Hujjatlarni o`rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda o`plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.
Hujjat-nuty matnlari, yozma, rasimy hxujjatlar, gazetalar, jurnallar, maqolalar, xatlar, siyosiy, badiiy adabiyotlar.
Amerakalik sotsiolog Lausel va Berelsonlar
Hujjat deganda og`zaki (so`zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazetalar, jurnallardagi maqolalar, xatlar siyosiy yoki badiiy adabiyot materiallari) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent - analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, goya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko`rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo`lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmunini, g`oyaviy yo`nalishini aniqlash maqsadida qo`llagan edilar. Ular "Haqiqiy amerikalik" nomli gazetaning kundalik chikishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo`nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chikishini ta’kiklashga erishgan edilar.
Kontent-analizni ko`llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv birliklari-kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining etiqodi va dunyoqarashiga ko`ra har xil bo`lishi mumkin. Masalan, o`sha kontent-analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik-ramziy birlik yoki simvollar bo`lishi mumkin, deb hisoblashgan bo`lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik yaxlit mavzu bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari esa ijtimoiy g`oya yoki ahamiyatli mavzu bo`lishi kerak, degan fikr tarafdorlari.
Aslida, manaviy birliklar kontent-analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko`pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin deb hisoblaymiz:
a) Alohida iboralar yoki so`zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo);
b) Yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalar va shunga o`xshashlarda ko`tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va hokazo) ;
v) Tarixiy allomalar, siesatshunoslar, tanikli shaxslarning nomlari;
g) Ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O`zbekiston Konstitusiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o`quvchilarning munosabati va shunga o`xshash).
Tanlab olingan analiz birliklari boshqa turdosh yoki o`ngacha birlikka nisbatan hisoblanishi mumkin (masalan, u yoki bu faktga qancha "Tarafdoru, qancha odam qarshi" manosida), yoki bu kategoriya tekshirilaetgan massivda necha marta qayd etilgani absolyut ravishda hisoblab chiqiladi. Masalan, hozirgi zamon ayolining mehnatga munosabatini aniqlash uchun "Saodat" jurnalining ma`lum davrdagi barcha sonlardagi ishlayotgan ayollar fikri "ijobiy" yoki "salbiy" moddalar jihatidan analiz qilish yo`li bilan aniqlanadi. Bazan ko`tarilgan mavzu yoki o`rganilayotgan faktning ijtimoiy ahamiyatini aniqlash maqsadida matnning jismoniy maydoni: qatorlar soni, abzatslar soni, unga ajratilgan varaqlar, radio bo`lsa, unga ajratilgan vaqt, televidenieda esa necha marta qaytarilayotganligi, efir vaqti va hokazolar hisobga olinadi.
Yaxshi o`tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Lekin olingan malumotlarning ishonchliligini shu borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo`llash va malumotlarni solishtirish va ayni ob`ekt va ayni vaziyatda qayta analiz qilish yo`llari bilan erishildi. To`plagan miqdoriy malumotlar yaxshigina matematik qayta ishlovdan o`tkazilmogi lozim. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina o`quvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo`lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqod so`ngida qo`lga kirilgan miqkdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, yani tushuntirib berish kerak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Ijtimoiy psixologik axborotning ishonchliligi va validligi nima?
Ijtimoiy psixologik tadkiqot natijalariga ta’sir etuvchi omillar.
Tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladigan vazifalar.
Tadqiqot metodi, metodikasi haqida tushuncha.
Pilotaj tekshiruv nima?
Reprezentativ tekshiriluvchilar.
Ijtimoiy psixologik tadqiqot o’tkazish bosqichlari.
Dostları ilə paylaş: |