O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Amaliyotchi psixolog faoliyatida mahalla, maktab va oila hamkorligining



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

1.5.Amaliyotchi psixolog faoliyatida mahalla, maktab va oila hamkorligining 
tutgan o`rni. 
 

Xalq ta`limi oldida turgan asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarni ahloqiy 


jixatdan barkamol shaxs qilib shakllantirishdir. Buyuk ma`naviyatimizni tiklash va 
yana yuksaltirish, milliy taraqqiyot g`oyasini o`zida mujjassam etgan ma`naviy 
jixatdan barkamol avlodni voyaga etkazish uchun munosib xayot shart-sharoitlarini 
yaratish –Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov raxnamoligida o`tkazilayotgan 
Davlat siyosatining ustivor yo`nalishi deb qaralmoqda.
Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri xisoblangan amaliyotchi 
psixolog faoliyatidagi eng muxum bug`in bu mahalla-maktab va oila 
hamkorligidir. Bu uch hamkorlik asosida tashkil etilgan psixolog faoliyatining 
natijasida ta`lim-tarbiya birligiga, oila va maktab yaqinligiga ichki dunyo va 
qiziqishlarini tug`ri aniqlashga, bolaning ma`naviy- axloqiy rivojlanishiga, milliy 
urf-odat va an`analarimiz, qadriyatlarimizga urgatib borishga erishiladi. Bu 
munosabatlar amaliyotchi psixalog faoliyatidan chetga chiqib qolsa, oila yoki 
maktabdagi muommolarning bir-biriga qarama-qarshiligi natijasida bola uchun 
muhim bo`lgan bu ikki mezon uning uchun iqtisodiy va oila muammolarini 


birgalikda bolaning izzat, nafsi, nafsoniyatiga ta`sir qilmaydigan yo`l bilan hal 
qilishi osondir.
Bolalar kattalar tomonidan ijobiy emotsional munosabatga kuchli ehtiyoj 
sezadi. Bolalarning ijobiy emotsioyanal semantik maydon doirasiga bo`lishi 
ularning ruhiy barqarorligi uchun juda katta oziqa rolini o`ynaydi. Bu maydonni 
esa kattalar; ota-onalar, tarbiyachilar timsolida ta`minlashlari lozim. Bu 
maydonning mazmunini bolalarga nisbatan sabir toqat, ularning xulq shakillariga 
moslasha olish tashkil qiladi. Ingliz bolalari tadqiqotchisi Djenni Lishli shunday 
yozadi: “Kattalar o`zlarida o`z xulqlari va munosabatlari go`dak uchun katta 
axamiyatga ega bo`lgan odamlarni ko`rishlari lozim. Bu shuni anglatadiki, ba`zan 
kattalar bolalar emas, ularning o`zlari o`zgarishlari kerakligi haqida xulosaga 
kelishlari kerak. Ba`zan og`ir bo`lsa ham bolaning xato qilishini sabr-toqat bilan 
kutishga tug`ri keladi. Ba`zan unga yordamga shoshilish kerek. Bu yana shuni 
anglatadik, bolalarda shaxsiy taraqqiy etayotgan, tushunchalar va qarashlarga ega 
bo`lgan shaxsni ko`rish kerak. Kattalar o`zlarining egiluvchan o`z – o`zini 
baxolashlari bilan bolalardan ko`proq quvonch ola biladilar”.
Yoshligidan rolli o`yinlar vositasida xulq shakllarini o`zlashtirishga 
o`rgangan bolalarda, katta yoshda vaziyatli rolli o`yinlar vositasida ijtimoiy 
psixologik bilimlarni o`zlashtirish, ijtimoiy ustanovkalarning shakllanishi
yengil kechadi.
Bolaning ruxiy dunyosi hamma narsani to`g`ri qabul qilishga moyil. Shu 
bois unga biror narsani tushintirish jarayonida imkon qadar to`g`rilik bilan o`qitish 
kerak.Bolaning sezgilari kuchli, kunikish qobilyati yuksak bo`ladi.
Shuning uchun bir ishni buyurganda “Bilaman sen bu ishni darxol bajarib 
tashlaysan, qo`lingdan hamma ish keladi” deb uning ko`nglini ko`tarish lozim. 
Bunday rag`bat bolaning kuch g`ayratini oshiradi, o`ziga bo`lgan ishochini 
kuchaytiradi.Aslida har qanday psixalogik omil ishonchga asosladi. Bola bir 
narsaga ishonsa,uning ruxida, ongi va tafakkurida o`zgarish yuz beradi. Psixologik 


omilning kuchli yoki zaifligi ham uning bola ongi, ruhi va tafakkurida nechog`lik 
ishonch uyg`ota olishiga bog`liq. Bola qaysi ishdan ko`proq qanoat hosil qilsa, 
shu ishlar ularda qiziqish paydo qiladi. 
Oilada ma`naviy barkamol tarbiyalash vositalardan biri-bu oilaviy 
an`analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etishdir. Bu jarayonda ota – onalarning
roli katta bo`lib, faqat sog`lom muomala va samimiyat muhitgina ijobiy ta`sir 
ko`rsatuvchi omil hisoblanadi . Bola yaxshilikka duch kelganda o`zini erkin va 
ruhiyatini tetik his qiladi. Ayni shu holatda amalgam oshirilgan tarbiya bola 
tomonidan ichki his bilan qabul qilinadi. His qilish bu – munosabat , munosabat 
esa faoliyat demakdir. Demak, bola tarbiya jarayonida faoliyatga yo`nalish olib 
ma`naviy kuch va qudratga ega bo`ladi.
Oiladagi ma`naviy muhit bola dunyoqarashi bilimining kengayishi, 
tafakkurining yuksalishida alohida o`rin tutadigan kitob mutoalasi bilan ham 
bog`liqdir. Shuning uchun har bir ota-ona bolaning ko`nglida kitobga mehr 
o`yg`otishi, uning bu boradagi qiziqishini rag`batlantirishi lozim. Bugungi kunda 
ota-onalarning bola tarbiyasidagi mas`uliyatini instinkt darajasiga ko`tarish, oila 
a`zolariga tarbiya ta`sir ko`rsatuvchi an`analarni yaratish muhim hisoblanadi. 
Berilgan fikrlarda kelib chiqib amaliyotchi psixolog faoliyatida quyidagi 
vazifalarni birlamchi qilib ko`rsatish mumkin.
1. Oilaviy qadriyatlarni o`g`il- qizlar tafakkuriga singdirish uchun yangi davr 
talablarini nazarda tutgan holda oilaviy tarbiya dasturini yaratish. 
2. Yosh ota-onalarning farzandlari tarbiyasini olib borishga g`oyaviy va uslubiy 
tayyorgarliklarni kuchaytirish. 
3. Oiladagi tarbiyaning miliy va umum insoniy yutuqlarini umumlashtirishdir. 
4. Oila kutubxonasini tashkil etish, ota-ona, maktab va psixolog faoliyatini 
uyg`unlashtirish. 
5. Maktab ma`muriyati qoshida “Oila instetuti”ni tashkil etib, ota-onalar uchun 
ta`lim tarbiya jarayonida bog`liq suhbatlar, treninglar uyushtirish. 


6. Ma`naviy – axloqiy tarbiya borasidagi psixologik bo`limlarni ommabop risolalar 
bukitlar, ilmiy ommaviy maqollar orqali targ`ib qilish. 
Yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning negizida 
avvalo amliyotchi psixologning ota-onalar ma`naviy psixologik bilim saviyasini 
oshirish 
Ularda sog`lom tafakkur zamonaviy dunyoqarashini shakllantirish uchun 
qilgan harakati yotadi.Bu esa ota-onaning farzand oldidagi, el-yurt oldidagi 
burchini to`g`ri anglashini, insonning dunyoga kelishi va kamol topib 
rivojlanishiga oid psixologik qonuniyatlarni puxta bilishni, oilaviy munosabatlar 
doirasida miliy urf-odat, an`analarimizning eng nodirlarini turmushga singdirish 
orqali bolalarda miliy qadriyatlarga mehr –muhabbat uyg`otishni,ularni mustaqil
fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqoza etadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin