tomonlama to`g`ri va samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog`liq
ekanligi ko`pgina maorif xodimlarining diqqat e`tiborini o`ziga qaratmoqda.
Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta
yuksak ijtimoiy bilimlar
majmuasi bo`lmish ta`lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko`rib bo`lmaydi.
Ta`limning rivojlanishi barcha fanlar kabi pedagogika va psixalogiya
fanlari oldiga ham qator vazifalarni qo`ymoqdaki,
bu vazifalarni bajarish
jarayoni va imkoniyatlari O`ebekiston Xalq Ta`limi Vaziri
J.G.Yo`ldoshevning qator ma`ruzalarida o`z ifodasini topgan.
Binobarin,
ta`lim muammolari insonning bilish, shaxsning
ijtimoiy jarayonlarni
anglab etishi bilan chambarchas bog`liqdir.Bunday sharoitda pedagogika va
psixalogiya fani shaxsning tub qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish, uni yanada
faollashtirish imkoniyatini beradi. "Inson insoniyatning olamidir"
"Insonning rivojlanishi uning mavjudligidir"kabi
tushunchalar, tafakur
amaliyotining o`zaro bog`liqligi, shaxsning olg`a
qarab intilishini
ta`minlovchi, bunyodkorlik va taraqqiyotning yo`naltiruvchi, ta`limning son
va sifat ko`rsatkichlarini belgilab beruvchi Pedagogika va Pedagogik
psixalogiya fanlari metodologiyasining falsafiy asosidir.
Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning
yosh qonuniyatlari
xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar,
tengdoshlari bilan o’zaro
munosabat xususiyatlariga, o’quv – tarbiya jarayonini
tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini
ta’minlaydi, uning
qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi
mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo’llarini
aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o’quv tarbiya ishining
mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.