida yashovchi 
fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy potensialiga bog`liq bo`ladi. Bu sifatlarni 
shaklanishi odamlarining maktabgacha ta`lim muassalarida tarbiyalanish va 
maktabda o`qish yillariga to`g`ri keladi. Chunki bu yillar inson shaxsi va uning 
idevidual xususiyatlari bo`lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va 
hakozolarning shakllanishi uchun eng qulay davr hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham 
ilgariroq ham xalq ta`limi tizimiga qarashli maktabgacha ta`lim muassalari


maktab, kollej, letsey va h.k.larda ta`lim tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga 
duch kelinar edi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu muammolarda keskin tus 
olayotganligi sir emas. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga 
muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo`lmasdan , ayrim mamlakatlarda 
allaqachonlar hayotga tadbiq etilib yaxshigina rivojlanmoqda.
Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo`lib 
hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda 
maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab 
psixologining markaziy vazifalarida biri o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini 
test savollari orqali baholash hisoblanadi.
AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma`lumotlar 
K.R.Reynolds , T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-yorkda chop etilgan 
kitobida yoritilgan [10] ( “ Seholl Psichology: essintial of theory and Practice” ). 
Bolalarning aqliy qobiliyatlarni o`rganish hozirgi kunda nafaqat AQSh da 
balki, qator rivojlangan mamlakatlarda ham etiborlidir. Psixolog B.L.Vulfson 
Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini taxlil qilib yaqin 
vaqtlargacha test uslubi AQSH va Ahgiliyadagidek keng tarqalmagan degan fikrni 
aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari va qobilyatlarini testlar 
orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan boshlaganligi ma`lum.
Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan emas balki shaxs 
bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to`g`ri keladi.
Ingliz psixologlaridan B.Saymon, EXeysserman va boshqalar bolaning ruxiy 
holatini o`lchovchi rasmiy testlarga chuqur e`tiroz bildirib, bu testlar bolaning 
emotsional (hissiy) tomonlarini hisobga olmaganligi uning asosiy kamchiligidir 
deb hisoblaydilar. Chunki testda bola xissiyotini aniqlash mumkin emas. Hissiylik 
bola xulqining asosi bo`lib hisoblaydi.


Ko`pchilik mutaxassislar test psixolog xizmatining komponent-laridan biri 
deb hisoblaydilar. Hayot ham shuni ko`rsatmoqda. 
Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya, 
Polsha, Balgariyada to`plangan.
Bu mamlakatlarning ko`pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan
pedogogika- psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil eetilgan bo`lib, ular xalq 
ta`limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik 
xizmatning asosiy mazmuni sog`lom shaxsni shakllantirish, shaxsni rivojlanishdagi 
ayrim kamchiliklarga o`z vaqtida e`tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash 
masasalari psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog`chaga 
berish kabi muammolarni hal qilish, kasbga yo`naltirish, psixoterapiyaning turli 
formalari (logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo`llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultatsiyalar orqali ota-onalarga amaliy 
yordam ham beriladi, ya`ni boladagi o`qishga qiziqmaslik, maktabdan 
qo`rqish,o`g`irlik yolg`onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola 
xulqidagi tasodifiy o`zgarishlar, nutqning buzilishi so`zlashda duduqlanish
bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy bosh og`rig`i uyqusizlik, sababsiz tez 
toliqish v.h.k.lar sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari 
uchun hadiksirashlarini yo`qotishga harakat qilinadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin