O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti boshlang`ich ta’lim uslubiyoti fakulteti


Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə10/34
tarix27.09.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149694
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
\'ruza matn

Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi.

Sobiq ittifok jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo`ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A. Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonuni mexanik tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga kuchirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan xoli bo`la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog`lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`k hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peturburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar. Lekin, yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin