O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti boshlang`ich ta’lim uslubiyoti fakulteti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə19/34
tarix27.09.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149694
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
\'ruza matn

K atta guruhlar. Bu umumiy fazo va makonda mavjud bo’lgan ko’p sonli kishilar uyushmasidir. Bunday katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasini, maktab pedagogik jamoasini misol qilish mumkin. Biroq bu jamoadagi kishilar, masalan, ko’pchilik o’qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o’zaro aloqalarda bo’lmasligi ham mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda ularning a’zosi hisoblanadi hamda maktab ichki hayotining barcha qoidalariga amal qiladi.
K a t t a g u r u h l a r kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko’pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, profesional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko’p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o’ziga xosligi tufayli bo’lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko’pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko’radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o’tilganidek, ko’pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo’lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o’rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o’rganilishi kerak, deylik. Avvalo o’sha ishchilarning soni ko’p, qolaversa, ishchilarning o’zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo’yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o’rganish hozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo’llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o’rganishdan oldin, hoh bu sinflar bo’lsin, hoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo’lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o`rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o’rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o’rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o’zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, extiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda t i p i k xislatlar shakllanadi. Masalan, 90 yillarning yoshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar o’rtasida keng tarkalgan urf- odatlar, modda, so`zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va xokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini tulik ravishda o`rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va individual psixologik xususi yatlaridan tashqari, yana unga o’xshash yoshlarda ustun bo`lgan psixologik xislatlarining qanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaqtini o`tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o`rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat sinfiga mansubligi singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin