O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə19/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

Glossariy
Amniotalar embrioni atrofida murtak parda, shu jumladan amnion hosil qiladigan yuksak tuzilishga ega bo'lgan umurtqali hayvonlar (sudralib yuaivchilar, qushlar, sutemizuvchilar).
Allantois (embrion qovug'i) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar, ya’ni amniotalarning embrion pardalaridan biri.
Areal (maydon, makon) — o‘simlik va hayvonlarning biror turi, oilasi yoki turkumi tarqalgan geografik hudud.
Anakonda — bo'g'ma ilonlar avlodi. Hozirgi yashab turgan ilonlarning eng yirigi bo'lib uzunligi 10 m gacha (ayrim adabiyotlarda 11,43 metrgacha deb qayd qilingan) boradi.
Gatteriya - xartumboshlilar turkumiga mansub eng qadimgi sudralib yuruvchi turi. Faqat Yangi Zelandiyada tarqalgan.
Kopulativ organ - kloakaning yonbosh devorlarida kopulativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'alganda kopulativ organJar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulativ organlar kaltakesaklar bilan ilonlarda juft, toshbaqa va timsohlarda esa toq bo'ladi
Kloaka - umurtqalilardan to'garak og'izlilar, ba’zi baliqlar (akulalar, skatlar), barcha suvda hamda quruqlikda yashovchilar, qushlar va sutemizuvchilardan dastlabki darrandalarda to'g'ri ichagining tashqariga ochiladigan kengaygan qismi. Kloakaga siydik yo‘li, urug' yoki tuxum yo'llari ham ochiladi.
Pitonlar — soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Tropik va subtropik o'rmonlarda yashaydi. Sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar sinflari vakillari bilan oziqlanadi. Uzunligi 1,5 m dan (qirol pitoni) 10 m gacha (to'rsimon piton) boradi.
Yakobson organi- Sudralib yuruvchilarni yakobson organi bor, bu organ nay orqali og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Yakobson organi og'izda turgan ovqat hidini bilish uchun xizmat qiladi.
Xameleonlar (buqalamunlar) — kaltakesaklar turkumi oilasi. Ularning tili uzun bo‘lib, ancha uzokdagi o'ljasini ham tilini tez chiqarib yopishtirib olish xususiyatiga ega. Rangi tashqi omillar (harorat va yomg‘lik) ta’sirida tez o‘zgaradi.

Yüklə 164,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin