O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, o‘zaro tushunishni tarkib toptirish; ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirish. Jarayon



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə50/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, o‘zaro tushunishni tarkib toptirish; ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirish.

Jarayon: ishtirokchilardan ikkita teng jamoa hosil qilinadi. Jamoalar alohida alohida turib olishlari kerak. Shundan so‘ng shart tushuntiriladi. Jamoalarga biror bir shakl yoki narsani nomi aytilganda jamoa bilan birgalikda 20-30 sekund (ko‘pi bilan 1 minut vaqt berish mumkin agar shunda ham qiynalishsa trener ularga ayrim narsalarni aytib yordam berishi maqsadga muvofiq) ichida o‘sha shakl yoki narsani ifodalovchi yodgorlik yoki haykal ko‘rinishini hosil qilishlari lozim. Ushbu qurilish jarayonida umuman gapirish mumkin emas, faqat tana harakati, qo‘llar va mimika bilan bir biri bilan gaplashishlari, tushuntirishlari mumkin. Ishtirokchilarga shart tushunarli bo‘lgach ularga 1-uchburchak shaklini hosil qilish buyrug‘i beriladi, bu sinov vazifasini otab ular shartni to‘g‘ri bajarishni o‘rganib olishlari uchun, undan keyingi shartlar biroz qiyinlashib boradi. 2-besh burchak shaklini hosil qilish buyrug‘i beriladi; 3-toshbaqa hayakali ko‘rinishini hosil qilih; 4- jangovor tank ko‘rinishini hosil qilish; 5-boqiylik yodgorligini hosil qilish (bunday haykal yo‘qligini hisobga olib ulardan shartga ijogkorona yondoshishso‘raladi); 5-mustahkam sevgi haykalini hosil qilish; 6-minoradagi soat shaklini hosil qilish; 7-donishmandlik haykalini hosil qilish; 8-bemanilik haykalini hosil qilish.

Mashg‘ulot ohirida ayni bir jamoa g‘olib bo‘ldi deb aytilmaydi, faqatgina qaysidir bir jamoa qaysidir shartda tezroq yoki aniqroq shartni bajarganliklarini (har ikki jamoadan ham misollar keltirib) ta’kidlab o‘tishi mumkin. Shundan so‘ng trener ishtirokchilardan nimalarda qiynalishgani, nima oson kechgani, qanday qilib bir birlarini tushunishgani, qanday ko‘nikmalar ularga qo‘l kelgani, real hayotda ham biror vazivafani bajarishda ham shu mashg‘ulotdan olingan ko‘nikmalar ularga qo‘l kelishi mumkinmi kabi savollar beriladi va ixtiyoriy ishtirokchi savolga qisqacha javob berishi mumkin. Bunda savollar muhokamasiga 15-20 daqiqa ajratish kifoya hamda ishtirokchilar o‘z fikrlarini ifoda etishayotganlarida qisqa va aniq gapishirish so‘ralishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin