3
Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Umumiy pedagogika”
kafedrasi katta o’qituvchisi H.B.Aliqulova tomonidan barcha bakalavriat ta’lim
yo`nalishi uchun “Iltimoiy pedagogika” fani bo`yicha tayyorlangan o`quv- uslubiy
majmuaga
TAQRIZ
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan
islohatlar milliy
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan,
jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni»
hayotga tadbiq qilishga,
ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Bu esa o’z navbatida o’quvchi va talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini
orttirishga, mustaqilligi
va faolligini rivojlantirishga, tanqidiy tafakkurini o’stirishga
qaratilgan interaktiv ta’lim olishlariga ko’mak beruvchi innovatsion usullardan, guruhli
ta’lim shakllaridan keng foydalanishimizni talab qiladi. Shu talabdan kelib chiqib oliy
ta’lim muassasalaridagi barcha o`quv predmetlarining o`qitilishini yanada
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa yangi tartibdagi o`quv-uslubiy majmualarni
yaratishni ham talab etmoqda.
“Iltimoiy pedagogika” fanini o`tishda bo`lajak o`qituvchilarni ta'lim-tarbiya
jarayonida shaxs va ijtimoiy ongning o`zaro ta`sirini
ijtimoiy pedagogik jihatdan
asoslash, ijimoiy muhit va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik asoslarini
o`rgatadi.
Mazkur
o`quv-
uslubiy
majmua
barcha
ta’lim
yo`nalishining
umumkasbiy
fanlari blokidagi
“Ijtimoiy pedagogika” fani bo`yicha tuzilgan bo`lib,
unda fanning namunaviy dasturi, ishchi o`quv
dasturlari, kalendar-tematik rejalari,
amaliy mashg’ulot ishlanmalari, ma’ruza matnlari, baholash mezonlari, joriy, oraliq va
yakuniy
nazorat variant savollari, testlar, referat mavzulari va mashg’ulotlarda
pedagogika va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha metodik tavsiyalarni o`z
ichiga olgan.
Majmuada mazkur fanning maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati yetarli
darajada yoritilgan. Fanning ta’lim texnologiysidan namunalar keltirilgan, glossariy va
foydali maslahatlar berilgan.
O`quv uslubiy majmuadagi fanning ishchi o`quv dasturlari namunaviy fan
dasturiga, kalendar-tematik rejalar esa ishchi o`quv fan dasturlariga mos keladi.
Talabalrning mustaqil ishlari bo`yicha tuzilgan rejalar ham DTS bo`yicha
talablariga
moslashtirilgan, fanlar bo`yicha tuzilgan savolnomalarda barcha mavzular
qamrab olingan.
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada rejalashtirilgan barcha ko`rsatmalar o`z
ifodasini
topgan hamda undan ta’lim jarayonida foydalanish mumkin.
Navoiy viloyat PKQTMOI
rektori p.f.n., dots
Dostları ilə paylaş: