O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti boshlang`ich ta’lim uslubiyoti fakulteti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə14/34
tarix27.09.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149694
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
\'ruza matn

So`rov metodlari. Bular suhbat, intervyu, anketa metodlaridir. Ushbu metodlar ijtimoiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlar qatoriga kiradi.




So`rov metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladi, ayniqsa, anketa so`rovi va intervyu shular jumlasiga kiradi. Bu metodlarni qo`llashda qator metodologik qiyinchiliklar vujudga keladi:

1) - doim shaxslararo munosabatlar, o`zaro ta’sir shakllari mavjud.




2)- tadqiqotchini sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi.

Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok qilish va sub’ektiv bir-birini tushunishiga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay juda ko`p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to`plashda so`rov metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelimoqda.



I n t e r y u o`tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko`rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muhim shaxs sifatlarning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada «rolli o`yinlar» metodi yordamida psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o`tadi.


Suhbat yoki intervyuni muvaffaqiyatli o’tkazishning muhim sharti - bu do’stona munosabatlarning o’rnatilishidir. Tadqiqot davomida so’ralayotgan shaxs tadqiqotchi qiyofasida uni tushunishga intilayotgan , uning bildirayotgan fikrlarini tanqid qilmaydigan, o’z fikrini majburan singdirishga harakat qilmaydigan suhbatdoshni ko’rish muhimdir.

A n k e t a metodi hamma tanish bo`lgan usullardan biri lekin ko`pincha anketa o`tkazgan odamning uning tuzilishi qanchalik qiyinligi yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ularni to`g`ri sharxlash qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi.


Anketaga kiritilgan savolar ma’lumotiga ko`ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo`linadi.
O chiq anketa restondentdan o`z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.
Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo`lib tekshiriluvchi o`ziga ma’qul bo`lgan, o`zining qarashlari fikrldari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq favollarning kamchiligi-respondentlarning har doim ham qo`yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi (tomonidan o`z fikricha ergashishga o`xshash holatning mavjudligi yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bermaslikdadir.
I j t i m o i y p s i x o l o g i k t e s t l a r. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo`lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodsa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo`lib, ular 20-30 yillarga hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keladiki, natijada maxsus soha-psixometrika kirib keldiki, natijada maxsus soxa-psixometrika yuzaga keldi.






  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin