O’zaro munosabatlarning yaqinligi va chuqurligiga qarab
kichik
katta
shartli
real
norasmiy
rasmiy
Guruhning a’zolarga ta’siri Konformizm - moslashish
Tashqi Ichqi
Negativizm – guruh fikriga qarshi turish
Asosida birikadi va uyushadi.
H ar bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo`shilmaydigan individning o’zi yo’q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
P sixologik ma’noda guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin yoshlar), ma’lum o`quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo`lib o’tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
G uruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
G uruhlarning turlari ko’p, hozir biz katta guruhlar psixologiyasiga to`xtalib o`tamiz:
Dostları ilə paylaş: |