O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik
muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan
qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota - onalar bilan aloqa
o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi
murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog
alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash
ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik
va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan
uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: