4
Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Umumiy
pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi H.B.Aliqulova tomonidan
barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishi uchun “Ijtimoiy pedagogika” fani
bo`yicha tayyorlangan o`quv- uslubiy majmuaga
TAQRIZ
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni, “Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro`y berayotgan o`zgarishlar oliy ta’lim
muassasalaridagi barcha o`quv predmetlarining o`qitilishini yanada takomillashtirishni
taqozo etmoqda. Bu esa yangi tartibdagi o`quv-uslubiy majmualarni yaratishni ham
talab etmoqda.
“Ijtimoiy pedagogika” fanini o`tishda bo`lajak o`qituvchilarni
jamiyatda
orqada qolgan yordamga muhtoj bo`lgan shaxslar ongini o`rganish va nazariy yaqindan
tanishtirish, ijimoiy pedagogga qo`yilgan talablari,
tamoyillari, mazmuni va ijtimoiy
tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o`rgatadi.
Mazkur o`quv- uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishining
umumkasbiy fanlari blokidagi
“Ijtimoiy pedagogika” fani bo`yicha tuzilgan bo`lib,
unda
fanning namunaviy dasturi, ishchi o`quv dasturlari, kalendar-tematik rejalari,
amaliy mashg’ulot
ishlanmalari, ma’ruza matnlari, baholash mezonlari, joriy,
oraliq va
yakuniy nazorat variant savollari, testlar, referat mavzulari va mashg’ulotlarda
pedagogika va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha metodik tavsiyalarni o`z
ichiga olgan.
Majmuada mazkur fanning maqsadi,
vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati yetarli
darajada yoritilgan. Fanning ta’lim texnologiysidan namunalar keltirilgan,
glossariy va
foydali maslahatlar berilgan.
O`quv uslubiy majmuadagi fanning ishchi o`quv dasturlari namunaviy fan
dasturiga, kalendar-tematik rejalar esa ishchi o`quv fan dasturlariga mos keladi.
Talabalarning mustaqil ishlari bo`yicha tuzilgan rejalar ham DTS bo`yicha
talablariga moslashtirilgan, fanlar bo`yicha tuzilgan savolnomalarda
barcha mavzular
qamrab olingan.
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada rejalashtirilgan barcha ko`rsatmalar o`z ifodasini
topgan hamda undan ta’lim jarayonida foydalanish mumkin.
Navoiy davlat pedagogika instituti
“Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti:
Dostları ilə paylaş: